ko'ruvchi
shaxs tarzida guruhlash maqsadga muvofiq. Qolaversa,
ZNif ko'ruvchilarga ta ’lim jarayoni va kundalik amaliyotda qoldiqli
ko'rishdan
u yoki bu darajada foydalanish ham kiradi.
195
Shunday qilib, tiflopsixologiyada ikki turlicha yo'nalgan jarayon
— ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlarni nisbatan chuqur differensiatsi-
yalash: total ko‘zi ojiz; yoruglikni his qiladigan ko‘zi ojiz; qoldiq-
li ko‘rishga ega ko‘zi ojiz; chuqur zaif ko‘ruvchi; zaif ko‘ruvchi;
boshqa tomondan esa — low vision zaif ko‘ruvchilarni
integrats
i-
yalash ko‘zga tashlanadi. Bu tendensiyalar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan
bolalarning psixologik tavsifiga ta’sir o‘tkazadi, ko‘rish patologiyasi
turli shakllarining bolalar psixik rivojlanishiga ta’sir darajasi va ku-
chini, shuningdek, yakka tartibda ishlaganda va maxsus korreksi
yalash mashg‘ulotlarida ularni kompensatsiyalash imkoniyatlarini
belgilaydi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning yuqori psixik maqomi-
ni shakllantirish amaliyoti ko‘rsatadiki, umumiy psixologiyaning
asosiy metodologik tamoyillari: determinizm, ong va faoliyat birli-
gi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyillari tiflopsixologiyada
ham konkretlashtiriladi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishini ijtimoiylik va
biologiklik belgilaydi. A.I.Zotov biologik (tipologik, yoshga oid
va b.) hamda ijtimoiy omillar bilan bir qatorda anomal patologik,
biologik omillar namoyon bolishini niqoblovchi, qator hollarda
esa buzib ko‘rsatuvchi omillarni ajratdi. A.G. Litvak (Литвак А.Г.
Теоритические вопросы тифлопсихологии: Учебное пособие.
— Л.: 1973. -с. 45), unga qo‘shilib, ta’kidlaydiki, ko‘zi ojiz va zaif
ko‘ruvchilarning psixik rivojlanishi murakkab o‘zaro munosabat-
larda boigan biologik, anomal va ijtimoiy omillar yig‘indisi bi
lan belgilanadi. Bunda olim aniqlashtiradiki, biologik deganda
tug‘ilishdagi, irsiy, tabiiy nuqsonlar tushuniladi hamda nafaqat ort-
tirilgan, balki tug‘ma nuqsonlarni biologik deb bolmaydi (Литвак
А.Г.
Теоритические вопросы тифлопсихологии:
Учебное
пособие. — Л.: 1973. -С. 49).
Ko‘zi ojizlik va zaif ko‘ruvchilik sabablari tahlili bu qarashning
u qadar mustahkam emasligini ko‘rsatadi. Avval aytilganidek, 92%
zaif ko‘ruvchi!ik va 88% ko‘zi ojizlik tug‘ma xarakterda, ularning
30% dan ortig‘i irsiy shakllarga ega. Bunda bolalar ko‘zi ojizligi sa
bablari orasida ko'rish a’zosi rivojlanishining tug‘ma anomaliyalari
chastotasi ortib borishi kuzatiladi. Tug‘ma ko'rish patologiyasi
196
M.I.Zemsova va L.I.Solnseva (1964) ishlarida 60,9%, A.I. Kaplan
tadqiqotlarida (1979) 75%, L.I. Kirillova ishlarida (1991) 91,3% va
A.V. Xvatsova ishlarida (1995) 92% zaif ko'ruvchi va 88% ko'zi ojiz-
larda kuzatiladi. I.L. Ferfilfaynda esa 84,2%.
Irsiy omillardan tashqari, ko'zi ojiz va qisman ko'ruvchi bo
lalarda homilaning embrional rivojlanish davrida ta ’sir etadigan
tashqi va ichki salbiy omillar natijasida ko'rish a’zosining rivojlanish
anomaliyalari mavjud. Bu — homiladorlikning patologik kechishi,
ona boshidan kechirgan virusli kasalliklar, toksoplazmoz, qizilcha
va boshqalar.
Shunday qilib, amalda ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning
psixik rivojlanishini belgilaydigan anomal omillar biologik omil
lar tushunchasiga kiradi va ijtimoiylari bilan birga zaif ko'ruvchi va
ko'zi ojiz bolalar rivojlanishining borishini belgilaydi.
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlari
bilan bog'liq tadqiqotlar o'tgan asrning 80—90-yillaridagi rus defek-
tologiyasi asoschilari L.S. Vigotskiy, A.R. Luriya, M.M.Zemsova,
A.G.Litvak, A.I. Zotov nazariyasiga tayanadi va korreksion ta’lim
va tarbiya jarayonida bu toifadagi bolalarni kompensator rivojlan-
tirishga yo'naltirilgan. Bugungi kun tiflopsixologiyasining asosiy
muammosi (L.I.Solnseva, A.G.Litvak, I.S.Morgulis) rivojlana-
yotgan, psixik jarayonlar va shaxsning qirralari shakllanishida
ko'rishning chuqur buzilishi natijasida yuzaga keladigan og'ishlarni
bartaraf etishga qodir bo'lgan insonning potensial imkoniyatlari
ni o'rganish sanaladi. Zamonaviy tiflopsixologlar nuqtayi naza-
rining o'ziga xosligi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning psixik
rivojlanishini anomal organizm (inson ayiruv ko'rish, ya’ni zarar,
zararli, pasaygan) emas, balki faol rivojlanayotgan, sensorikaning
bevosita nuqsonlarini kompleks vositalangan bilish faoliyati bilan
to'ldiradigan shaxsning rivojlanishi sifatida tushunadi. Ko'rishda
chuqur nuqsoni bo'lgan bolalarning kompensator rivojlanishining
o'ziga xosligi psixik jarayonlar va sifatlar ansamblida ko'zi ojizlik va
zaif ko'ruvchilikni kompensatsiyalashni ta ’minlaydigan yangi alo-
qalarning hosil bo'lishida o'z ifodasini topadi.
Ko'rish analizatori faoliyatining zararlanishi chuqurligi va
xarakteri sensor tizim rivojlanishiga ta ’sir o'tkazadi, atrof-olamni
197
bilishning yetakchi tipini, tashqi olam obrazlarining modelligi,
aniqligi va to‘liqligini belgilaydi. Tashqi olamni aks ettirishning
psixologik tizimi shu sababdan ko‘rish analizatori turlicha zararlan-
ganda turlichadir. Ko‘rishda nuqsoni boigan bolalar atrof-olam bi
lan tanishish, faoliyatni amalga oshirish usullari kabi uni bajarishni
nazorat qilish usullariga ko‘ra ham farq qiladi.
Ko‘rishda nuqsoni boigan bolalar va kattalarning psixik maqo-
mida nuqsonni aniqlash vaqti katta rol o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, umu-
man ko'rmaydiganlarga taalluqli.
Adabiyotlar va amaliyotda ikki toifa: tug‘ma ko‘zi ojizlar va keyin
ko‘r bo lib qolganlar farqlanadi. Tug'ma butunlay ko‘rmaydigan va
uch yoshgacha ko‘r boigan bolalar, odatda, ko‘rish tasavvuriga
ega emas, zero erta ko‘r bolib qolgan bolalarda ko‘rish obrazlari
saqlanib qolmaydi va psixik rivojlanish jarayoni cheklangan sen
sor tizim asosida kechadi. Ko‘rish nuqsonining erta yuzaga kelishi
psixikaning shakllanishiga kuchli ta’sir ko'rsatadi.
Ko‘rish qobiliyatining nisbatan keyin buzilishi ko‘r bolib qol-
ganlarga ko‘rish asosida shakllanib ulgurgan aloqalarni bilish faoli-
yatida qollash imkonini beradi va nuqsonni kompensatsiyalashda
o‘zga tizimlarni hosil qiladi.
Shunday qilib, ko‘rish nuqsonining yuzaga kelish vaqti ko'rishda
nuqsoni boigan bolalar va kattalarning psixik rivojlanishida o‘ziga
xos omil sanaladi.
Ko‘zi ojizlik va ko‘rishning jiddiy buzilishi rivojlanish jarayoniga
salbiy ta ’siri bilish faoliyatining barcha turlarida oglshlarning pay
do bolishi bilan bogliq va ko‘rish nuqsoni bolaning rivojlanishiga
ta ’sir etmaydigandek ko‘rinadigan o‘rinlarda ham namoyon boiadi.
Bu olinadigan axborot miqdorining kamayishi va uning sifati
o‘zgarishida namoyon boiadi. Miqdor o‘zgarishlari hissiy bilish so-
hasida, ko‘rish hislari, idroki va tasavvurining jiddiy qisqarishi yoki
mutlaqo yo‘qligida namoyon boiadi, bu tasavvur va xotira obrazlari
shakllanish imkoniyatlarini cheklaydi. Rivojlanishning o‘ziga xos
sifat xususiyatlari nuqtayi nazaridan birinchi galda psixik tizimlar:
ularning strukturalari, tizim ichida aloqalar, funksiyalar va muno-
sabatlarning shakllanish xususiyatlarini tilga olish joiz, analizator-
lar o‘zaro munosabatlar tizimida sifat o‘zgarishlari boiadi, obrazlar,
198
tushunchalar, nutqning shakllanish jarayonida, fikrlash faoliyatida
obrazlilik va tushunchaviylik nisbatida, makonda oriyentirlanish va
sh.k. larda o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga keladi. Jismoniy rivoj'
lanishda — harakatlar aniqligi, intensivligida jiddiy o‘zgarishlar
bo‘ladi, yurish va boshqa harakat aktlari o'ziga xos ko'rinish kasb
etadi. Demak, bolada o'zining, juda o'ziga xos, birlamchi nuqson
tufayli rivojlanishning turli darajalarida bo'lgan jarayonlarni, shu
ningdek, rivojlanishning yangi kompensator yo'llari asosida uni
korreksiyalashni o'z ichiga olgani bois normal rivojlanayotgan bo
laning biror tizimiga struktura jihatidan o'xshamaydigan o'ziga xos
psixologik tizimi shakllanadi. Bundan ko'rinadiki, ko'rishda nuqso
ni bo'lgan bolalarda funksiyalararo aloqalar ham boshqacha, o'ziga
xos amalga oshadi. Shu sababli psixologik tizimning shakllanishi va
rivojlanishi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan
korreksion ishlar va kompensator jarayonlar tizimini shakllantirish
bilan bevosita bog'liq.
I.M.Sechenovning ta ’kidlashicha: inson ko'zi 8 xil toifadagi ma-
teriyaning mavjud shakllarini ajrata olar ekan. Bularga: rang, shakl,
kattalik, uzoqlik, yo'nalish, tana, tinchlik va harakat kiradi.
S.L.Rubinshteynning ta ’kidlashicha, «Ko'rish predmetlarni to'la
idrok etishga imkon beradi»1. Ta’kidlab o'tish joizki, insonning
atrof-muhitni bilishida asosiy analizator ham ko'zdir.
Ko‘rish o‘tkirligi
Ko'rlar yoki total ko'rlarga hech qanday yorug'likni sezmaydigan-
lar 0,04 gacha kiradi (salgina yorug'likni sezuvchilar). Shuningdek,
qisman ko'rlar yoki porsial ko'rlar (yorug'lik va qorong'ulikni farq-
lovchilar). Shaklni farqlovchilarning ko'rish o'tkirligi 0,005 dan
0,04 gacha farqlanadi. Ko'rish maydonining torayishi ham ko'rlik
yoki zaif ko'rishga olib kelishi mumkin.
Tiflopsixologiya fani ko'rish nuqsonli bolalarni faqat o'rganish
bilan emas, balki bilish sohasida, ruhiy-hissiy iroda, psixosen-
sor sohasidagi har xil kamchiliklarni korreksiyalash, to'g'rilash
yo'nalishlarini ham belgilab berishi va amalga oshirishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |