Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun
L.V. Neyman kar va zaif eshituvchi bolalarni tonal audiometriya va
nutq yordamida tekshirgan.
1. L.V. Neyman tasnifi (1961)
2. Xalqaro tasnif (1988)
I daraja — 26—40dB Karlik (90dB0)
II daraja — 41—55dB
III daraja - 56-70dB
IV daraja — 71—90dB
R.M . Boskisning eshitishida nuqsoni boigan bolalarning
pedagogik tasnifi (XX asrning 50-yilIari)
Bu tasnif eshitish va nutqning o‘zaro ta’sirini psixologik o‘rganish
asosiga qurilgan. Tasnifning nazariy asosini eshitish analizatorida
buzilishlar boigan bola rivojlanishining o‘ziga xosligini belgilay-
digan qoidalar sanaladi.
1. Bolaning eshitish analizatori buzilishini kattalardagi shu kabi
nuqsondan keskin tafovutlari bilan baholash zarur.
2. Eshitishida nuqsoni boigan bolaning rivojlanishini to‘g‘ri
tushunish uchun nutqni mustaqil egallash
imkoniyatini hisobga
olish muhim.
3. R.M.Boskis bolada eshitishning yetarli emasligini eshitish
ning shu kabi buzilishida nutqning rivojlanganlik darajasi nuqtayi
nazaridan baholaydi.
79
R.M.Boskis tomonidan ishlab chiqilgan eshitishida nuqsoni
bo'lgan bolalarning pedagogik tasnifi eshitish
analizatori funksi-
yasida og'ishlar bo'lgan bolalar rivojlanishining o'ziga xosligini hi
sobga oladigan mezonlar asosiga qurilgan. R.M. Boskis eshitishida
nuqsoni bo'lgan bolalarning 2 asosiy guruhini ajratadi: karlar va
zaif eshituvchilar.
Karlar guruhiga tug'ma yoki orttirilgan karlik natijasida og'zaki
nutqni mustaqil egallay olmaydigan bolalar kiradi.
Zaif eshituvchi
bolalar toifasida eshitishning pasayishi kuzatiladigan, biroq nutqi
ning (loaqal minimal) rivojlanishi mumkin bo'lgan bolalarni ki-
ritishadi. Nutqiy rivojlanishga bog'liq ravishda zaif eshituvchi bola
larning 2 guruhi farqlanadi:
- kichik nuqsonlarga (tovush
talaffuzi buzilishlari, nutqning
grammatik qurilishida buzilishlar) ega bo'lgan, nisbatan rivojlangan
nutqni
egallaydigan bolalar;
- nutqiy funksiya rivojlanishida jiddiy kamchiliklar (jumlalar
qisqa, noto'g'ri qurilgan, ayrim so'zlar juda qo'pol tarzda buzilgan
va sh.k.) bo'lgan bolalar.
Kar bolalarni ham nuqsonning yuzaga kelish vaqtiga nisbatan 2
guruhga bo'lishadi:
- eshitishni hayotining 1- va 2-yilida yo'qotgan
yoki kar
tug'ilgan bolalar;
- keyin kar bo'lib qolgan bolalar, ya’ni eshitishni 3 -4 yoshida
yoki undan keyin yo'qotgan, karlik
ancha keyin yuzaga kelgani
sababli nutqni saqlab qolgan bolalar. «Keyin kar bo'lib qolganlar»
termini shartli xarakterga ega, chunki bolalarning bu guruhini kar
lik yuzaga kelgan vaqt emas, balki eshitish yo'qligi holatida nutq
ning saqlanib qolgani tavsiflaydi. Keyin kar bo'lib qolganlar eshiti-
shi pasaygan bolalarning alohida toifasini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: