Idrok ruhiy va asab tizimida o‘ta murakkab jarayon bo‘lib,
uning
maxsus markazi bosh miyada joylashgan. Shaxsning hayot tarzi, ish
faoliyatining harakatiga qarab biror analizator dominant — yetakchi
bo‘ladi. Ushbu shaxsda o‘sha idrok turi kuchli bo‘ladi. Ko‘pgina
sog‘lom kishilarda ko‘ruv idroki yetakchidir. Ammo, ko'ruv o‘tkirligi
jiddiy pasayganda (0,03—0,02 gacha va undan past) va total ko‘rlarda
teri-mexanik, harakat analizatorlari yoki teri sezgi idroki yetakchi-
lik qiladi.
Ammo, kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘ruv o‘tkirligining eng
past darajasida ham, ko‘rlar ko‘p hollarda ko‘ruv idrokidan faol foy-
dalanadilar.
Total ko'rlarda atrof-olamni idrok etish asosan eshituv analiza
torlari yordamida amalga oshadi.
Lekin, eshituv sezgisi va idroki tashqi olam va undan narsalar
haqida bir tomonlama, ya’ni ularning fazodagi holati va fizikaviy
mohiyati haqida juda tor tushuncha beradi. Insonning tashqi
olamni sezishini — idrok etish jarayoni
polisensor tarzda hamma
mavjud sezgi analizatorlari va idrok turlari qatnashgan holda ke-
chadi. Faqat, shunday holatda narsa va hodisalarni butunligicha,
ongli — tushunib, umumlashgan holda, tanlab idrok etish yuz be
radi. Masalan: ko'rlarda tashqi olamdagi narsalar va obyektlarni
tanlab idrok etishning chegaranlanganligi, yo‘qligi, narsalarning
go'zalligidan hissiy ta ’sirlanishning kamligi
natijasida his-tuygbu va
qiziqishlar doirasining torligi kelib chiqadi.
Ko'rlarda predmet va obyektlarni keng va chuqur idrok etish teri
va harakat analizatorlari yordamida amalga oshadi. Bu esa idrok
etilayotgan narsalarning mohiyati, tarkibi, hamma xossalari haqida
yetarli, keng ma’lumot olishga kamlik qiladi. Natijada, ko‘rlarda
sensor tajriba kam boiib, predmet va hodisalarni ongli va butun
ligicha idrok etish buziladi.
Ko‘zi ojizlarda ko‘ruv idroki ko‘rish a’zolari
nuqsonining dara-
jasiga va narsalarning katta-kichikligi, uzoq-yaqinligi, xonaning
yorug‘ligiga bog'liq, sog'lom inson atrofidagi narsalarni ikkala
ko‘zi bilan ko‘rganda (binokulyar ko'ruv) obrazlar — idroki to‘liq
bo‘ladi, ammo ko‘zi ojizlarda ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi past yoki
224
bir ko‘zi umuman ko‘rmas]igi mumkin. Bunday holatda narsa va
obyektlarning fazoda tom onlarini aniq ko'rish buziladi.
Ko‘zi
ojizlar narsalarni, rasmlarni tanishga qiynaladilar. Ko‘zi
ojizlar rasmlarni, ayniqsa murakkab rasmlarni butunligicha idrok
eta olmaganlari uchun, rasmdagi narsalar, personajlar o‘rtasidagi
bog‘liqlik buziladi. Rasmning muhim qismini ko‘ra olmaganligi-
dan tasvirning asosiy (asl) mazmuni haqida xato fikr paydo bo‘lishi
mumkin. Rasmni butunligicha (fazodagi narsa va obyektlarni ham)
idrok etish uchun uni uzoqdan, yaqindan, keyin har tomondan turib
tomosha qilinadi. Shunday tomosha qilinganda narsa va obyektlar
(rasmlar) haqida, ularning muhim qismlari
yetarli darajada aniq
idrok qilinadi. Ko'zi ojizlarda ko‘ruv o'tkirligining pastligi, ko\ruv
doirasining torligi uchun ham bu jarayon qiyin kechadi. Natijada
ularda harf va bo‘g‘inlarni, sonlarni, geometrik figuralarni idrok
etish tezligi keskin kamayadi.
Ayniqsa, ko‘r va ko‘zi ojizlar uchun fazoda harakat qilayotgan
narsalarni (qush, samolyot va boshqalar) idrok etish ancha qiyin.
Bu kamchiliklar ularning o‘qish, yozish malakalarini egallash lari ni
qiyinlashtiradi.
Ular ko‘pincha daftardagi chiziqni yaxshi ko‘rmaganliklari
uchun
qiyshiq yozadilar, harflarning elementlari tushib qoladi, ba-
land-past yoziladi va hokazo nuqsonlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Narsalarning shaklini va hajmini idrok etish. Narsalarning asosiy
belgisi — sensor mazmuni uning shaklidir. Shakl — narsa, uning m o
hiyati va mazmuni haqida ko‘p ma’lumot beradi (Yer sharining ki-
chik shakli — globusni eslang). Narsalarning katta-kichikligi, hajmini
bir vaqtning o‘zida ko‘ra olish idrokning sifatiga ta’sir etadi. Ko‘zi
ojiz bolalar va kattalar narsa va obyektlarni tekshirayotgan vaqtda
uni hamma tomondan ko‘ra olmasliklari, ko‘z
soqqasini predmetni
tartib bilan — tizimli ko‘rib chiqishga xalaqit berishi, shuningdek,
ko'zning tez charchab qolishi natijasida olingan axborot kam, noaniq
bo‘lishi mumkin. Narsalarning shakli, hajmi, proporsiyasi haqidagi
ma’lumotlar ham ko‘zi ojiz bolalarda aniq bo‘lmasdan qoladi.
Rang va tuslarni idrok etish. Insonning diqqatini o‘ziga jalb qi-
luvchi narsa bu rangdir. Rang yordamida narsalar haqidagi bilimla-
rimiz boyiydi, mazmun kasb etadi.
225
Ayniqsa, rang insonda his-tuyg‘uni uyg‘otadi. Ko‘zi ojiz bola
larda rangni idrok etish qiyinlashgan bo'ladi. Ayniqsa,
ular qizil,
ko‘k, yashil ranglarni qiyinchilik bilan idrok etadilar. Tuslarni idrok
etish katta qiyinchilik tug‘diradi.
Ko‘zi ojizlar aniq yaqqol chiziqlar bilan chizilmagan ko'rgazmali
qurol, rasmlarni farqlashga qiynaladilar. Shuning uchun ham ko‘zi
ojizlar uchun chiqariladigan ko‘rgazmali qurollar, chizma va rasm-
lar murakkab ranglarda boim asdan, balki qora-qalin chiziqlar bi
lan chizilgan aniq va yaqqol bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: