Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rish nuqsoni boigan shaxslarning asab tizimiga umumiy
ma’lumot bering.
2. Kompensator imkoniyatlar nima?
3. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ruhiy rivojlanishining
o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat.
Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. Ko‘rish nuqsonini korreksiyalash
- turli asbob-uskunalar yor-
damida qoldiq ko‘rish imkoniyatlarini ko‘paytirish, kuchaytirish.
2.
Adaptatsiya
— tashqi sharoitlarga moslashish bo‘lib, buning
o'zi analizatorlarning o‘zgarishlarni sezish bilan bog‘liq fiziologik
adaptatsiya va yangi guruhlardagi yangi faoliyat turiga moslashish-
dagi psixologik adaptatsiyalarga ajratiladi.
3.
Kompensatsiya
— zararlangan, ishdan chiqqan bir a’zo funksi-
yasini boshqa a’zoning qisman boshqarishi, to‘ldirishi tushuniladi.
216
X III bob. KO‘R VA ZAIF KO‘RUVCHI BOLALARNING
BILISH FAOLIYATI
13.1. Ko‘r va zaif ko‘ruvchiIarning sezgisi
Наг qanday bilish dastlab oddiy sezgilardan boshlanar ekan.
Oddiy tilda gapiradigan bo‘lsak, sezgilar bizni borliq bilan bogiab
turuvchi vosita, ko'prikdir. Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bi
lish, teri sezgilar va boshqalar bizning sezgi bilimlarimizga asos
b o ia oladi. Sezgi bilimlarimizning tarkibi, tuzilishi insonning
sensor tizim ini tashkil etadi. Insonning sensor tuzilishi uning
tarixiy-ijtimoiy taraqqiyoti davomida shakllanib, uning hayot va
faoliyat mazm unini belgilaydi. Shu bois, ko‘rish tizimi boshqa
analizatorlardan ustun turadi. Inson mehnat faoliyati jarayonining
asosida ko‘rish-taktil-kinestetik bogianishlar va optik-vestibulyar
yo‘nalganlik yotadi. Ko‘rish analizatorining to la yoki qisman bu-
zilishi zaifko‘rishga, ko‘rlikka olib keladi. Buning natijasida analiza-
torlar orasidagi bog'liqlik buziladi. Mutanosiblik yo'qoladi. Buning
oqibatida insonning sensor tuzilishida, birinchi navbatda mantiqiy
bilish va tajribada me’yordan chetga chiqish kuzatiladi. Agar inson
ruhiyati dinamiklikka va egiluvchanlikka ega bo‘lmaganda edi, bu-
larning barchasi qaytarilmas, takrorlanmas oqibatlarga olib kelishi
mumkin edi.
1880-yillardan boshlab tiflopsixologik tadqiqotlarda sezish chega-
ralarini o'rganish boshlangan edi. Qisman yoki zaif ko'ruvchilardagi
sezgi chegaralari o‘ziga xosligi bilan, nuqson chuqurligi bilan, uzviy
bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Qator tadqiqotlarda absolyut sezish
chegarasiga old turli qarashlar, m a’lumotlar bor. Normal bolalarda-
gi sezish chegaralari bilan yaqinligi haqida ham m a’lumotlar yetar-
li. Kompensator o‘zgarishlar ham o‘ziga xos tarzda amalga oshar
ekan. Turli sezgilarning o‘zaro ta ’siri oqibatida ayrim analizatorlar
faoliyati tezlashadi, ayrimlarining faoliyati susayadi. Ayrim hollarda
sezgilararo aralashuvlar ham yuz berar ekan.
Tiflopsixologiya fan bo‘lib shakllana boshlagandan buyon qaysi
sezgilar yetakchi bo'lishi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Keyingi
yillardagi ilmiy tadqiqotlarning isbot etishicha, ko‘rish nuqsoni oqi-
217
batida asosan taktil va kinestetik analizatorlar faoliyati faollashar
ekan. Total ko'rlarda haqiqatan shunday holat kuzatiladi. Bu haqida
ikkilanish kerak emas. Ammo, qisman ko‘ruvchi (0,005 dan yuqori)
shaxslarda esa bu holat o‘ziga xos mazmun kasb etadi. Lekin zaif
ko‘ruvchi bolalar, kattalarda esa asosiy sezgi sifatida ko'rish qo-
laveradi. Ko‘rish sezgilari ko‘rish analizatori faoliyatining natijasi,
mahsuli sifatida qoladi. Bunda ko‘rish retseptorlari, ko'rish asab
tolalari qo‘zg‘alishlarni bosh miyaga uzatuvchi sifatida, bosh miya
orqa qismida joylashgan ko‘rish analizatori yadrolari ma’lum dara-
jada ko‘rish jarayonining vazifalarini bajaradi. Ko'rish analizator-
lari ayrim qismlarining zararlanishi uning faoliyatini qisman buzsa,
analizator to‘la buzilsa, ko‘rlik yoki zaif ko‘rishga olib kelishi mum
kin. Ko‘rishning chuqur buzilishi natijasida eshitish sezgilarida
ijobiy o'zgarishlar yuz bera boshlaydi. Bu holat ko‘rlik oqibatida
yuz bermaydi. Balki, eshitish analizatorining boshqa bir analizator-
ning zararlanishi oqibatida faollashishi yuz beradi. Ko‘rlarda eshi
tish normal taraqqiy etadi. Bu narsa ko‘rish qobiliyati buzilgan
shaxslarning to‘laqonli bilim olishlari va olgan bilimlarini amalda
qo'llay olish imkonini beradi. Normal ko'ruvchi shaxslarda narsa va
atrof-muhitidagi holatlar ko‘rish orqali idrok etilsa, ko‘rlarda esa,
teri sezgilari asosiy rol o‘ynaydi. Shuning oqibatida ko‘rish nuq
soni bor shaxslarda tana a’zolarining, ayniqsa inson bilish faoli-
yatida, xususan mehnat jarayonida tutgan, egallagan o'rni keskin
oshadi. Buning oqibatida sensibilizatsiya — taktil sezgilarining orti-
shi kuzatiladi. Taktil sezgilar ko‘rlarning barcha a’zo terilarida yuz
bermasdan, balki ayrim qismlaridagina yuz beradi. Ayniqsa, qo‘l,
kaft qismida bu holat sezilarli darajada bo‘ladi. Tadqiqotlarning is-
bot etishicha, ko‘r barmoqlaridagi sezgilar normal shaxslarnikidan
ancha ustun ekan. Bunday o‘sish ko‘r shaxslarning o‘qish tizimi
— Brayl bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda asosiy rolni o‘ng qo‘ldagi
ko'rsatkich barmoq egallaydi. Nafaqat teri sezgilar, tuyg'ulari balki,
bu bolalarda harorat sezish qobiliyati ham, og‘riq tuyish qobiliyati
ham birmuncha ortar ekan. Bu sezgilar faoliyat jarayonida rivojla-
nadi va shakllanib boradi. Haroratni sezish sezgilari ham bu bola
larda ancha o‘sishga moyil ekan. Teri sezgilari majmuasida (kom-
pleksida) yorug‘lik va rang ta ’sirlariga javob berish ham o'ziga xos
218
mazmimga ega ekan. «Teri orqali ko'rish» fenomeni — qobiliyati
azaldan ma’lum. Tadqiqotlar natijasida ma’lum bolishicha, buning
asosida tok, tok magnit tebranishlari yotar ekan. Harakat anali-
zatori inson hayotining dastlabki kunlaridanoq yetakchi o‘ringa
chiqadi. Faoliyat jarayonida harakat analizatori differensirlashib
boradi. Bunda ko‘rish nazorati talab ham etilmaydi. Ko‘rish faoli-
yatining kamayishi, ba’zan yo'qolishi natijasida kishida tebranish
sezgilari orta boradi. Ma’lumki, total ko'rlar ma’lum masofa uzoq-
likda turgan qimirlamas narsalar: daraxt, devor va boshqa narsa-
larni sezadilar. Bu sezgilar predmet mohiyatdan yiroq bo‘Iib, ko‘rlar
u narsa haqida ma’lumot berolmaydilar. Ko‘rish a’zolari me’yordagi
kishilar uchun ta’m bilish va hid bilish unchalik rol o‘ynamaydi,
ammo ko‘rlar uchun bu sezgilar nisbatan katta ahamiyat kasb etadi.
M a’lum bo'lishicha, ko‘rlar normal ko‘ruvchi)ardan ko‘ra bir qan-
cha darajada hidni, uning yo'nalishini yaxshi bilar ekanlar. Total
ko‘rlarda vestibulyar apparatning roli nisbatan ortadi. Tana muvo-
zanati uchun bu apparatning vazifasi katta. Bu apparat vazifasi-
ning o‘zgarishi uning sezgirligining ortishiga olib kelar ekan. Qator
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, total ko‘rlarda vestibulyar apparat
normal ko'ruvchi shaxslarnikidan yaxshi rivojlanar ekan. Ko‘rish
nuqsoni bo‘lgan shaxslardagi turli sezgilarning faollashishi, rivojla-
nishi ularning hayotda oson moslashishlariga yordam beradi.
Jovni topish va mo‘ljalga olishda sezgi a’zolarining ahamiyati.
Ko‘rish sezgisi. Sog‘lom kishilarning atrof-muhitdagi, fazodagi
yo‘nalishni aniqlashlarida, yo‘l topishlarda ko‘ruv a’zosi — ko‘zning
ahamiyati katta. Ko‘zi ojizlar, hatto ko‘ruv o‘tkirligi juda past ko'zi
ojizlar ham katta maydonlarda, yo‘llarda harakatlanganda ozgina
bo‘lsa ham qoldiq-qo‘rquvdan foydalanadilar.
Ko‘zi ojizlar nurni, yorug‘likni sezib, katta narsa va obyektlar-
ning shaklini xira bo‘lsa ham sezgan holda o‘shani mo‘ljal qilib
joyda harakatlanadilar. Qora va oq nur, soyalarning almashinuvi
bilan ular oldinda to ‘siq borligini sezadilar. V.S.Sverlov ko‘zi ojiz
kishining joyda, yo‘lni va yo‘nalishni qanday topib yurishi haqi-
dagi gaplarini keltiradi: «Atrofdagi ham m a narsalar mening uchun
kulrang tuyiladi. Lekin, bu rang ham tuslarga bo‘linadi, ba’zi bir
narsalar qora, boshqalari oqga o‘xshaydi. Men yo‘l, ko‘cha yorug*
219
bo‘lsa, olzimdan bir necha m etr naridagi devorni kulrang to‘siq
sifatida sezaman. Shu devor bo‘ylab har kuni yurganim uchun, u
yerda hamma narsalar menga tanish boigani uchun ham tez yurib
ketaman. Bu yo‘lda har xil qora dogiar ko‘rinadi, bu daraxtlarning
soyasi, qurib qolgan loy va boshqalar bo‘lishi mumkin. Lekin, bu
soyalar menga tanish bo‘lgani uchun ham, ular menga yurishimda
mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. Lekin, bordi-yu yo‘l tanish bo‘lsa-yu
bu yoida soyalar ko‘p bo‘lsa juda ham qiynalaman. Agar yorug‘lik
va soyalar almashib turadigan joy bo'lsa ham menga qiyin».
Teri sezgisi. Ko‘zi sog‘lom kishi uzoqni ko'radi. Qo‘l va oyoq
bilan tevarak-atrofni tekshirish imkoniyati chegaralangan. Ammo,
ko'rlarda teri-muskul — harakat analizatorlari yo‘lni aniqlashda,
fazoviy yo‘nalishlarni tekshirishda asosiy rol o‘ynaydi. Turmush-
da, o‘quv va ishlab chiqarishda qo‘1 sezgisi predmetlarning faqat
shaklini emas, balki ularning bir-birlariga nisbatan joylashuvini,
yo'nalishning xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Qo‘l va
oyoqning imkoniyatlari chegaralangan joyda, ko‘rlar atrofni tek
shirish doirasini kengaytirish uchun hassadan foydalanadilar. Sinf
xonasi, ish joyi, tanish yo‘ldagi narsalarning joylashuvi ko‘rlarning
xotirasida yaxshi saqlanadi.
Eshituv sezgisi. Ko'rlar eshituv sezgisi va idroki yordamida o‘z
atrofidagi olamni, narsa va obyektlarni sezadi, idrok etadi. Ular
ning hajmi, joylashuvi, yo‘nalishi (agar harakat qilayotgan bo'lsa) va
boshqa sifatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Narsalarga urilib qaytayotgan tovush aks-sadosi narsalarning
shakli, kattaligi va boshqalar haqida aniq ma’lumot bermasa ham
ko'rlar uni boshqa predmetlardan kelayotgan tovush bilan farqlab,
shu narsaning uzoq-yaqinligi, katta-kichikligini va boshqa tomon-
larini aniqlaydi. Masalan: ko‘rlar ko‘chada yurganida tovushlarni
tahlil etib, odamlar haqida (har bir kishi o‘ziga xos qadam tash-
laydi), narsalarning bir-birlariga joylashuvi, mashina va boshqa
harakatlanayotgan narsalarning yo‘nalishini, o‘zlariga zarur joy-
ning m oijalini oladilar. Narsa va obyektlarning joylashuvi haqidagi
tasavvur ko‘rlarning har kungi turmushida muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, ko‘rlar katta joylarda harakatlanganda yo‘nalishni aniqlash
va oldindagi narsalar va to‘siqlarni aniqlashda tovushning aks-sa-
220
dosidan samarali foydalanadilar. Buning uchun ular qoilarini bir-
biriga urib qarsak chalish bilan, qo‘lidagi hassasini biror narsaga
urish bilan ulardan qaytgan aks-sadodan atrof-joy haqida ma’lumot
to‘playdilar. Bunday aks-sado o‘sha narsaning mohiyati, mazmuni
haqida ma’lumot beradi.
Hid bilish ko‘rlarda bu sezgining ahamiyati katta. Kolrlarni kuza-
tish shuni ko‘rsatadiki, ko‘rlar kishilarni hidlar yordamida farqlash-
lari mumkin. Ular har xil buyumlarni, ba’zi meva va sabzavotlarni,
oziq-ovqatlarni hid bilish yordamida farqlaydilar. Ayniqsa, buzilgan
ovqatlarni aniqlash yordamida, ko‘rlar hid bilish yordamida amalga
oshiradilar.
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rlarda sezgilarning qanday xususiyatlari bor?
2. Zaif ko‘ruvchi shaxslar sezgi xususiyatlari qanday?
3. Sezgilarni korreksiyalash, rivojlantirish imkoniyatlari haqida
gapirib bering.
13.2. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning idroki
Idrok predmet va hodisalar mohiyatining, sifatining va obrazi-
ning ongimizda butunligicha, to‘laligicha paydo bo'lishidir.
Bola o‘yinchoqlar, har xil predmetlar bilan faoliyat ko‘rsatarkan,
bu predmetlarning mohiyatini, tarkibiy qismlarini, tomonlarini
o‘rganadi.
Asta-sekinlik bilan bolaning sensor rivojlanishi jarayonida
predmetlar va hodisalarning obrazi bolaning ongida butunligicha
shakllanib boradi. Odatda, ko‘ruv, eshituv, sezgi, hid va ta ’m bilish
idroklari farqlanadi. Ammo, predmet va hodisalarning ongimizda
butunligicha va bir tuzilishda idrok etilishi bu analizatorlarning
o'zaro birgalikda faoliyat ko‘rsatishining natijasidir. Shuningdek,
idrok faqat predmetlarning muhim belgilari va xossalarining bu
tunligicha ongimizda aks etishigina bo‘lmasdan, balki predmet va
hodisalarning mohiyati, mazmuni va m a’nosi, nomining ham bu
tunligicha anglanishidir.
A.A. Lyublinskaya ko'rsatib o'tganidek, predmetlar o‘rtasida ma-
kon munosabatlarini idrok etishda nutq, bolalarning makon muno-
221
sabatlarining nutqiy ifodalarini egallashi birinchi darajali ahami-
yat kasb etadi. Makon munosabatlarini to‘g‘ri qayta yaratish bola
harakatga hamroh nutqda predmetlarning makon munosabatlarini
ko‘rsatadigan so‘zlarni qo‘llagandagina mumkin bo‘ladi.
L.A.Venger tomonidan
maktabgacha yoshdagi bolalarda
o‘tkazilgan idrok rivojlanishini o‘rganishga bag'ishlangan tadqiqot-
lar ko‘rsatdiki, pretseptiv harakat bilish usullarini takomillashtirish
jarayonida shakllanadi. Ilk yoshdan maktabgacha yoshga o‘tishda,
ya’ni 3 yoshdan 7 yoshgacha produktiv va konstruktiv faoliyat
ta ’sirida bolada pretseptiv analitik-sintetik faoliyatning murakkab
turlari, jumladan, bu operatsiyalarni amaliy planda bajarishdan
oldin, ko‘rib turgan obyektni xayolan qismlarga ajratish va keyin
ularni yaxlit birlikka birlashtirishga oid murakkab qobiliyat yuzaga
keladi. Pretseptiv obrazlar predmetlar shakliga nisbatan yangicha
mazmun kasb etadi. Predmetlar konturidan (chizgilaridan) tashqari
ularning strukturasi, makon xususiyatlari va ularning qismlari nis-
batlari ajratiladi.
L.A. Vengerning fikricha, idrok bilan bog‘liq qobiliyatlar asosini
pretseptiv harakatlar tashkil qiladi. Ularning sifati bolaning pret
septiv etalonlar maxsus tizimini o‘zlashtirishiga bog‘liq. Idrokda bu
kabi etalonlar, masalan, shaklni idrok etishda geometrik shakllar,
rangni idrok etishda — spektral gamma, o‘lchamni idrok etishda
— ularni baholash uchun qabul qilingan fizik kattaliklar sanaladi.
Pretseptiv harakatlarni takomillashtirish va bunday harakatlarning
yangi tiplarini o‘zlashtirish yosh kattalashishi bilan idrokda progres-
siv o‘zgarishlarni, ya’ni ular bo‘laklash aniqligi ortishi va boshqa
muhim sifatlarni egallashni ta’minlaydi.
L.I.Rudakova ko‘rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda ko‘rish idroki
rivojlanishi darajasini xarakterlab, bolalarda tahlil idrokining rivoj-
langanlik darajasi sensor etalonlar tizimini egallaganlik darajasi bi
lan belgilanishini ta’kidlaydi.
Ko‘rish idroki. Ko'rish analizatorlari yordamida kishi predmet
larning rangini, shaklini, hajmini, katta-kichikligini, harakat va
harakat yo'nalishini aniqlaydi.
Ko‘rish idroki funksiyalarining buzilishi atrof-voqelikni bilishda
katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, bu predmetlar olami haqi-
222
dagi hissiy ma’lumot va uning nutqiy talqini o‘rtasidagi uzilishda
namoyon bo‘ladi.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchilarda ko‘rish analizatorlari faoliyati-
ning buzilishi analizatorlar ichida yoki analizatorlar orasida yangi
boglanishlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ko'ruvchi shaxs-
larga nisbatan bularda u yoki bu analizatorlar tizimi faollashadi,
rivojlanadi. Ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi shaxslardagi ko‘rish analizator-
laridagi bu nuqson oqibatida normal ko'ruvchi shaxslardagidan farq-
li ravishda, o‘ziga xos analizatorlararo munosabatlar yuzaga keladi.
Bu holat o‘ziga xos bo‘lgan, faqatgina shu toifa nuqsonlargagina
tegishli bo‘lgan xususiyatlardir. Ko'rishning zararlanish oqibatlari
birinchi galda sezilarli ta’sir etadi.
Mashhur psixolog B.G. Ananyev g‘oyalariga tayanadigan bo‘lsak,
sensor taraqqiyot normada ham nuqsonda, ham bir yo'nalishda ketib
ularning qonuniyatlariga bo‘ysunar ekan. Fiziolog A.A. Uxtomskiy
ta ’biricha, «eshitish — inson sezgi a’zolaridan eng asosiysidirki, in
sonning inson darajasiga yetishida katta rol
0
‘ynaydi1». Demak,
ko‘rishdan keyin inson hayotida, bilim egallashida, inson bo‘lib
yetishishida eshitish analizatorlari turar ekan. Ma’lumki, ko‘rlar
qatoriga, toifasiga ko‘rish o‘tkirligi 0 dan 0,04 gacha bo‘lganlar kir-
sa, zaif ko‘ruvchilarga 0,05 dan 0,2 gacha bo‘lgan shaxslar kiradi.
Ko‘rlar uchun eshitishning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanli-
gini ta ’kidlab, A. Krogius shunday yozadi: «Ko‘rlik haqida gapirgan-
da aslida tuyish sezgilari orqali olingan bilimlar haqida fikrlaymiz.
Ammo, ko‘rlarni uzoq muddat kuzatishlar asosida shunga amin
bo‘ldimki, bizlarga kolrish qancha ahamiyatga ega bo‘lsa, eshi
tish ko\rlar uchun shunchalik ahamiyat kasb etar ekan». Bu fikr-
lar R. Dyufoga tegishli fikrlardir. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchi shaxslar
uchun eshitish dunyoni bog‘liqli bilishda, fazoviy va ijtimoiy mos-
lashuvlarida katta rol
0
‘ynaydi. Hid bilish jarayonlari ham ko‘rlarda
o‘ziga xos tarzda rivojlanar ekan. O.I.Skoroxodova bemalol non,
oziq-ovqat, sanoat va boshqa tu r magazinlarni hech bir qiyinchilik-
siz farqlay olgan.
Dostları ilə paylaş: |