Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Ko‘rlik va zaif ko‘rishning kompensatsiyasi



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Ko‘rlik va zaif ko‘rishning kompensatsiyasi
Ko‘zi ojiz bolalarning asosiy ko‘z kasalligi, ko'zning qo‘shimcha 
kasalliklarini tuzatish, qoplashga (korreksiya, kompensatsiya) qara- 
tilgan davolovchi xususiyatga ega bo‘lgan maxsus mashg‘ulotlar 
tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarni defektolog, tiflopedagog muta- 
xassislar olib boradilar. Maxsus maktab-internat o'quvchilari davlat 
ta ’minotidadirlar.
Ko‘zi ojiz bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari o‘ziga xos 
tomonlari bilan ajralib turadi.
Ko‘zi ojizlik nasldan naslga o‘tish yo‘li bilan bolaning ona 
qornida, ya’ni embrion davrida onaning turli og'ir, yuqumli kasal- 
liklar (gripp, angina va b.) bilan kasallanishi oqibatida, bola hayoti 
davrida orttirilgan, ya’ni qizamiq, meningit, suvchechak va boshqa 
o‘tkir yuqumli kasalliklarga chalinishi oqibatida, turli tan jaro- 
hatlari sababli yuzaga keladi. Bu davrda o‘z-o‘zidan bolaning asab 
faoliyatidagi o‘zgarishlar bolishiga olib keladi. Ko‘rish ne’matidan 
mahrum bo‘lgan bola injiq, qaysar, qo'pol bo‘lishi mumkin. Ba’zi 
bolalarda ko‘rmaslik oqibatida boshni to‘xtovsiz chayqash, ko‘zni 
qo‘l bilan ushlab turish, gavdani beixtiyor tebratish, yuz muskul-
212


larini o‘ynatish, labni cho‘chchaytirish, turgan joyida sakrash va 
boshqa yoqimsiz odatlar yuzaga keladi. Albatta, bu odatlar barcha 
ko‘zi ojiz bolalarga xos deyish noto‘g‘ri, lekin to iiq ko‘zi ojiz bola- 
larda bu odatlar tez-tez yuzaga keladi, ko‘p holatlarda uchrab tura- 
di. Ko'zi ojizlik bolaning gavda muskullariga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Gavdani bir tomonga olib yurishga harakat qilish, bukchayib yu- 
rish, yuzni bir tomonga o‘girib yurish, boshni osiltirib yoki orqa 
tomonga tashlab yurish, umurtqa pog‘onasining qiyshayishi va 
boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi. Toiiq ko‘zi ojiz bolalarda q o i silki- 
tish, ko‘z olmasini qo‘l bilan ushlab turib gapirish, quloqni ding 
qilib turish kabi odatlar tez-tez uchrab turadi. Kattaroq yoshdagi 
bolalar o‘z harakatlarining ortiqchaligini tushunsalarda, bu ularga 
xalaqit bermasligini ta ’kidlaydilar. Chunki, bu odatlarning yuzaga 
kelishi ko‘zi ojiz bolaning asab faoliyati bilan bogiiqdir. Ko‘zi ojiz 
bolalarda eshitish sezgisi yaxshi rivojlangan boiadi. Bu analizator- 
lar bir-birlarining faoliyatlarini to‘ldirib turishi bilan izohlanadi. 
Ko‘rish analizatori o‘z faoliyatini to‘xtatganida hid bilish, eshi­
tish, teri sezgilari faoliyati kengroq rivojlanadi. Kam harakatlilik, 
hadiksirab harakatlanish, o‘ta ehtiyotkorlik bilan qadam bosish 
kabi holatlar kuzatiladi. Tug‘ma ko‘zi ojiz bolaga nisbatan, ort- 
tirilgan ko‘zi ojizlikka uchragan bolalarda bu odatlar, holatlar kam 
uchraydi. Bolaning tashqi muhitga moslashishida o‘zi yashayotgan 
muhitga shart-sharoitlarning ham ahamiyati beqiyosdir. Ba’zi bir 
ota-onalar bola uchun hamma ishlarni o‘zlari bajarishga harakat 
qiladilar. Ularni haddan ziyod ehtiyot qilishga urinadilar. Ko'zi ojiz 
bolaning mustaqil bo‘lishiga, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi uchun 
qilgan harakatlari, intilishlarini so‘ndiradilar. Ota-ona bu harakat- 
lari bilan «bolaga yaxshilik qilyapman» deb o‘ylaydilar. Aslida esa, 
bu g‘amxo‘rlik ko‘zi ojiz bolaning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. 
Bunday bolalar maxsus maktab-internatga kelganlarida bolalar ja- 
moasiga o‘ta qiyinchilik bilan moslashadilar. 0 ‘z-o‘ziga xizmat 
ko‘rsatish ko^nikma-malakalarining shakllanish jarayoni juda sust- 
lik bilan amalga oshadi.
Kichik yoshdan boshlab mehnat kolnikm a-m alakalarini egal- 
lagan ko‘zi to‘liq ojiz bola esa bolalar jamoasiga osonroq mosla- 
shadi. 0 ‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda o‘z imkoniyatlarini namoyon
213


qilishga harakat qila boshlaydi. Bolada o‘z kuchi, imkoniyatlariga 
ishonch paydo bo‘ladi. «Men bu ishni bajara olaman, bajarishim 
kerak» — degan tushuncha hosil bo'ladi. Ko'zi to‘liq ojiz bolada 
begona odamlarga nisbatan shubha hissi kuchli bo'ladi. Bu shub- 
halanish 9—11 yoshlardan boshlanib 12—14 yoshlarda kuchaya- 
di, 15—17 yoshgacha, ba’zan esa bundan ham ko‘proq yoshgacha 
davom etishi mumkin. Bu davrda bola o‘ta hadiksirovchan, saiga 
xafa bo4ib qoladigan, ko‘proq yolg'izlikka moyil, tortinchoq bo iib
qoladi. Bolalarga xos bo'lgan o‘tish yoshida ular o‘z jismoniy kam- 
chiliklarini yanada chuqurroq his qiladilar, Ayrim ko‘zi ojiz bo- 
lalarda esa bu holatning aksi sodir bo‘ladi. lining axloqida salbiy 
o'zgarishlar yuz beradi. Sababsiz shovqin solish, keraksiz talablar 
qo‘yish, yig‘lashga moyillik, qo‘pollik holatlarini kuzatish mum- 
kin. Bularning hammasi ko'zi ojiz bolaning asab tizimi bilan 
bogiiqdir. Bolaning individual (yakka) xususiyatlarida o‘z aksini 
topadi. Tug‘ma ko'zi ojiz bolalarda ko‘rish nuqsonining qay dara- 
jada chuqurligi yoki ko‘z nurining saqlanganligi ham bola asab 
tizimiga o‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. Ko'zi ojiz bolalarda bosh og‘rig‘i 
xuruji tez-tez yuz beradi, biror-bir faoliyatda tez charchab qolish, 
uyquning buzilishi holatlarini ham kuzatish mumkin. Sog'lom bo ­
lalar tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi bilimlarni eshi- 
tishga nisbatan 30 marta ko‘p ko‘rish analizatori orqali qabul qila­
dilar. To'liq ko‘zi ojiz bolalar esa bunday imkoniyatga ega emas. 
Ularda eshitish qobiliyati, taktil sezgilar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 
XIX asrda yashab o‘tgan ko‘zi ojiz yozuvchi Moris de Sizeran- 
ning ushbu ta ’rifi so'zlarimizga isbot bo‘la oladi, deb o‘ylaymiz. 
«Eshitish ko‘zi ojiz odam uchun hayot demakdir. Eshitish orqali 
ko‘zi ojiz odam ongida daraxt jonlanadi, tabiatning buyuk ovozi 
eshitiladi».
M a’lumki, inson nutqi uning hissiy va aqliy kechinmalari bilan 
uzviy bogiiq. Har bir odam ovozi o‘zining takrorlanmas ohangi, 
nutqining tuzilishi, til boyligi, ma’lumoti, saviyasi bilan ajralib 
turadi. Ko‘zi ojiz bola odamlar nutqidagi nozik ohang, kayfiyatni, 
xarakter, tafakkur qilish xususiyatlarini tez ilg‘ab oladi. Shu sababli 
ham ko‘zi ojiz odamlar orasida musiqaga bo‘lgan qiziqish kuchli. 
Ko‘pIab buyuk musiqashunoslar shular orasidan yetishib chiqqan.
214


Ko‘z nurining pasayishi, zaifligi, bola diqqatining tarqoqligi, mah- 
suldorligi sifatiga ham o'z salbiy ta’sirini ko'rsatadi. Ko'zi ojiz bo- 
lada atrof-muhitdagi voqea-hodisalar, buyumlar haqida tushimcha, 
tasavvurlar hosil bo‘lishida jonli muloqotning ahamiyati nihoyatda 
katta. Maxsus maktabdagi ta ’lim-tarbiya jarayonida va atrofdagi 
katta kishilarning yordami bilan, turmush tajribasining ortishi tu- 
fayli ko'zi ojiz bolalarda fazo, vaqt, harakatni idrok qilish imkoniya- 
ti kengayadi. O'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishga harakat 
qiladilar. Darslarda olgan nazariy bilim, ko‘nikm a va malakalarini 
amaliy faoliyatda sinab ko‘rish orqali ham ko'zi ojiz bolalarning 
idrok qilish faoliyati rivojlana boshlaydi, fikrlash qobiliyati o‘sa bo- 
radi. Ko'zi ojiz bolaning aqliy rivojlanishida turli mavzulardagi suh- 
batlar, savol-javoblar, fikr almashuvlar muhim rol o'ynaydi. Ko'zi 
ojiz bolaning dunyoni tushunishi, ko'rishida kitoblarning ahamiyati 
beqiyosdir. Kitoblar ko'zi ojiz bolani atrof-muhitdagi voqea-hodisa­
lar, odamlar, fan-texnika taraqqiyoti, madaniyati, san’at yangi- 
liklari, ijtimoiy, siyosiy bilimlarini kengaytiradi, ma’naviy dunyosini 
boyitadi. Tafakkur qilish uchun turli boy manbalarning mavjudligi, 
o'quv-tarbiyaviy ishlarning muntazam ravishda reja asosida olib 
borilishi ko'zi ojiz bola aqliy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Bola hayoti davomida orttirilgan ko'zi ojizlik oqibatida bola 
og'ir ruhiy kechinmalarni boshidan kechiradi. O'z vaqtida berilgan 
yordam, korreksion ishlarni erta boshlash ko'zi ojiz bolaning ke- 
yingi hayotida samarali iz qoldiradi. Ma’lumki, inson organizmida 
bir analizatorning faoliyati to'xtaganida, ikkinchi bir analizator 
kompensatorlik vazifasini bajaradi. Bolalikdan tug'ma ko'zi ojiz bo­
lalar shunday hayot tarziga ko'nikib qoladilarki, agar biror kishi 
uning bu nuqsonini ta ’kidlagan taqdirdagina buni esga oladilar 
hamda ko'zi ojizligini biladilar. Aks holda bola o'zining nuqsoniga 
e’tibor bermaydi, uni eslamaydi ham.
Chunki, ko'zi to iiq ojiz bola ko'rmaslikni o'zi uchun oddiy hoi 
deb tushunadi. O'z oldiga qo'yilgan vazifani amalga oshirish uchun 
duch kelgan qiyinchiliklarni yengib o'tishga harakat qiladi. Mehnat 
ko'nikma-malakalarini yaxshi egallab olishi ko'zi to iiq ojiz bola 
hayotini ancha yengillashtiradi.
215


Ko‘zi to‘liq ojiz bolalarni atrof-muhitda harakatlanish qoi- 
dalariga o‘rgatib borilmasa, ular bir joyda uzoq o‘tirib qolishga 
o'rganadilar. Natijada jismoniy jihatdan kuchsiz, tez charchab qo- 
ladigan, o‘z harakat imkoniyatlarini cheklaydigan bo‘lib qoladilar. 
Maxsus maktablarda ko‘zi to‘liq ojiz bolalar uchun atrof-muhitda 
harakatlanishga o‘rganib borish mashg'ulotlari olib boriladi. Bu o‘z 
navbatida ko‘zi tolliq ojiz bola hayotini ancha yengillashtiradi, o‘z- 
o‘ziga xizmat qilish imkoniyatini kengaytiradi va bolani hayotga 
moslashtiradi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin