nestik obrazlar mavjud bo‘lmaydi. Bu
yozuvni egallash jarayonini
tormozlaydi. Kar bola uchun gapning grammatik tizimi, so‘z birik-
masi, qoidasi, so‘zlarning grammatik aloqasini egallash qiyinchi
lik tug‘diradi. J.I.Shif, T.V. Rozonova, A.M.Potilskiy va boshqalar
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha, eshitishida nuq
soni bo‘lgan bolalar yozma nutqning keng tarqalgan va tipik xatosi
agrammatizm tizimlardir, ya’ni grammatik shakllarning shaxs-son,
egalik, kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda xatolar yuzaga keladi.
A.M. Komdber, A.F.Nogilskaya eshitishida nuqsoni boigan bolalar
o‘z yozma nutqlarida so‘zlarni noto‘g‘ri qoilash, gap bo‘laklarini
tashlab ketish hollari ko‘p uchraydi, deb ko‘rsatadilar. Eshitishida
nuqsoni boigan bolalar mustaqil yozma nutqlarida hodisalarni ba
yon qilishda mantiqiylik va ketma-ketlik yetarli darajada bo‘lmaydi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bayon etilayotgan m aterialni re-
jalashtirishda qiynaladi. Ba’zan ular bosh asosiy ma’nosini tushirib,
ikkilamchi qismlarni tavsiflashga o‘tib ketadilar. M.Kolberg eshi
tishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar yozma nutqni tavsiflab, uning qu-
yidagi xususiyatlarini ta ’kidlab o‘tadi: so‘zlarni noto‘g‘ri tanlash;
so‘zning tovush tarkibini buzish; gapdagi so‘zlarni bog‘lashda xa-
toliklarga uchrashi.
Sog‘lom va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar yozma nutqini
qiyoslab, olim soglom bolalar hodisalarni to liq bayon etishlari,
to ‘g‘ri
rejalashtirishi, o‘zidan kam narsa qo‘shishini aytib o‘tadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar voqea-hodisalarni mazmuni-
ning to‘liq tavsiflashga qiynaladilar. N.G. Morozova, A.F. Pongils-
kaya va boshqalar eshitishida nuqsoni boigan bolalar yozma nutqni
tushunishda ham xatoliklar uchrashini ko‘rsatib o‘tadilar. Eshi
tishida nuqsoni boigan bolalar sodda matnni tushunish va o‘qishda
qiynaladilar. 0 ‘qish murakkab analitik, sintetik jarayon boiadi.
A.I. Sokolova eshitishida nuqsoni boigan bolalarning o‘qish jara
yonini tekshirib, unga ta ’sir qiluvchi omillarni (gap
tuzilishining
grammatik xarakteri, o‘quvchining hayotiy tajribasi va bilimi)
tavsiflab beradi. N.G. Morozova kar o‘quvchilar matnni tushunish
holatini tadqiq etib, o‘qishni tushunishning bir necha bosqichi-
ni ochib beradi.
Birinchi bosqich analiz, ikkinchi bosqich sintez,
uchinchi bosqich analiz-sintez.
104