Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Tayanch so‘zlar
Gipersteniya - asabiylashuvning ortishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xulq- 
ning giperfaolligi.
Giposteniya — umumiy holsizlik tashabbuskorlikning pasayishi, 
uyatchanlik, ish qobiliyatining sustligi.
Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo‘rqish.
186


XI bob. NUTQ IDA KAMCHILIGI B O ‘LGAN BOLALAR
M OTORIKASI
Olimlarning fikricha, nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning 
lokomotor funksiyalarining rivojlanishini me’yorga qiyoslagan- 
da ilk rivojlanishning kechikishi bilan ham belgilanadi: bolalar 
me’yordan kechroq yoshda yurishni boshlaydilar, mayda qo‘l mo- 
torikasi, artikulatsion motorika uzoq vaqt yaxshi rivojlanmagan 
bo'ladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bolalar nutqining rivojlanish 
darajasi to ‘g‘ridan to‘g‘ri qo'lning mayda motorikasiga bog‘liq 
(M.M.Kolsova). Ko‘pchilik bolalar nutqi ustida o‘tkazilgan tajriba 
va tadqiqotlar asosida quyidagi qonuniyat aniqlandi: agar barmoqlar 
harakatining rivojlanishi yoshga mos kelsa, unda nutq rivojlanishi 
me’yor darajasida bo‘ladi, agar barmoqlar harakati oqsasa, unda 
nutq rivojlanishi ham sust rivojlanadi (L.F. Fomina). Y.I. Isenina 
tadqiqotlari nutq kamchiligiga ega bolalar nutqi qo‘lning nozik 
harakatlari ta’sirida rivojlanishi mumkinligini tasdiqlaydi.
Elektr-fiziologik tadqiqotlar natijalari ham qo‘l va nutq funk­
siyalarining bevosita aloqada ekanini tasdiqlaydi. M.M.Kolsova- 
ning xulosasiga ko‘ra «nutq doiralarining morfologik va funksional 
shakllanishi qo‘l harakatidan keluvchi kinestetik impulslarning 
ta ’sirida paydo bo‘ladi». Uning alohida ta ’kidlashicha, nutq faqat 
bolalik yoshidagina qo‘l muskullarining impulsi vositasida rivojla­
nadi. Shundan kelib chiqib, nutqni rivojlantirishda mana shu holga 
katta ahamiyat berish kerak. Mayda qo‘l motorikasi yordamida bo­
lalar nutqini rivojlantirish metodikalari M.M.Kolsova, L.V.Anta- 
kova-Fomina va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi.
M.M. Kolsovaning fikricha, «bosh miya po‘stlog‘ining ish qo- 
biliyatini oshirish vositalari»dan biri tizimli mashqlar asosida bar­
moqlar harakati mashg‘ulotlarini o‘tkazish nutqning rivojlanishiga 
ta ’sir ko‘rsatadi. Bu fikrni juda ko‘p eksperimental tadqiqotlarning 
natijalari ham tasdiqlaydi.
Logopedik amaliyot nutqning rivojlanishiga harakatning sama- 
rali ta ’sirini ko‘rsatadi. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida korrek- 
sion-tarbiyaviy ishlar tizimida nutqi buzilgan bolalar uchun ko‘proq
187


e’tibor qoining nozik barmoqlari harakatini shakllantirishga 
qaratiladi. M aium ki, barmoqlarning harakatini takomillashtirish 
bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan ishlar q o in i xat yozishga tay- 
yorlashda ham juda foydali. Nutqi to iiq rivojlanmagan bolalar­
ning mayda motorikasini rivojlantirishni tizimli o‘tkazib, har kuni 
3—5 daqiqa vaqt sarflash kerak. Shu maqsadda turli xil o‘yin va 
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday mashqlar 
maxsus mashg'ulotlardagina emas, balki sayrga chiqqanda, o‘yinlar 
o'ynash paytida o‘tkazilishi mumkin.
Agar bola harakatlarni mustaqil bajarishga qiynalsa, unda alo­
hida darslarga mashqlar kiritish tavsiya etiladi, bola faol harakatlan- 
maydigan barmoqlar harakatini kattalar yordamida bajaradi. Kel- 
gusida mashg‘ulotlar natijasida barmoqlar harakati takomillashib 
boradi va bola ularni faol bajaradi.
Qo‘l barmoqlarining nozik harakatlanishini takomillashti­
rish uchun kichik folklordan foydalanish katta samara beradi. 
Bu o‘yinlar qulay jo ‘shqin sharoit yaratadi, barmoqlar mashqini 
yaxshi ta ’minlaydi, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga va she’rlar 
mazm unini tushunishga yordam beradi, nutq ritmini ilib olishga 
o‘rgatadi. Bundan tashqari, hajviy xalq she’rlari dialog asosida 
qurilgani uchun so‘zlashuv nutqini o‘rgatuvchi ajoyib manba h i­
soblanadi. Bu namunalar maktabgacha yoshdagi bolalarning bar­
cha rivojlanish bosqichlari uchun q o i keladi. Masalan, havzak- 
havzaklar, ovutmachoqlar va erkalamalardan bolaning go'daklik 
davridan to 3—4 yoshigacha foydalanish mumkin. Xalq ogbzaki 
ijodida o‘z ifodasini topgan xalq pedagogikasi bolaning mayda 
va yirik motorikasini rivojlantirishda, uning ham jismoniy, ham 
hissiy-irodaviy rivojlanishini ta ’minlaydigan ajoyib she’riy namu- 
nalarni yaratgan. Bola o‘tiradigan boiganda, uni tizzaga o‘tqazib, 
barmoq sanash mashqi bajarilgan. Bunda bolaning qoichasini 
ushlab turib, «Boshmaldoq, Qoramaldoq, 0 ‘rta terak, Hoji- 
mirak, Kichkina bo‘bak», deb, bosh barmoqdan boshlab barm oq­
lar bir-bir bukiladi. Sanoq tugaganini bildirish uchun, oxirgi so‘z 
yuqoriroq ohangda shaxdam aytiladi va bolaning mushtchasi bilan 
ko‘kraklari ohista qitiqlanadi. Bu mashqni rivojlantiruvchi desa 
ham boiadi. Chunki bola mashq bir necha m arta takrorlangani-
188


dan keyin, u nim a bilan tugashini va ko‘kraklari qitiqlanishini 
biladi va oldindan qiqirlab kuladi. Oldindan sezib zavqlanish hissi 
go‘dakning intellektual rivoji uchun juda muhimdir. Shu yo‘l bilan 
u o'z xotirasini mashq qiladi va voqealar rivojini bashorat qilishga 
o‘rganadi. Bolaning barm oqchalarini alohida-alohida o‘ynab tu- 
rish (ohista silash, tortib qo‘yish, uqalash va h.k.) kerak. Barmoq- 
larini boshqara olish malakasi bolaning intellektual rivojlanishi 
bilan uzviy bog‘liq. Oddiygina barm oqlarni bukish va to ‘g‘rilash 
mashqi bolada shu malakani shakllantirish im konini beradi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda turli psixik funksiyalarni 
o‘rganish jarayonida olingan m a’lumotlarning tahlili ularning o‘ziga 
xosligini ko‘rsatadi (L.I. Belyakova, Y.F.Garkusha, O.N.Usanova, 
E.L. Figeredo, T.B. Filicheva, G.V.Chirkina).

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin