lishga harakat qil. Tayyorlan, diqqat bilan eshit: stol, sovun, odat,
vilka, kitob, palto, bolta, daftar, sut, shim». So‘zlar qatori bir necha
bor o‘qiladi. Tekshiruv 10 daqiqadan keyin va uch kun o‘tib amalga
oshiriladi.
Juftlikni eslab qol metodikasi mantiqiy va mexanik xotira rivoj
lanishi darajasini o‘rganish uchun mo'ljallangan.
Bunda bolalarga
ikki qator so‘z beriladi. Birinchi qatordagi so'zlar orasida ma’naviy
bog‘lanishlar mavjud, ikkinchi qatorda esa bunday bog'lanish yo'q.
Tadqiqotchi o‘rganilayotgan qatordagi juft so'zlarni o'qiydi (juft-
liklar orasidagi vaqt — 5 soniya). 10 soniyalik tanaffusdan so'ng
qatorning chap tomonidagi so'zlar o'qiladi, sinalayotgan bola esa
eslab qolingan o'ng qatordagi so'zlarni yozadi.
Bolalar xotirasi psixologik jihatdan diagnostika qilinganda,
uning eng muhim xususiyatlaridan biri so‘z, mantiq,
xotirasi va
m a’nosiga qarab tushunish, eslab qolish salmog'ining ortishi alo
hida ko‘rsatilgan. Logopedik mashg'ulotlarda nutq kamchiligiga ega
bo‘lgan bolalarning o'z xotirasini ongli boshqarish,
eslab qolish va
esga tushirish jarayonlarini muvofiqlashtirishga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: