harakatlari qat’iy, emotsional, reaksiyalari yuzaki bo'ladi. G ‘azab,
xafagarchilik, g'am impulsiv namoyon bo‘ladi va o‘zi tomonidan
nazorat etilmaydi.
Aqli zaif bog'cha yoshidagi bolalarda emotsiyalarini rivojlanti
rish, ular hayotini, maxsus pedagogik ta’sir ko'rsatish asosida amal
ga oshiriladi. Aqli zaif bolalarda emotsional
doirani rivojlantirish
tashqi shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. Bu maxsus ta’lim va bolalar
hayotini to'g'ri rejalashtirishdir. Bunday o'quvchilarga g'am, alam,
xafagarchilik va xursandchilikning impulsiv ko'rinishlari xosdir. Bu
holatlar ta’lim-tarbiya jarayonida silliqlashadi, bolalarda ijtimoiy
adaptatsiya uchun zarur xulq-atvor shakllanadi.
Aqli zaif o'quvchilar asosan kichik yoshdagi o'quvchilar rasmda
tasvirlangan personajlarning emotsional holatini tushunmaydilar.
Bu o'quvchilar rasm personajlarining harakatlari va imo-ishorala-
rini noto'g'ri qiyoslaydilar, noaniq, ba’zan noto'g'ri tasavvurga ega
bo'ladilar (E.A. Yevlaxova). Maxsus maktab o'quvchilari
ijtimoiy-
m a’naviy xarakterdagi murakkab tuyg'ularni, nozik hislarni tushun
maydilar. Lekin xursandchilik yoki g'am, xafagarchilik tuyg'ularini
to'g'ri tushunadilar va nomlaydilar.
Maxsus maktab ta’lim sharoitining birinchi yillarida o'quvchilarda
embrional dezoptatsiyaga moyillik kuzatiladi, bu ayni kategoriyadagi
bolalarni ta’limga emotsional va shaxsiy tayyor emasligidan dalolat
beradi. Yuqori sinflarda ular ijtimoiy moslashuvda muvaffaqiyatlar-
ga erishadilar. Bu ularning oiladagi, maktabdagi xulqida namoyon
bo'ladi. Aqli zaif o'smirlar turli jamoalarda muloqotga kirishadilar.
Bu maxsus ta’lim jarayonida aqli zaif o'quvchilarning
emotsional
rivojlanishida ijobiy o'zgarishlar ro'y berishidan dalolat beradi.
Aqli zaif bolalarning hissiy-irodaviy doirasi rivojlanishning
boshlang'ich bosqichlari bo'ladi. Uning shakllanishi nutqning paydo
bo'lishi bilan bog'liqdir. Lekin xulqni nazorat qilish malakasining
shakllanishi aqli zaif bolalarda ma’lum murakkablikka ega. Oli-
gofren maktabgacha yoshidagi bolalar o'z xulqini, xohishini nazorat
qila olmaydi. Aqli zaif bolalar uchun xulq-atvorning buzilishi ham
xosdir. Ularda o'quv, o'yin, mehnat faoliyatida motivatsiyaning past
darajadaligi, ichki his-tuyg'ularning zaifligi, o'z
xatti-harakatlariga
javobgarlik hissi yo'qligi namoyon bo'ladi.
62
Maxsus maktabdagi ta ’lim jarayonida aqli zaif o‘quvchilarning
irodaviy regulatsiyasi rivojlantiriladi; o‘z impulsiv reaksiyalarini
boshqarish va shart-sharoit talablariga bo‘ysunish malakasi shaklla
nadi (M.G.Sarsidze). Korreksion yo‘naltirilgan ta’lim ta ’siri ostida
shakllanuvchi irodaviy faollik m aiu m darajada bu turdagi bolalar
ning aqliy, nutqiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Diqqat hajmi, uning qat’iyligi ortadi, xotira doirasi kengayadi,
uning samaradorligi oshadi, o'z
navbatida tafakkur, nutq, xotirani
rivojlantirish oligofren o'quvchilar shaxsining irodaviy xususiyatlari
shakllanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Kichik yoshdan yuqori mak
tab yoshigacha aqli zaif bolalarda ixtiyoriy ruhiy jarayonlarning ix
tiyoriy rivojlanishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: