yo‘naltirilgan holda chuqur o‘rganish masalasining muhimligini
belgilab beradi. Hozirgacha bunday bolalarda idrok, xotira, tafakkur
bilan bir qatorda tasavvurning rivojlanishiga tegishli ancha-muncha
ilmiy va eksperimental material to‘plandi.
Me’yorda
rivojlangan
bolalar
tasavvurini
o‘rganishga
bag‘ishlangan tadqiqotlarda tasavvur va nutq o‘rtasida yaqin aloqa
borligi ta ’kidlanadi. «Tasavvurning rivojlanishi
ustida olib borilgan
kuzatishlar, — deb yozgaj^ edi L.S. Vigotskiy, — bu funksiyaning
nutq rivojlanishiga bogliqligini ko‘rsatdi. Nutq rivojlanishidagi
kamchiliklar tasavvur rivojlanishiga ham to‘sqinlik qiladi».
Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda
tasavvur xususiyatlari bir qator metodikalar asosida olib borilgan
eksperimental kuzatuvlar natijasida tekshirildi va tadqiq etildi.
Tadqiqotlarda bolalarning ijodiy tasavvurini o‘rganishda ko‘proq
«Berilgan geometrik shakl bo‘yicha rasm yaratish»,
Rorshax testi,
«Boshi bor rasmni tugallash» metodlari qo‘llanadi. Bunda eksperi-
ment individual va guruhiy shaklda olib borilishi mumkin. Eksperi-
mentning borishida bolalarning berilgan vazifani bajargan vaqti,
ular faoliyatining sifat jihatdan tahlili o'tkazildi.
Nazorat va eksperimental guruhlar birinchi metodika bo‘yicha
tekshirilganda shu narsa ayon boldiki,
bajarilgan rasmlarning soni
bo‘yicha nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar guruhi bilan me’yordagi
bolalar guruhi o‘rtasida uncha sezilarli tafovut kuzatilmadi. Biroq
me’yordagi bolalar rasmlarida yaratilgan obrazlar soni eksperimen
tal guruh bolalarinikidan o‘rta hisobda beshtaga ko‘proq ekani
ma’lum boldi. Nutqi me’yorda rivojlangan bolalar figuralarni fa-
zoda joylashtirishda ham nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga
qaraganda ancha erkin ish tutishi ma’lum boldi.
Shunday qilib, nutqida kamchiligi bor bolalar chizgan rasmlar
obrazlarning
qashshoqligi, fazoviy tasavvurlarning noaniqligi bilan
ajralib turadi.
Ma’lumki, o‘yin — bolalarning tabiiy holati. Nutqi to liq
rivojlanmagan bolalar turmush mavzusiga oid o‘yinlarni ko'proq
yaxshi ko‘radilar, chunki ular uncha keng tasavvurni talab etmaydi
va har kuni kuzatiladigan tanish sahnalardan iborat bolladi. Biroq
ko‘p holda ularning o‘yinlari o‘zining bir xilligi, mazmuni deyarli
174
boyitilmasligi bilan xarakterlanadi. O'ylab qo'yilgan fikr mus
tahkam bo'lmaydi va o'yin ayrim hollarda tugallanmay to'xtatib
qo'yiladi. Nutqiy nuqsonga ko'ra o'zaro muloqot imkoniyatl^ri
cheklangan bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, nutqi to'liq rivojlan
magan bolalarda o'yin faoliyati me’yorda nutq rivojlanishiga ega
tengdoshlariga nisbatan ancha sust bo'ladi, o'yin yangi detallar
bilan boyitilmaydi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun ijodiy topshiriqlarni
bajarish qiyinchilik tug'diradi: masalan, pedagog hikoyasini qayta
gapirib berish, shaxsiy tajribadan olingan hodisalarni gapirib be_
rish. Ular so'zning ko'chm a ma’nosini metaforalarni yaxshi tu~
shunmaydi.
Bu muammolarni
Dostları ilə paylaş: