Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Dizartriyada shaxs xususiyatlari
Nuqsonli bolalar o‘z nuqsonini qay darajada ekanligini anglash 
va uning oqibatlarini ko‘ra bilish darajasiga ko'ra intellekti va mo- 
torikasi qo‘pol buzilgan bolib, ular ko'proq o‘z nuqsonlaridan izti- 
rob chekadilar.
Bolani o‘z kuchiga ishonchsizlik tuyg'usi va xulqidagi o‘zgarishlar 
ko'proq darajada bolaning nuqsoniga nisbatan ota-onalar va yaqin 
qarindoshlarming munosabatlariga bogliq. Ayrim oilalarda ota- 
onalar bolaning o'rniga barcha ishlarni bajarishga harakat qila- 
dilar va buning oqibatida bolalarda tobelik, boqimandalik hislari 
uyg‘onadi va ular o‘zgalar yordamisiz biror-bir faoliyatni bajara ol- 
maydilar. Bolalar serebral falaji asoratidagi dizartrik bola o‘z faoli­
yatiga ehtiyoj sezmaydi, atrofdagilarga nisbatan negativ munosabat- 
larda boladilar.
Bolalar serebral falajida nutq nuqsonlarining darajalariga ko‘ra 
soglom tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlari mumkin. Bunday 
bolalarni soglom aka-ukalari bilan muloqoti ularga ijobiy ta ’sir eta­
di. Bolalar serebral falaji nuqsoniga ega bolalar kamsitish, masxara 
qilishlarga juda ta’sirchan boladilar va bularning barchasi ularning 
xulqlarida salbiy aks etishi mumkin.
Nutqning temp-ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari
Odatda, kichik yoshdagi bolalar, agar duduqlanish juda kuchli 
bolm asa o‘z nuqsonlarini anglab yetmaydilar. Agar duduqlanish 
biror-bir hodisadan so‘ng to‘satdan yuz bersa, bunda bola bu holat 
va nutq muloqotining chegaralanishida qattiq ta’sirlanadi, tushkun- 
likka tushadi. Ayrim hollarda bola umuman gapirmay qo‘yadi, bu 
holatni biz mutizm deb ataymiz.
Duduqlanuvchi bola o‘z nuqsonini anglagach, odamlardan uzoq- 
lashishga va nutqiy muloqotdan qochishga harakat qiladi.
Duduqlanishni davolashda va ikkilamchi nuqsonni oldini olish- 
da atrofdagilarning munosabati katta rol o'ynaydi. Ota-onalar o‘z 
farzandlariga duduqlanishi paydo bolish davrida yordam berishlari
182


va uning nutqiy rivojlanishiga samarali ta ’sir etish hollari kamdan 
kam kuzatiladi. Ko‘p hollarda ota-onalar duduqlanuvchi farzand- 
lariga haddan ziyot e’tiborli bo‘ladilar. Ayrim ota-onalar duduq- 
lanishga katta ahamiyat bermay, boladagi nutq nuqsonini o‘zlari 
bartaraf etishga harakat qiladilar, masalan: bolaning nutqdagi xa- 
tolarini bolaga ko‘rsatadilar va to‘g‘ri nutqqa taqlid qilishni talab 
etadilar. Buning oqibatida bola o‘z nuqsonini yanada chuqurroq 
anglab yetadi. Bola to‘g‘ri gapirishga harakat qiladi. Bola qanchalik 
qiynalsa duduqlanish shuncha kuchayadi, ya’ni duduqlanuvchi bola 
o'zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uning nutqi 
shunchalik yomonlashib boraveradi.
Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlar- 
ga boigandek munosabatda bo‘ladilar. Ular bolalarning ko‘ngillariga 
qaraydilar, hamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojla­
nishi mumkin. Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini 
tushunadi va bundan «unumli» foydalanishga harakat qiladi. Ayrim 
bolalar o‘z nuqsonlarini turli harakatlar bilan berkitishga harakat 
qiladilar, lekin bu usul bilan duduqlanishni bartaraf etish mumkin 
emas. Hatto nutqiy nuqson belgilari juda kam darajada namoyon 
bo‘lsa ham, ikkilamchi ruhiy buzilishlar ortib boradi.
Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi — bu 
logofobiya.
Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo‘rqish ma’nosini bildiradi.
Logofobiya duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga ta ’sir 
etadi va uning xulqida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Logofobi­
ya bola ruhiyatiga shu darajada qattiq ta ’sir etadiki, hatto duduqla­
nish bartaraf etilgandan keyin ham o‘z asoratlarini qoldiradi.
Bolalar jamoasida duduqlanuvchi bola tengdoshlari tomonidan 
masxara qilinadi, hatto ular bunday bolalarni o‘z jamoalaridan 
chetga chiqarib qo‘yadilar. Duduqlanuvchi bolalar maktabga kel- 
gach, ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar va majburiyatlarining ortib 
borishiga moslasha olmaydilar. Ayrim hollarda maktab m a’muriyati, 
o‘qituvchilarning qattiqqo‘Higi tufayli duduqlanishi kuchayishi yoki 
«yashirincha» duduqlanish yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
Duduqlanuvchi bolani o‘qituvchilar har doim ham tushun- 
maydi va ularni bir-biriga bo‘lgan munosabatlari duduqlanuvchi
183


va sinfdoshlari o‘rtasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir etadi. 
Duduqlanuvchi bunday vaziyatlarga turlicha munosabatda bo‘ladi. 
Ko‘p hollarda bolalar bilimlari nuqsonlari hisobiga noto‘g‘ri ba- 
holanishi va shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra o‘qishga boigan 
qiziqishlarini yo‘qotadilar. Ular maktabni yomon ko‘rib qoladilar, 
darslardan qochadilar, sinf jamoa hayotidan chetda qoladilar, xul- 
qida qo‘shimcha kamchiliklar kuzatiladi.
Ayrim duduqlanuvchi o‘quvchilar darsni bilmasliklarini nutqiy 
nuqsondan foydalanib berkitishga harakat qiladilar. Agar o‘qituvchi 
bolaning nutqiy nuqsoni haqida tushunchaga ega bolsa, unda bo­
laning javobini shoshirmasdan kutib turadi, duduqlanish holati o lib
ketgandan so'ng u o‘z fikrini bayon etishga va bilimlarini namoyon 
etishga imkon yaratadi. Agar o'qituvchi bola nuqsoni haqida tu­
shunchaga ega bolm asa, uning jim turishini darsni tayyorlamagan- 
lik deb tushunib, uni noto‘g‘ri baholashi mumkin. Duduqlanuv­
chi bolalarda kek saqlash, xafsirash, gumonsirash, o‘zgarishlarga 
ishonchsizlik kabi shaxs xususiyatlarining kamchiliklari va psixomo- 
torikasida buzilishlar kuzatiladi. Duduqlanishning giperstenik shak- 
lidagi bolalarda asabiylashishning kuchayishi, qo‘zg‘aluvchanlik, 
xulqida giperfaollik kuzatiladi.
Nevrosteniyaning gipostenik shakliga ega duduqlanuvchi bolalar 
umumiy holsizlik, ish qobiliyatining sustlashganligi va logofobiyalar 
bilan ta ’riflanadi.
Taxilaliyali bolalar odatda o‘z nuqsonlarini anglab yetadilar
shuningdek, ularning nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatlari 
cheklangan boiadi. Bunday bolalarga atrofdagilarning munosa- 
batlari turlichadir. Ko‘p hollarda taxilaliyali bolalar o‘z tengdosh­
lari tomonidan kamsitiladilar. Ota-onalarning haddan tashqari 
qayg‘urishlari va nutqiga nisbatan talablari taxilaliyali bolalarning 
xulqidagi salbiy o‘zgarishlarga sabab bolishi mumkin.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin