Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Литвак А.Г. Тифлопсихология. — М.: Просвещение, 1985. -с .188—191



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

1 Литвак А.Г. Тифлопсихология. — М.: Просвещение, 1985. -с .188—191.
2 Самойлов А.Ф. Проблема мышления в тифлопсихологии //Психологические
особенности слепых и слабовидящих школьников. — J1.: ЛГПИ, 1981. -с .39—69.
232


sil bo'lishida aks etishini aniqlab bergan tadqiqotlarga tayanadi 
(M.l.Zemsova, F.N.Shemyakin). Uchinchi konsepsiya ko'zi ojiz 
va zaif ko'ruvchilarning fikrlash faoliyati rivojlanish darajasini uni 
shakllantirish jarayonini boshqarish va dasturlashtirish sifati bilan 
bog'laydi (A.I. Zotov va uning izdoshlari).
Ko'rishda nuqsoni bo'lganlarda tafakkurni eksperimental tad- 
qiq qilish asosan genetik jihatdan maktabgacha va maktab yoshi- 
dagi bolalarda normal ko'radiganlar uchun ishlab chiqilgan meto- 
dikalardan foydalanib olib borilgan. Natijalar ko'radigan bolalarda 
olingan natijalar bilan solishtirganda ko'p jihatdan metodikalarni 
ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar foydalanishi uchun o'zgartirishlar 
kiritish va tajribalarni o'tkazish sharoitlariga bog'liq bo'lib chiqqan. 
Maktabgacha va maktab yoshidagi ko'zi ojiz bolalar tafakkur dara­
jasini o'rganishga oid tadqiqotlar J.Piaje metodikalari bo'yicha olib 
borilgan.
J.Piaje olib borgan normal ko'radigan bolalarning intellektual 
rivojlanishini o'rganishga oid tadqiqotlar unga rivojlanish bos- 
qichlarini ajratish va hal qilinishi maktabgacha yoshdagi bolalar­
ning tafakkuri xarakterli xususiyatlarini ochib beradigan va bola­
larning o'z ilmiy tafakkuriga o'tishini belgilash imkonini beradigan 
qator vazifalarni ishlab chiqish imkonini berdi. «Piaje topshiriqlari» 
va «Piaje fenomeni» — P.Y. Galperin va D.B.Elkonin bolalar obyekt 
xossalaridan biri o'zgarganda modda miqdori saqlanishi qonunini 
tushunadigan fikrlash vazifalarini taqdim etishdan iborat metodika­
larni shunday nomlagan. J. Piaje tadqiqotlari natijalariga ko'ra, 7—8 
yoshli bolalar miqdorning saqlanishi qonunini tushunishga qodir, 
bu ularda ilmiy tafakkurning yuzaga kelganidan dalolat beradi.
Angliya, Fransiya, AQSH, Avstraliyada J.Piaje vazifalari- 
dan foydalanib, ko'zi ojiz bolalar tafakkurini o'rganish bo'yicha 
tadqiqotlar olib borilgan (M. Canning, 1957; J. Hatwell, 1966; 
S.K. Milleg, 1969; B.Tepens, 1972; M.Tobin, 1972; R.Crome, 
1973; M .G ottesm an, 1976 va b.), tadqiqotchilar quyidagi nati- 
jalarga erishgan, ularga ko'ra ko'zi ojiz bolalar saqlanish qonuni­
ni tushunishda ko'radigan bolalardan 4—8 yilga orqada qoladi 
(B.Stepens, 1972 va b.), qachonki, M.Tobin (1972), M .G ottesm an 
va b. ta ’kidlashicha, ko'zi ojizlarda to'g'ri va noto'g'ri yechim am-
233


plitudasi ko'radigan bolalarnikidan qancha katta bo‘lsa-da, ko‘zi 
ojizlarning eng yaxshilarini ko‘radiganlarning eng yaxshilari bilan 
tenglash mumkin.
M.Gottesman tadqiqotlari unga ko‘zi ojiz bolalar tafakkur rivoj- 
lanishida albatta anomal emas va intellektning rivojlanishida hech 
bir kechikishga ega emas degan xulosaga kelish uchun asos berdi- 
ki, u idrok etiladigan axborotni integratsiyalay olmaslikdan dalolat 
berishi kerak edi. Tadqiqotchi ko‘rsatib berdiki, ko‘zi ojiz bolalar 
tafakkur rivojlanishida aynan o‘sha bosqichlarni taxminan o‘sha 
yosh davrida o'tadi va Piaje vazifalarini ko‘rish idrokiga tayanmas- 
dan yecha oladi.
Ko‘rish qobiliyati buzilganda o‘xshashlik va tafovutning ko‘plab 
belgilari ilg'ab olinmaydi. Qiyoslash tafakkur operatsiyalari ko‘rish 
patologiyasi bo‘lgan bolalar tomonidan belgilarning cheklangan 
miqdori bo‘yicha bajariladi, bu umumlashtirishni qiyinlashtiradi. 
Zaif ko‘ruvchi bolalarda eng ko‘p qiyinchilik predmetlar o‘rtasidagi 
makon aloqalari va munosabatlarini baholashda yuzaga keladi
Ko‘ruv nuqsonida tashqi olamni sezish, his etish nuqsonning 
darajasiga qarab ozmi-ko‘pmi buziladi. Bu o‘z navbatida tashqi 
olamni aniq, chuqur va farqlangan holda sezish va idrok etishni 
susaytiradi. Bu ham o‘z navbatida bilishjarayoniga, aqliy rivojlanish- 
ga salbiy ta’sir etadi. Ko‘ruv nuqsoni natijasida idrok etish jarayo- 
ni qiyinlashadi. Ayniqsa, obrazlarning yaxlit holda shakllanishidagi 
kamchiliklar, narsalar va hodisalarni farqlashdagi kamchiliklar, 
ularning muhim qismlarini ajratishdagi yetishmovchiliklar tafak­
kurning eng muhim jarayoni bo‘lgan umumlashtirishni qiyinlashti­
radi. Aynan shuning uchun ham, ko‘rlar idrokining sxematikligini
— chizgi shakldaligini, fragmentarligini va hissiy sezishning boshqa 
kamchiliklarini yengib o‘tish uchun ko‘p mehnat qilishga to‘gbri 
keladi. Ko‘rlarda ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlarni kompensatsiya 
qilishda, o‘rnini qoplashda, sensor sezish sohasidagi kamchiliklarni 
bartaraf etishda tafakkurning xizmati shundaki, har xil turdagi xu- 
losa, hukmlar chiqarish bilan mavhum fikrlashni amalga oshiradi. 
Ko‘r bola idrok eta olmagan yoki idrok etish imkoniyati bo‘lmagan 
narsalar va hodisalarning mohiyatini ochishga tafakkur jarayonlari 
yordam beradi va yordam berishi zarur.
234


Ba’zi bir g‘arb olimlari ko‘rlardagi ko‘ruv nuqsoni, ularda man- 
tiqiy tafakkurlarining sog'lomlarga nisbatan yuqoriroq rivojlanishiga 
sabab boiadi, deb da’vo qiladilar. Bu fikrga ular asos qilib: ko‘r shaxs 
fikrini chalg‘itadigan narsa va hodisalarni ko‘rmaganliklari uchun 
ichki fikrlash imkoniyati katta bo‘ladi, ular chuqur fikrlash qobili- 
yatiga ega deb hisoblaydilar. Lekin, bunday fikrlar uzoq kuzatuvlar 
va tajribalar natijasining yakuni bo‘lmasidan balki, empirik jihatdan 
qilingan, tasdiqlanmagan farazlardir xolos, yuqorida aytganimizdek, 
ko'rlarda sezgi, idrokdagi kamchiliklar ularning narsa va hodisalar­
ning muhim qismlarini farqlash va taqqoslash yetarli kechmaydi.
Ayniqsa, notanish narsalarni taqqoslash va umumlashtirish 
ularning tasodifiy belgilari yordamida va taxminiy amalga oshgani 
uchun ham ko‘rlardagi bilishlarda verballik ustunlik qiladi. Tah- 
lil va tasnif jarayonining amalga oshishi asosan taqqoslash bilan, 
taqqoslash jarayoni esa tahlil va tasnif bilan bogliqligi uchun ko‘ruv 
nuqsonida narsalarni farqlash va solishtirishdagi nozik va murakkab 
jarayonni amalga oshirish qiyinlashadi.
Taqqoslash jarayonining qiyinligiga sabab esa, tahlil va tasnif 
jarayonining yetarli amalga oshmasligidir. Ko‘rlarda tahlil va tas­
n if jarayonining qiyinligiga sabab: bir tomondan narsa va obyekt- 
larning belgi va mohiyatlarini sezish — idrok etishning qiyinligi 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, idrok etilayotgan narsa va obyektlarning 
qisman — suksessiv, fragmentar idrok etilishidir. Narsalarni har to- 
monlama, chuqur tahlil qilishning imkoniyati chegaralanganligi 
natijasida, narsalarni yuzaki bilish, muhim qismlarni sezmasdan 
qolish yuz beradi.
Ko'rlar narsalarning muhim qismlarini ajratishga qiynalishlari 
yoki faqat umumiy belgilarnigina farqlashlari natijasida narsalarni 
bir tizimga solishda, guruhlashda qiyinchilik kelib chiqadi. Shun- 
day qilib, ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning sensor sohasidagi kam- 
chiliklari hissiy bilishni qiyinlashtiradi va kambag‘allashtiradi.
Bu o‘z navbatida tafakkurning rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. 
Fikrlash jarayonida tushunchalarning to‘g‘ri shakllanishi katta aha­
miyatga ega. Tushunchalar asosan tasavvur yordamida, uning obraz- 
laridan hosil bo‘ladi. Masalan: sog‘lom bola «dars» so‘zini ko‘p marta 
eshitadi, lekin dars haqidagi haqiqiy tushuncha uni ko'rgandan so‘ng
235


paydo boiadi. Ko‘rlarda tushuncha va uning haqiqiy obrazi o'Ttasida 
ajralish (divergentsiya) yuzaga keladi. Tushunchalarning mantiqiy va 
hissiy ajralishi ko‘pincha noto‘g‘ri yoki formal, yuzaki, soxta xulosa 
chiqarishiga sabab bo'ladi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda ba’zan 
hayotdan — reallikdan ajralib qolgan tuhunchalar yuzaga keladi.
Idrokni rejali ravishda tashkil etish bilan, tasavvurlar doirasini 
kengaytirib borish bilan tushunchalar shakllantiriladi. Bu bilan 
o‘qituvchi ko‘rlarda fikrlash jarayonlarida tafakkurni izchil tarzda 
rivojlantirib borishi mumkin. Ko'rlar ko‘pgina narsa va hodisalar 
haqida so‘z yordamida ma’lumot oladilar. Lekin, bu bilimlar shaxsiy 
tajribada sensor malaka va ko‘nikmalar yordamida mustahkamlan- 
maganligi uchun ham bu bilimlar yuzaki, hayotdan uzoq bo‘ladi. 
Bu kamchiliklar tushunchalarning mazmunini ham buzadi. Bu 
kamchiliklarni bo‘rtma ko'rgazmali qurollar yordamida narsa va 
obyektlarning natural shakli bilan tanishtirish yordamida bartaraf 
etiladi. Ayniqsa, o‘qituvchilar ko'rlarda tushunchalarni shakllanti- 
rish ustida iloji boricha psixologik-pedagogik korreksiya ishlarini 
erta boshlashlari va izchil ish yuritishlari ijobiy natijalar beradi.
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarda tafakkur jarayonlari qanday 
kechadi?
2. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarda tafakkur kamchiliklari qan­
day korreksiyalanadi?

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin