Tiflopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Tiflopsixologiya umumiy psixologiya, yosh va pedagogik-psi-
xologiya, tiflotexnika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog'langan
bo‘lib, tiflopsixolog o'zining amaliy va nazariy ish jarayonida
yuqoridagi fanlarga tayanishi bilan birga yangi yuzaga kelayotgan
soha — amaliy psixologiyaning yutuqlaridan ham foydalanadi.
Hamma ta ’lim va tarbiya muassasalarida bo‘lgani kabi, ko‘r
va zaif ko‘ruvchilar maktab-internatlarida ham amaliy psixolog
bo'lishi shart. Maxsus maktabdagi amaliy psixologning ish vazifasi
umumta’lim maktabidagidan farq qilmaydi. Ammo, maxsus mak
tabdagi psixologning eng asosiy vazifasi:
— nogiron
bolalarning
maktabga
tayyorgarlik
darajasini
aniqlash;
— maktabda ko‘r va zaif ko'ruvchi o'quvchilarning bilim, hissiy-
iroda sohasidagi va boshqa kamchiliklariga psixologik tashxis
qo‘yish;
— maxsus maktabda psixolog, madaniy-oqartuv ishlarini olib
borish;
— maxsus maktab o‘quvchilarining psixologik, ijtimoiy, peda
gogik sohadagi aniqlangan kam chiliklarini korreksiyalash tadbir
va vositalarini belgilaydi va maktab jam oasi bilan amalga oshi-
radi;
— nuqsonli o'quvchilarning o‘quv jarayonida ruhiy va asab kam-
chiliklarining paydo bo‘lishi va kuchayishini o‘z vaqtida aniqlash va
oldini olishning chorasini ko'radi.
Tiflopsixologik tadqiqotlarning metodologik asosini determi
ni zm, ong va faoliyatning birligi, ruhiyatning faoliyat da rivojlanishi
tashkil etadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, tiflopsixologiya fani fan sifatida shakl-
lanishida turli qarashlar, fikrlar, g‘oyalar mavjud bo'lgan.
I.P. Pavlov bir necha bor ta’kidlagan «Ko'rlik va boshqa nuq-
sonlarni o'rganish asosida nafaqat nuqsonli ruhiyatga chuqurroq
kirib borishga, balki me’yoriy ruhiyat holatlarini ham chuqurroq
201
tushunishimizga imkon beradi». Tiflopsixologiyaning taraqqiyoti-
da LS. Vigotskiyning nuqsonli bola rivojida «Madaniy va biologik»
omillarning buzilishi, chetga chiqishi haqidagi fikrlari muhim o‘rin
egallaydi.
Shu bois, qator metodlar umumiy psixologiyadan olinadi.
Me’yoridan nuqsonga qarab va nuqsondan me’yorga qarab tadqiqot
ishlarini olib borish ishlarini V.M.Bexterev samarali usul sifatida
tan olgan edi. Maxsus psixologiyada A.A. Krogius, G.I.Troshin to
monidan nisbiy o‘rganish keng qo‘llanilgan edi. Nisbiy tadqiqotga
L.S. Vigotskiy ham alohida e’tibor bilan qaragan edi.
Tiflopsixologiya fani umumpsixologiya fanining determinizm,
ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyat jarayonida rivojlanishi
kabi metodologik prinsiplariga amal qiladi. Inson ruhiy olami bilan
bog'liq har qanday ilmiy-tadqiqot, tekshirishlarining metodologik
asosini uchta yo‘nalish belgilaydi.
Birinchidan, ko‘rish nuqsoni mavjud bolaning har xil yosh bos
qichlarida yuz beradigan o‘zgarishlarni va ruhiy rivojlanish qo-
nuniyatlarini sog‘lom bolalar bilan taqqoslab tekshirish. Defek-
tologiya fani asoschilaridan L.S. Vigotskiy sog‘lom va nuqsonli
bolalar ruhiy rivojlanishini taqqoslab tekshirishga katta e’tibor ber
di. «Nuqsonli rivojlanishga to‘g‘ri ta’sir va tasnif berish mumkin,
qachonki normal rivojlanish bilan uni taqqoslab o'rganilganda»,
degan edi olim.
lkkinchidan, ruhiy rivojlanishni faqat faoliyat jarayonida har to-
monlama va chuqur o‘rganish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarida
o‘rganilayotgan obyektni (nuqsonli bolani) qaysi faoliyat jarayonida
tekshirishni aniqlab olishning nazariy va amaliy ahamiyati niho-
yatda katta.
Uchinchidan, o‘tkazish rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot qat’iy
tizim asosida: tadqiqotning bosqichlari, metodlari, shart-sharoitlari,
qatnashchilarini aniqlash va belgilash bilan olib boriladi.
Tiflopsixologiya fani umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya,
yosh va pedagogik psixologiya va boshqa fanlarning metodlaridan
foydalanish bilan birga, maxsus psixologiyada va tiflopsixologiya
fanida yaratilgan maxsus tadqiqot uslub va usullaridan ham foydala-
niladi. Ilm, fan-texnikaning yutuqlari ko‘r va zaif ko‘ruvchilarning
202
sezgi, idrok, tasavvur va boshqa ruhiy jarayonlarini tekshirish so-
hasida yangi, maxsus metodikalar, texnik vositalar yaratishga im-
kon bermoqda. Shunday aniq o'lchash texnik vositalariga elektron
taxistoskop, anamaloskop, proyeksiyali perimetr, elektroensefalograf
va boshqalar kiradi. Shular tufayli bizning bu toifa bolalar ruhiyati
haqidagi bilimlarimiz to‘la va aniq bo‘lishi mumkin. Ilmiy tadqi-
qotning asosiy shartlaridan biri: ko'r va zaif ko'ruvchi bola o‘sib,
tarbiyalangan ijtimoiy muhit bilan har tomonlama tanishish tad-
qiqotchiga ko'p narsa beradi. Nuqsonli bolaning qanday sharoitda
tarbiyalanayotgani, ota-ona va boshqalarning bolaga munosabati,
oiladagi intellektual, madaniy va ma’naviy muhit bola ruhiy rivojla-
nishida hal qiluvchi omillaridan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda
bolaning oila a’zolariga, sinfdoshlariga, pedagoglarga munosabat-
larini aniqlash zarur. Ikkinchi shart: tadqiqotchi nuqsonli bolani
o'rganishni rejalashtirishdan oldin o'zi uchun quyidagi savollarga
javob berishi shart:
1. Nuqsonli bola ruhiyatining qaysi sohasini o'rganish lozim?
2. Ruhiyatning bu sohasini o'rganishdan maqsad nima, ya’ni
nim ani aniqlamoqchiman?
3. Nuqsonli bola ruhiyatini va ayni ruhiyatning men tanlagan
sohasini qaysi uslub bilan o'rganish eng qulay?
4. Uni o'tkazish tartibi va qoidalarini bilamanmi?
5. Rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqotni qayerda (sinfda, alohida
xonada, mehnat yoki o'yin jarayonida), qaysi vaqtda, qaysi sharoitda
va qanday holatda o'tkazaman?
Uchinchi shart: nuqsonli bola bilan olib boriladigan so'rov yoki
anketa savollari, shuningdek, suhbat davomida beriladigan savol-
lar har tomonlama puxta o'ylangan, nuqsonli bolaning shaxsiyatiga
tegmaydigan, odob-axloq doirasida bo'lishi shart. Ba’zan o'rinsiz
berilgan savol nuqsonli bola bilan munosabatni buzib qo'yishi
mumkin.
To'rtinchi shart: nuqsonli bolalarni sog'lom bolalar bilan taqqos-
lab tekshirishning o'zi chiqarilgan ilmiy xulosaning xato bo'lishiga
olib kelishi mumkin. Nuqsonli bolaning ruhiy rivojlanishini
uning oldingi tekshirishlardagi olingan natijalar bilan taqqoslab xulo-
sa chiqariladi. Ya’ni nuqsonli bolaning o'zini o'ziga taqqoslaniladi.
203
Beshinchi shart: nuqsonli bolaning individual, yosh va psixologik
xususiyatlari hisobga olingan holda ilmiy tadqiqot o'tkaziladi va
uning natijalari e’tiborga olinadi.
Oltinchi shart: nuqsonli bolalarning o'ziga xos xususiyatlari
ni hisobga olib (begona joydan va odamlardan hadiksirashlari va
hokazolar) ilmiy-tadqiqot ishlari asosan tabiiy sharoitda o'tkaziladi
(bog'cha, maktab va boshqa joylarda).
Yettinchi shart: tiflopsixologiyada keng qo‘llanilayotgan metod-
lardan biri — ilmiy-tadqiqot natijalarining miqdoriy ko'rsatkichlarini
matematik-statistik qayta ishlash uslubi bo‘lib, o£tkazilgan tek-
shirishlarning obyektivligini, haqqoniyligini, ishonchliligini, va-
lidliligini ta’minlaydi. Statistik metod har xil ruhiy hodisalar va
tadqiqot natijalari va ularning o'rtasidagi korreksiyani — bogliqlikni
aniqlashga yordam beradi.
Ammo, matematik-statistik hisoblash natijalariga ehtiyotkorlik
bilan yondashish, bu uslub bilan olingan ma’lumotlarga haddan
oshiq e’tibor berish xato xulosalar chiqarishimizga sabab bo'lishi
mumkin.
Shuningdek, har qanday katta yoki kichik ilmiy-tadqiqot
o'tkazish jarayoniga bayonnoma yoziladi. Bayonnomada o'quvchi
haqidagi hamma ma’lumotlar, vaqt, tekshirishda qo'llanilgan uslub-
larning nomi keltiriladi.
Ilmiy tadqiqot metodlari tadqiqotchining o'z oldiga qo'ygan
maqsad va vazifalariga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
1.
Noeksperimental metodlarga kuzatuv, so'rov (anketa), suh-
bat, o'quvchining faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish kiradi.
1.1.
Kuzatuv, ma’lum bir reja va tizim asosida o'tkazilib, tadqi-
qotchidan kuzatilayotgan ruhiy jarayonga (hodisaga) odilona
(obyektiv) yondashish talab qilinadi. Tadqiqotchi o'zi istagan nar
sani «ko'rmasligi», balki haqiqiy ma’lumotlarni, xatti-harakatlarni
qayd qilishi zarur.
Kuzatuvning qo'shilgan holda va qo'shilmagan holda kuzatish
usullari mavjud bo'lib, ilmiy adabiyotlarda kuzatuv turlari bayon
etilgan. Keyingi vaqtlarda bolalarning o'zaro munosabatlarini,
xulq-atvorini va boshqalarni kuzatishda Beylis metodidan keng foy-
dalanilmoqda.
204
1.2. So‘rov (anketa). So‘rovdagi savollar ochiq va yopiq shakl-
da berilishi m um kin. Ochiq savollarga javob o‘quvchining o‘z
istagicha berilishi m um kin. Yopiq shakldagi so‘rovlarda javob
tayyor holda (ha, yo‘q, ba’zan, bilmayman va boshqalar) berilgan
b o iad i.
1.3. Suhbat. Bu metod tekshiruvchi uchun eng qulay uslub
bolishi bilan birga, undan katta mohirlik ham talab qilinadi. Suh
bat oldindan tuzilgan savollar yordamida o‘tkaziladi. Bolalarning
xarakter xususiyatlari, xulq-atvor va uning motivlari, atrofdagilarga
va o‘ziga munosabati, bahosi va boshqa juda ko‘p ma’lumotlar bi
lan birga tarjimayi holga oid m a’lumotlarni ham to‘plash m um
kin. Bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatning asosiy shartlaridan
biri, muloqotni bolaga yoqimli yoki neytral savollardan boshlash
zarurdir. Bunday boshlangan suhbat o‘zaro aloqani va munosabatni
yaxshilaydi. Savollar bolaning yoshiga, individual va milliy xususi-
yatlariga qarab tuziladi. Bolalarning tez charchab qolishini hisobga
olib, 10—20, ba’zan 30—40 minutdan oshmasligi kerak. Suhbatni
tinch, yakka holda o‘tkazish erkin muloqotni ta’minlaydi. Suhbat
jarayonida axloqiy-etik shartlarga qat’iy rioya qilinadi. Masalan,
o‘quvchining matematika o‘qituvchisiga munosabatini bilish uchun
birinchidan «Sen matematika o'qituvchisini yoqtirasanmi?» deb
so‘rash, odobsizlik boiadi. Ikkinchidan, o‘quvchilar bunday savolga
odatda to‘g‘ri javob bermasligi mumkin.
1.4. Bolalarning
faoliyat
mahsulotlarining
tahliliga
bag'ishlangan. Rasmlar, har xil mahsulotlardan (plastilin, loy va
boshqalardan) yasalgan narsalar, bolalar yasagan o‘yinchoqlari, eng
muhimi o‘quvchilarning har xil fanlardan yozgan yozma ishlari,
nazorat ishlarining tahlili kiradi. Noeksperimental m etodlar bilan
ko‘r va zaif ko‘ruvchilar orasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish
qulaydir.
2.
Eksperimental metodlar. Eksperimental metodlar yordami
da har xil ruhiy jarayon, hodisalarning rivojlanishini o‘zimiz ista-
gan vaqtimizda takrorlashimiz, unga faol ravishda aralashishimiz,
o‘zgartirishimiz mumkin. llmiy adabiyotlarda tabiiy va laboratoriya
eksperimental xillariga ta ’rif berilgan. Keyingi vaqtlarda eksperi-
mentni modellashdan keng foydalanilmoqda. Eksperiment u yoki
205
bu psixologik hodisa, vaziyat sun’iy yuzaga keltiriladi va shu vazi-
yatda o'quvchi (o'quvchilarning) o'zini tutishi, munosabatlari, javob
reaksiyasi kuzatiladi.
Shuningdek, pedagogika va psixologiya fanida shakllantiruvchi
metodlardan ham keng foydalaniladi. Shakllantiruvchi metodlar-
ning samaradorligi shundaki, bola ruhiyatining rivojlanishini, ruhiy
hodisalarning mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanmasdan, balki
eksperiment natijasida ta’lim-tarbiya berish ko‘zda tutiladi.
3.
Diagnostik metodlar shaxs yoki jamoaning ruhiy va shaxsiy
xususiyatlarini aniqlashda miqdoriy va sifat jihatdan aniq tasnif-
lashga imkoniyat yaratganligi uchun psixologiya fanining hamma
sohasida keng qo‘llanilmoqda. Asosan bular testlardir. «Test» ingliz
tilidan olingan bo'lib, sinov, tajriba degan m a’noni bildiradi. Hozirgi
amaliyotda bir necha mingdan oshiq testlar mavjud bo'lib, afsuski,
ularning ko‘p qismi milliy xususiyatlar e’tiborga olinib o'zbek tiliga
tarjima qilinmagan. Chet el, asosan g‘arb psixologiyasida testlar bi
lan ishlash keng ommalashgandir. Testlar yordamida bolalarning
aqliy rivojlanish darajasi (intellektual koeffitsienti), iqtidorlilik dara-
jasi, ruhiy holati, shaxs xususiyatlari, o'ziga va boshqalarga bahosi,
kasb qiziqishlari va kasbga yaroqliligi aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan ko'pgina metodikalarni tiflopsixologi-
yada, ko'r va zaif ko'ruvchi o'quvchi larni psixologik tekshirishda
qo'llashning murakkab tomoni shundaki, o'quvchilar anketa va test
savollarini o'zlari o'qishlari shart. Savollarni o'qib berish test nati-
jalariga salbiy ta’sir etmaydimi, degan fikr mavjud. Tiflopsixologi-
yada ilmiy-tadqiqot o'tkazish uchun yangi metodlar yaratish, mav
jud metodlarni moslashtirish, takomillashtirish shu kunning eng
dolzarb masalalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |