VII bob. ESH IT ISH ID A N U Q SO N I B O ‘LGAN
BOLALAR SH A X SIN I SHAKLLANTIRISH
XUSUSIYATLARI
7.1. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar shaxsini o‘rganishning
umumiy masalalari
Shaxs atrofdagi olamni, undagi hodisalarni faol anglovchi va
qayta ishlovchi insondir. Shaxs jamiyatda o'z-o'ziga va boshqalar-
ga nisbatan ma’lum
pozitsiyada turuvchi, ma’lum qarashlar, fikr-
lar, ideallar tizimiga ega bo'lishi ko'zda tutiladi. Yangi tug‘ilgan
chaqaloq ijtimoiy mavjudod bo‘lsa ham, uni shaxs deb bo'lmaydi.
Bola shaxsi kattalar bilan muloqotda insoniyatning ijtimoiy tajriba-
sini egallash jarayonida shakllanadi.
Kar bola shaxsining shakllanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘ladi. Birinchidan, kar bola eshituvchi odamlar bilan muloqot
da cheklangan bo'ladi, bu ma’lumotni egallash jarayonini sekin-
lashtiradi.
Ikkinchidan, eshitish analizatori faoliyatining buzilishi
emotsional rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan akustik
olam (inson ovozi, qushlar sayrashi, musiqiy ovozlar) anglash im-
konidan mahrum qiladi. Uchinchidan, eshituvchi
bolalardan farqli
eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar insonlarning ijtimoiy tajribasi-
ni egallashdan mahrumdir. Maxsus bog'cha va maktablarga qadar
eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishi sekin tempda amal
ga oshadi. Muloqot qiyinchiligi va eshituvchilar bilan muloqotining
cheklanishi ularning umumiy rivojlanishiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi.
Xarakterning ayrim xususiyatlari, shaxs qirralari kabi maxsus tash-
kil etilgan ijtimoiy sharoitlarda amalga oshadi. Sog'lom odamlar
ichida yashab kar bola eshituvchi tengdoshlariga nisbatan o'zgacha
munosabatni sezadi, bu unda shaxs qirralari
shakllanishiga salbiy
ta ’sir ko'rsatadi.
K. Obunovskiy tadqiqotlarida 80-130 sm dagi past bo'yli odam-
larning shaxs qirralarining shakllanish jarayoni o'rganiladi. Olim
ularning shaxs qirralari shakllanishida m a’lum darajadagi bir
xillikni aniqladi, o'ziga xos bo'lmagan optimizmli, bevositalik,
sharoitlarga chidamlilikni aniqlagan.
Shuning uchun, tekshiruvchi
110
atrofdagilar pakanaga boshqacha munosabatda bo‘lganligi uchun
unda shaxsning o‘ziga xos qirralari shakllanadi deb xulosaga kel-
gan. Eshituvchi kattalar eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar mak-
tab-internatidagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar quvnoqligi,
hayotga chanqoqligini ko‘rib hayratga tushganlar.
Ularning fikri-
cha, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘z nuqsonidan uyalib,
doimo xomush yurishlari kerak. Ma’lumki, eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar o‘z nuqsoni haqida kech biladilar, maxsus mak-
tabdagi taiim -tarbiya jarayonida ularda kelajakka ishonch,
faol-
lik shakllanadi. Katta va o'rta sinf o‘quvchilari eshituvchilar bilan
o‘zlari o'rtasidagi farqni yo‘qotish uchun so'zlashuv nutqini egal-
lashga juda intiladilar. Kar bola shaxsining rivojlanish muammolari
surdopsixologiyada to liq tadqiq etilmagan, quyidagi bo‘lim ush-
bu masala tadqiqiga qaratilgan. Surdopsixologiyada V.G. Petrova,
V.L. Belinskiy, E.A.Viytar, M.M. Nudelmanlarning ilmiy izlanish-
larida sog‘lom va kar, zaif eshituvchi bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi
shaxslararo munosabat xususiyatlari o‘rganilgan. Ular sotsiometrik
testlar hamda insholardan
foydalanilgan holda suhbat, kuzatuvlar
tashkil etgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sogiom bolalar o‘rtasida
«sinfdagi sardorlik» xususiyatlariga — muloqotga kirishuvchanlik,
do‘stga sadoqatlilik, birodariga ko‘mak berish, mustaqillik, fantazi-
yaga boy jihatlari hamda ko‘rkam tashqi ko‘rinishning o‘zi yetarli
ekanligini ta ’kidlashgan. Kar va zaif eshituvchi
bolalar esa mazkur
holatni sinfdagi o‘quvchilarning og‘zaki nutqini egallaganlik holati
va darslarni o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra belgilashgan.
Dostları ilə paylaş: