Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Aqli zaif bolalarda shaxsiy sifatlarning noto'g'ri shakllanish 
sabablarini aytib bering.
2. Shaxslararo munosabat deganda nim ani tushunasiz?
3. Shartli, real va referent gurnhlarni tushuntirib bering.
4. Aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlari xususiyatlari 
nimalardan iborat?
5. Aqli zaif bolalarning emotsional rivojlanish xususiyatlarini 
ochib bering.
6. Aqli zaif bolalardagi o'zlariga baho berish xususiyatlarini ay­
tib bering.
7. Shaxs va shaxslararo munosabatlarni qaysi metodikalar bilan 
o‘rganish mumkin?
8. Aqli zaif bolalarning o‘qish, m ehnat faoliyatlarini aytib be­
ring.
Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. Shaxs — 
jamiyatda m a’lum o‘ringa, o‘z fikriga ega boiish.
2.
Shaxslararo munosabat 
— kishilar orasidagi turli darajadagi, 
turli shakldagi muloqotlar tizimi.
3. 
Jamoa 
— bir necha kishining maqsad birligi asosida jipslashu-
vi.
4.
Rasmiy guruh — 
jamiyat tom onidan tan olingan bolalar, 
o'quvchilar, talabalar guruhlaridir.
5.
0 ‘z-o‘ziga baho berish — 
shaxsning o'z imkoniyatlariga baho 
bera bilishi.
6. 
De-Greyefe uslubi 
— o'z-o'ziga baho berish uslubi.
69


II bo‘lim. SURDOPSIXOLOGIYA
IV bob. SURDOPSIXOLOGIYANING
NAZARIY ASOSLARI
4.1. Surdopsixologiya fani hamda uning metodlari mohiyati
Surdopsixologiya psixologiyaning maxsus bo‘limi bo'lib, eshi­
tishida nuqsoni mavjud bolalar ruhiyatining shakllanish xususiyat­
larini tahlil qilishni ko'zda tutadi.
Surdopsixologiya predmeti eshitishida nuqsoni mavjud shaxs­
lar ruhiyatining o‘ziga xosligini o'rganish va turli murakkablikdagi 
nuqsonlar yo'llarini aniqlashni qamrab oladi.
Surdopsixologiya vazifalari rus surdopsixologi T.G. Bogdanova 
tomonidan quyidagicha belgilanadi:
• eshitishida nuqsoni mavjud shakllarning ruhiy rivojlanishning 
umumiy va maxsus qonun-qoidalarini aniqlash;
• eshitishida nuqsoni mavjud shaxslar bilish faoliyatining rivoj­
lanish xususiyatlarini o'rganish;
• ular shaxsining rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etish;
• eshitishida nuqsoni mavjud shaxslar ruhiy rivojlanish xususi- 
yatlarining psixologik korreksiyasi va diagnostikasi metodlarini ish­
lab chiqish;
• eshitishida nuqsoni mavjud shaxslarga pedagogik ta ’sir usul- 
larni psixologik asoslash.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan shaxslar ruhiy xususiyatlari XIX asr 
o'rtalaridanoq pedagog va shifokor-psixologlar e’tiborini o'ziga jalb 
etib kelgan. V.I. Fieri, FA . Ostrogradskiy, I.M.Logovskiy, F.A.Rau 
kabi olimlarning pedagogik faoliyati va tadqiqotlari surdopsixologi- 
yaning rivojiga katta hissa qo'shgan. Ularning ilmiy ishlarida eshi­
tishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy xususiyatlarini kuzatish va 
aniqlashga doir fikrlar beriladi. Xususan, V.I. Fieri eshitishida nuq­
soni bo'lgan bolalar harakat ko'nikmalar xususiyatlarini ta’riflab, 
noto'g'ri koordinatsiya, harakatlarning ishonchsizligi kuzatilishini 
ta’kidlaydi.
L.S.Vigotskiy genetik tamoyillar tahlili asosida eshitishida 
nuqsoni bo'lgan bolalar ruhiyatining xususiyatlarini yoritib be-
70


radi. K ar bolaning rivojlanishi ijtimoiy sharoiti psixologik yangi 
holatlar kuzatilishini asoslashini e’tiro f etadi. L. Vigotskiyning 
fikr-mulohazalari maxsus pedagogikaning rivojiga katta his- 
sa qo‘shdi, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni tabaqalab 
o ‘qitish 

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin