Harakatni idrok etish. Narsalarning fazodagi holatini idrok etish
ko‘zi ojiz bolalar va kattalarda ko‘ruv doirasining torligidan, ko‘ruv
o‘tkirligining pastligi, ko‘z soqqasining harakatchanligining pastligi
(kamligi)dan sust kechadi.
Eshituv idroki. Bola o ‘sib borishi bilan eshituv idroki murak-
kablashib, tovushning uzoq-yaqinligini, tanish-notanishligini,
yo‘nalishini va boshqa xususiyatlarini farqlashga o‘rganib boradi.
Tovushlarni aniq va nafis idrok etish asosan maktabgacha va ki-
chik maktab yoshida shakllanadi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar
eshituv yordamida tashqi muhitni idrok etadilar. Ular eshituv bilan
faqat tovushlarni, fazoni idrok etib qolmasdan, joyning tuzilishini,
narsalarning katta-kichikligini, hatto go‘zalligini ham idrok etadi
lar.
Masalan: barglarning shitirlashi, qushlarning sayrashi va boshqa
narsalar tabiat va uning tuzilishi haqida, go‘zalligi haqida bu toifa
bolalarga ko‘plab axborot beradi.
Teri yoki paypaslab idrok etish. Teri yordamida inson og‘irlikni,
bosimni, yuzaning xossalarini, zichlikni, issiq-sovuqni, ogirlikni
va boshqalarni sezadi va idrok etadi. Inson ko'ruv yordamida nar
sa va obyektlarning В xil belgilarini farqlasa, teri yordamida pay
paslab 11 xil toifadagi belgilarni farqlay oladi. Mehnat jarayonida
chap va o‘ng qoilarning ish bajarishdagi vazifasida taqsimlanish
yuz beradi. 0 ‘ng qo‘l asosan mehnatda, mehnat qurollaridan foy-
dalanishda yetakchi rol o‘ynaydi, chap qo‘l yordamchi vazifani va
nazorat vazifasini bajaradi. Shuningdek, barmoqlar ham ma’lum
ish bajarishga ixtisoslashgan. Masalan, o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich
barmog‘i bu toifa o‘quvchilarda relyefli nuqtalarni topish va farq-
226
lashga moslashgan bo‘lsa, chap qo‘lning ko‘rsatkich barm ogi shu
olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi.
Paypaslab idrok etish uch xil yo‘l bilan amalga oshadi.