qanday tasavvur etish to‘g‘risidagi qismlar chuqur o‘rganilmog‘i
darkor.
Xayol shaxsning intilishi, talablari bilan ham belgilanadi.
Ko‘rgan, eshitgan, bilgan narsalar obrazlari xotiramizda saqlanadi.
Kerak vaqtda bularni tiklashimiz mumkin. Bu jarayon xotira obraz
lari sifatida jonlanadi. Yoki, tasavvurlar shaklida ko‘z oldimizga
keladi. Xayol obrazlari tasavvur obrazlaridan o‘ziga xos tomonlari
bilan ajralib turadi. Tafakkur va xayol oralig‘ida uzviy, mantiqiy
birlik, bog‘liqlik bor. Ammo, o‘ziga xos farqlari ham bor. Bular
ni ajrata olish darkor. Inson biror murakkab muammoni yechishi
talab etilganda tafakkurga murojaat etadi. Bunday natijalarga eri-
shish yo'llari mavjud bo‘lsa, tafakkur orqali biz tafakkurdan ko‘ra
xayol kuchiga tayanamiz. Xayolning rivojlanishi konkret ko'rgazma
obrazlardan mavhum tushunchalar orqali yangi xayol obrazlari ijod
qilish tarzida amalga oshirib boriladi.
Ma’lumki, nutq mavhum tafakkur rivojida alohida, m uhim o‘rin
egallaydi. A.S. Vigotskiy m a’lumotlariga ko‘ra, nutqi zararlangan
bolalarda xayol jarayonlari ham izdan chiqar ekan. Bu toifa bolalar
ko'chma ma’nodagi so‘zlarni ham qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar,
kamchiliklar bilan egallashlari suhbatda, ular xayollari ham me’yoriy
shakllanishdan chetga chiqar ekan. Ixtiyorsiz xayolga ma’lumki,
tush ko'rish va turli gallutsinatsiyalar misol bo'la oladi. Ta’kidlab
o‘tish o'rinliki, normal eshitadigan bolalar bilan eshitish qobiliyati
buzilgan bolalar chizgan suratlar orasida ham ma’lum farqlar mav
jud. Ajablanarli joyi shundaki, tasvirlangan suratlardagi predmetlar
soni jihatidan normal eshituvchi bolalar orqada ekanlar. Ranglarni
berishda karlar orqada qolganlar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bo
lalar suratlari sinflar yuqorilashgan sari normal bolalar suratlariga
yaqinlashib borar ekan. Mualliflar eshitish qobiliyatlari buzilgan bo
lalardagi ijodiy xayol xususiyatlari borasida turli xil fikr bildirganlar.
Ayrimlari hatto ijodiy xayolni tasavvur bilan almashtirganlar. Eshi
tish analizatorining zararlanishi oqibatida bu bolalarning tashqi du-
nyoni aks ettirish faoliyati, ijtimoiy muhit ham bu toifa bolalar shax-
sining mukammal shakllanishiga salbiy ta ’sir etar ekan. Bu bolalar
aka-ukalaridan, opa-singillaridan, yaqin-qarindoshlaridan o'ziga
nisbatan achinish hislarini sezishlari natijasida o'zlarida egosentrik
95
xislatlarni shakllantirishga harakat qilar ekan. Ularda atrofdagilar
uchun o‘zining ortiqcha kishi sifatida tasavvur paydo bo‘lib boradi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar xayol xususiyatlarini rivojlanti
rishda ta iim jarayonida rolli o‘yinlarni tashkillashtirish maqsadga
muvofiq.