Ong va faoliyat birligi tamoyili. Bu tamoyilga ko'ra, ong inson
xulq-atvori va xatti-harakatining boshqaruvchisidir.
Ma’lumki, biologik nasldan naslga o'tuvchi xususiyatlar psixik
funksiyalar shakllanishining shartlaridan birinigina tashkil etadi.
Insonga insoniyat tomonidan yaratilgan predmetlar dunyosi va
hodisalarni egallashga boigan intilishlar xos. Faoliyat esa inson
ongining shakllanish omilini yuzaga keltiruvchi shartlaridan biri
sanaladi. Faoliyat doimo organizm bilan muhitning ifodasidir. In
son o‘zining faoliyatini ilk yoshidanoq butun insoniyat tajribasi va
jamiyat talablariga yo'naltirib boradi. Inson faoliyatiga xos boigan
xususiyatlardan yana biri shundaki, uning bilish jarayonlari iro-
da bilan bog‘liq boiadi, ularga tayanadi, ya’ni faoliyat bilish va
iroda jarayonlarisiz yuz berishi mumkin emas. Nuqsonli bolalarni
o‘rganishda ushbu tamoyil nuqsonli bolalar faoliyati ana shu bola
larning rivojlanish darajasini aniqlovchi asosiy parametr ekanligini
nazarda tutadi.
Psixik rivojlanishning nutq bilan bogiiqligi tamoyili. Nutqiy faoli
yat bola psixikasi, turli ruhiy jarayonlar (sensor, intellektual, hissiy
iroda sohasi) bilan bogiiq holda shakllanadi. Bolada kechayotgan
ruhiy jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini individual o‘rganish
natijasida bola nutqining nuqsonli rivojlanishini aniqlash mumkin.
Olingan ma’lumotlarning tahlilida sifat-son jihatdan yondashish tamoyili, bir tomondan, son ko‘rsatkichlari asosida sifat birliklari
yotishi lozimligiga asoslansa, ikkinchi tomondan, tekshirish nati-
jalari mana shu rasmiy ko‘rsatkichlardan iborat boim ay, vazifalar-
ning bajarilish jarayoni (operatsiyalarning mantiqiy ketma-ketligi,
maqsadga erishishda sobitlik va h.k.) ham tahlil qilinishini talab
etadi.
Logopsixologiyaning metodlari