Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili


B (ab)harfi. B b fonemasining “yo‘g‘on”, b harfi “ingichka” variantini bildiradi: D



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə10/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

B (ab)harfi. B b fonemasining “yo‘g‘on”, b harfi “ingichka” variantini bildiradi: DoB bod - urug‘, NDoB bodun – xalq, Glib bilig – bilim, aGlib bil – dono (Ton).
M (mi) harfi. Bu harf m fonemasini anglatadi va m shakliga ega. Transkriptsiyada ham, translitertsiyada ham m harfi bilan ifodalanadi: ixmQ qamağï
– hammasi, imrgj - yigirma, auuB zms semiz buqa – semiz buqa (To‘n).
Til oldi tish undoshlari: T (at) harfi. T, Ô harflari t fonemasining “qalin” variantini, t esa “ingichka” variantini bildiradi. Bu harf transliteratsiyada t harfi bilan ko‘rsatiladi. T belgisi ko‘proq yenisey manbalarida, Ô esa orxun bitiglarida uchraydi:
Ô, T harflariga misol: auuB uRuÔ turuq buqa – oriq buqa, uu3vÔ Tonuquq – kishi oti (Ton);
t harfining misoli: Frwt türk – turk, gtib bitig – yozuv (KT).
D (ad) harfi. D harfi d fonemasining qalin, d esa ingichka variantini bildiradi.
Transliteratsiyada d bilan beriladi.
D harfiga misol: aDjt tašda - toshda, xDY yadağ yayov (To‘n).
d harfining misoli: wgd ädgü – ezgu, dw öd – vaqt (KT).
S (as) harfi. S harfi s fonemasining qalin, s ingichka variantini ifodalaydi, s ba’zan sh ni ham bildiradi. Misollar: aRS asra – pastda (KT), NxSBÔ tabïsğan – tovushqon (To‘n), ws - qo‘shin, isik kiši – kishi (KT).
Z (zi) harfi. z harfi z fonemasini bildiradi. Transkriptsiyada ham, transliteratsiyada ham z bilan beriladi: azw üzä - yuqorida, izY yazï – tekislik, zQ qïz – qiz (To‘n).
N (än) harfi. N harfi n fonemasining qalin variantini, n ingichka variantini anglatadi.
N harfiga misol: NxQ qan - xoqon, miÔNQS saqïntïm o‘yladim (To‘n).
n harfining misoli: nwt tün – tun, nmwt tümän – o‘n ming (KT).
3 harfi ñ tovushini bildiradi. Muhimi shundaki, 3 harfi bilan kelgan soʻz boshqa bir oʻrinda ikki harf - JN (ya’ni ny) bilan ham yozilishi mumkin: uu3vÔ (Toʻn) // uuJNvÔ – Toñuquq (BX). Matnlardagi ushbu imlo xususiyati 3 harfining vazifasiga oydinlik kiritadi: u [ñ] tovushini ifoda etgan. Ushbu harf quyidagi soʻzlarda qoʻllanilgan: x3 añïğ – yovuz, 3vu qoñ – qoy (KT).
Oʻrxun bitiglarida [ñ] bilan kelgan soʻzlar keyingi davr matnlarida [n] yoki

  1. bilan keladi. Masalan, uygʻur yozuvli “Syuan-szan kechmishi” asarida: ayïğ - yovuz, čiğay - yoqsil; “Qutadgʻu bilig”ning xirot nusxasida: qoy - qo‘y, čïğay - yoʻqsil.

[ñ] // [y] mosligi hozirgi oʻzbek tilida ham uchrab turadi: qanda-qayda. Yoki qadimgi [n] qanï, qancha kabi soʻzlarda ham saqlanib qolgan.
Qadimgi [ñ] ni Mahmud Koshgʻariy arab xatida harfi bilan bergan. Uning yozishiga qaraganda, [y] li soʻzlarni [n] ga aylantirish dialektal xususiyatdir. Soʻz oʻrtasi va oxirida kelgan [y] ni argʻular [n] ga almashtirganlar: qoy - qon “qoy”, čiğay - čiğan “kambagʻal”, qayu qanu “qaysi” (DLT,1,67). Ushbu misollarning bari koʻk turk bitiglari tiliga xos boʻlgan [ñ] sonor [n] ga variant sifatida ([n~ñ]) qoʻllanganidan dalolat beradi.



Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin