Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Sistemali nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Sistemali nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari
Alaliya — homiladorlik yoki bola nutqining ilk rivojlanish davrida 
bosh miya po‘stlogldagi nutq zonalarining organik jarohatlanishi 
natijasida nutqning rivojlanmay qolishi. Ko£p hollarda alalik bola- 
larni og’ir ko‘rinishlarida aqli zaiflik, zaif eshituvchi va ruhiy rivojla-
184


nishi orqada qolgan bolalar bilan almashtiriladi, bunda nutq bilan 
birgalikda idrok etish, diqqat, xotira bilan bir qatorda shaxslararo 
munosabatlar ham buziladi. Agar alalik bola o‘zgalarning nutqini 
tushuna olsa, atrofdagilar esa bolaning nima demoqchi bolganini 
tushunmaydilar va bola asabiylashadi. Alalik bolada nutqiy muloqot- 
ga ehtiyoj kuchli bo‘ladi. Motor alalik bolalar xulq-atvori o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega: atrofdagilar bilan muloqotga kirishishda yaqqol 
namoyon bolgan qiyinchiliklar, notanish vaziyatlarda tez-tez tor- 
mozlanishlar, yangiliklarga salbiy munosabatda bo‘lishi; shuningdek
bola xarakterida patologik sifatlar, asabiylik, tez xafa bo'lishi; nutqiy 
faollikning yetarli darajada emasligi kuzatiladi.
Bunday bolalar ko‘pchilik hollarda qiziquvchan, o‘quvli, ishchan 
bo‘ladilar. Biroq kichik yoshdagi bolalarda va yangi sharoitga (bola­
lar bog‘chasi, maktab) moslashishning dastlabki bosqichlarida xulq- 
atvori va hissiy-iroda sohalarida qiyinchiliklar kuzatilishi m umkin 
(bir joyda o‘tira olmaslik, qo‘zg‘aluvchanlik yoki uyatchanlik, tez 
tormozlanish, qaysarlik).
Sensor alalik bolalar bilan muloqotga kirishish qiyin bo‘ladi. Xulq- 
atvori o‘ziga xos xususiyatga ega (qo‘zg‘aluvchan, xarakterlari impul- 
siv, o‘z nutqiga tanqidiy qaramaydilar, bilish darajasi past bo‘ladi). 
Sensor alalik bolalar hikoyani uzoq vaqt tinglay olmaydilar, mazmu- 
nini tushunmaganliklari uchun qiziqishlar tez yo‘qoladi va tinglamay 
qo‘yadilar. Bunday bolalarda o‘zgalar nutqini tushunishning yo'qligi 
natijasida o‘zlarining nutqlari ham buziladi. Sensor alalik bolalarda 
uzoq xavotirlanish, baqirish, sakrash, o‘ynash, taqillatish hollari ku­
zatiladi. Ayrim vaqtlarda bunday bolalar muloyim, uyatchan, o‘z kam- 
chiliklarini ma’lum darajada anglaydilar. Sensor alalik bolalar muloqot 
uchun imo-ishoralar, jestlar, mimikalardan foydalanadilar. Bunday 
bolalar musiqa tinglashni yoqtiradilar, musiqa ularni tinchlantiradi
baland ohangda gapirishlar, baqiriqlar bolaga salbiy ta’sir qiladi.
Sensor alalik bolalarning ayrimlari maxsus og‘ir nutq kamchi­
liklariga ega bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarida 
ta’lim oladilar.
Afaziya — markaziy, organik turga oid og‘ir nutq buzilishlari 
qatoriga kiradi. Bu ko‘proq katta yoshdagi kishilardagi bosh miya 
qon aylanishining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi.
185


Afaziya (grekcha a — inkor etish, prasis — nutq) bosh miyaning 
jarohatlanishi natijasida ro‘y beradigan nutqning to ia yoki qisman 
yo‘qolishi. Afaziyaning kelib chiqish sabablari yana bosh miyada 
qon quyulishi, travmalar, shishlar, bosh miya infeksion kasalliklari 
boiishi mumkin.
Bolalarda afaziya kamdan kam uchraydi. U ham bo‘lsa, bosh 
miya travmalari, shishlar yoki infeksion kasalliklar asoratida paydo 
boiadi.
A.A. Luriya ko‘rsatishicha, bunday bemorlarda psixik faoliyat 
va bilish jarayonlari buzilgan boiadi. 0 ‘zgalar nutqini tushunish, 
og‘zaki va yozma nutq kamchiliklari, hisob malakalari buzilishi 
kuzatiladi. Insult yoki travmadan so'ng boshlang'ich davrda bemor- 
larning nutqi umuman tushunarsiz boiadi, chunki ularning nutqi 
ayrim tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘z birikmalaridan iborat boiadi. Bu 
kamchiliklar asosan ikki yo‘nalish, tibbiy yoki logopedik yo‘nalishlar 
asosida bartaraf etiladi. Lekin shu bilan birga bu davrda psixolog- 
ning faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Chunki bu bemor o‘z nutqidan 
uyaladi, tushkunlikka tushadi, diqqat, xotira, mantiqiy tafakkur, 
idrok, hissiy iroda sohalarida kamchiliklar kuzatiladi. Psixolog 
bunday bemorlar bilan ko‘proq suhbatlar o‘tkazishi, treninglar, 
rag‘batlantirish ishlari olib borishi kerak.
Savol va topshiriqlar
1. 0 ‘qish va yozuv kamchiliklariga ega boigan bolalarning shaxs 
va shaxslararo munosabat xususiyatlari.
2. Dizartriyada shaxs xususiyatlari.
3. Nutqning temp-ritm buzilishlarida shaxs xususiyatlari.
4. Sistemali nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin