buzilishlari ichki, o‘rta, tashqi quloqlarning shikastlanishi natijasi
da yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi shikastlangan bo‘lsa,
ko‘p holatlarda karlik, agar o‘rta quloq shikastlangan bo‘lsa eshitish
pasayishi kuzatiladi. Maktab davrida ovoz taassurotlarining yuqori
chastotasi ham, eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobili
yati pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishiga homiladorlikning no-
qulay davom etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim rol
o‘ynaydi (qizamiq, gripp). Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgi-
larini tug‘ma deformatsiyasi,
eshitish nervining atrofi, ximik zahar-
lanish, tug‘ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz
ta ’sirlarining akustik ta’siri boiishi mumkin. Eshitishning buzilishi
o‘rta quloqning o'tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mum
kin. Eshitishning qat’iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik
shamollash) kasalliklari natijasida ham kuzatiladi.
Bu kasalliklar
chaqaloqlik chog'ida jiddiy xavf soladi. Eshitish pasayishiga ta ’sir
qiluvchi omillar orasida ototopsik preparatlar asosan antibiotiklar
m uhim o‘ringa egadir. Eshitish buzilishlari yuzaga kelishida kas-
biy omillar ham katta ahamiyatga ega. Karlar oilasida eshituvchilar
oilasiga qaraganda ko‘p miqdorda kar bola tug‘iladi. Shuningdek,
* yaqin qarindoshlar nikohida va er-xotin yoshi o‘rtasida katta farq
ham eshitish buzilishlariga sabab boiishi mumkin. Aroqxo'r ota-
onalar, kensok kasalligi, turli xromasomali kasalligi mavjud oila-
lar (uchuvchi va suvga sho‘ng‘uvchilar)da
ham eshitishida nuqsoni
mavjud bolalar tug‘ilishi kuzatiladi.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ruhiy rivojlanish xususiyat
larini to‘g‘ri tushunish uchun ularga o'z vaqtida tashxis qo‘yish,
taiim -tarbiya muassasasini tanlash, bu jarayonni tashkil etishda bu
bolalarning tasnifi muhim o‘rin tutadi.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalarning ruhiy rivojlanishi qo-
nuniyatlari ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar psixik rivoj
lanishi qonuniyatlariga xos boiadi. Rivojlanishida nuqsoni mavjud
bolalar atrof-muhit bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch keladi-
lar, ularda shaxs va o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi xususiyatlari
namoyon b o ia boshlaydi. Turli buzilish, nuqsonlarga ega bolalar
ning ruhiy rivojlanishi tahlili, L.V. Vigotskiy ta’rifi bilan aytganda
75
nuqson strukturasidan tuzilgan tahlildan kelib chiqadi.
Birlamchi
nuqson bu o'rinda — eshitishning buzilishi ikkilamchi, uchlam-
chi nuqsonlarga olib keladi. Ikkilamchi buzilishlar turli sabablarga
ko‘ra chaqaloqlik, maktabgacha bo‘lgan davrda o'xshash holatda
namoyon bo‘ladi. Ikkilamchi nuqsonlar tizimli xarakterga ega
bo'ladi, funksional o'zaro munosabatlar strukturasini o'zgartiradi.
Ikkilamchi nuqson qanchalik birinchisiga yaqin bo'lsa,
uni kor-
reksiyalash shunchalik murakkabdir. Masalan, eshitishida nuqsoni
bo'lgan bolalar talaffuz nuqsoni eshitish buzilishi bilan bog'liq
bo'lib, uni korreksiyalash mushkul vazifadir, nutqning boshqa ji-
hatlarini rivojlantirish hali eshitish buzilishi bilan u qadar yaqin
aloqada emas, shu sababli ularni korreksiyalash birmuncha yengil
kechadi. Ikkilamchi nuqsonlar eshitish buzilishidagi psixologo-
pedagogik korreksiyaning asosiy obyekti hisoblanadi.
Bola ruhiy
rivojlanishi o'ziga xosligi ikkilamchi nuqsonlarni erta korreksi
yalash lozimligi dalillandi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy tuzilishlarini bar
taraf etish, uning birlamchi nuqsoni ikkilamchi va uchlamchi nuq-
sonni yuzaga keltirilganligi maxsus tashkil etilgan ta’lim-tarbiya
jarayonida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: