Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz xoti­
raning o‘ziga xosligini ochib bering.
2. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda qisqa muddatli va operativ 
xotira qanday ahamiyatga ega?
3. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda xotirani korreksiyalash 
yo‘llari va imkoniyatlari haqida so‘zlab bering.
13.4. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning tafakkuri
Qator mualliflar (T.P. Golovina (1975), L.P. Grigoreva (1985), 
M.I.Zemsova (1956, 1973), V.G. Ermakov (1989), A.L.Zam ulin 
(1990), G.M.Milayeva (1974), L.I.Plaksina (1982), L.V.Rudakova 
(1982), L.I.Solnseva (1967) va b.) ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar 
normal ko‘radiganlar kabi fikrlash operatsiyalarini amalga oshi- 
radi. Shu bilan birga, ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarda tahlil 
qilish idroki sekin, fragmentar, ko‘p bosqichli tarzda kechadi. Bu 
zaif ko'ruvchilarning obrazli tafakkuri rivojlanishini qiyinlashtiradi. 
Predmet va hodisalarni xayolan bolaklashda, keyinroq ularni sin-
231


tezlashda turli belgilar obrazlarining yaxlitlik va bir paytlilik kabi 
sifatlari zarar ko‘radi
Normal ko‘radiganlar muhitida yashayotgan va ishlayotgan 
ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi hayotida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, 
u butun vaziyatni yaxlit idrok etolmaydi va vaziyatni o‘z idroki 
uchun qulay bo‘lgan alohida elementlar asosida tahlil qilishiga to‘g‘ri 
keladi. Bunday hollarda vaziyatni qayta yaratish va baholash uning 
alohida belgilari tahlili va sintezi, ularni anglab yetish va mavjud 
bilim hamda tasavvurlar tizimiga, hayot va ta ’lim jarayonida yara- 
tilgan umumiy konsepsiyaga kiritish asosiga quriladi. Bu ko‘rishda 
nuqsoni bo'lgan shaxslar hayoti va faoliyatida tafakkurning katta 
ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
Tiflopsixologiyada tafakkur ko'rish nuqsonini psixologik kompen- 
satsiyalash va atrof-olamni bilish usullarini shakllantirish jarayoni- 
ning eng muhim omillaridan biri sanalishi haqida fikr anchadan beri 
mavjud. Biroq tafakkur jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan aniq 
eksperimental tadqiqotlar ko‘p emas. A.G. Litvak1 va A.F. Samoylov2 
ko‘rishda nuqsoni bolgan shaxslar tafakkuri rivojlanishining uchta 
konsepsiyasini ta’kidlaydi: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar tafakkuri- 
ning tezlashgan rivojlanish nazariyasi; ko‘rish nuqsonining tafakkur 
rivojlanishiga salbiy ta’siri nazariyasi va tafakkur rivojlanish daraja- 
sining ko‘rish nuqsonlariga bog‘liq emasligi konsepsiyasi.
Har uchala konsepsiya konkret faktlarga tayanadiki, ular o‘z 
g‘oyalarini ta’kidlash uchun huquq beradi. Biroq ularning hech biri 
yo xayoliy obrazlar, yo tafakkurning shakllanish jarayonidagi o‘ziga 
xoslikning mavjudligini inkor etmaydi.
Birinchi konsepsiya ko‘zi ojizlarning nutqiy-mantiqiy tafakkuri 
nisbatan yuqori rivojlanganligi fakti haqidagi kuzatishlar, talqinlar 
va fikrlarga asoslanadi (S.F. Struve, 1810; A.M. Shcherbina, 1929; 
A.R.Krogius, 1926; K.Bryuklen, 1934; B.l. Kovalenko, 1962). 1k- 
kinchi konsepsiya ko‘zi ojizlar va ayniqsa zaif ko'ruvchilar bilan 
olib borilgan hissiy bilishdagi kamchiliklar tafakkurda va no- 
aniq umumlashmalar hamda ularning formal tushunchalari ho-

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin