Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə52/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Ravishlar sifatlar kabi turlovchi va tuslovchi affikslarni qabul qilmaydi, ya'ni bu turkumdagi so‘zlar o‘zgarmaydi, o‘zlari bog‘langan leksemalar bilan moslashmaydi, ularni boshqarmaydi; ravishlar bu so‘zlarga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi.
Turkiy tillardagi, shu jumladan, o‘zbek tilidagi ravishlarning bir guruhini boshqa so‘z turkumlaridan ajrab chiqqan so‘zlar tashkil etadi. Bunday ravishlarning ko‘pchiligi ismlar, ayrimlari fe'llar asosida shaklangan. Ravishlarning boshqa so‘z turkumlaridan ajrab chiqishi ma'lum tarixiy davrlarda har xil yo‘llar bilan yuzaga

kelgan. Shuningdek, ravish turkumiga oid leksemalar tarkibi boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar hisobiga boyib, kengayib borgan. Shuning uchun ham ravish tuzilishi va tarkibiga ko‘ra rang-barangdir.
Boshqa so‘z turkumlardan siljigan ravishlar esa otlar va fe’llardan o‘tgan ravishlardir. Otlardan o‘tgan ravishlar payt, miqdor, daraja, chegara va o‘rin kabi ma’nolarni, fe’ldan o‘tgan ravishlar esa holat ma’nosini ifodalaydi.
Qadimgi turkiy tilda qurol-vosita kelishigi shaklida bo‘lgan otlar ko‘p o‘rinda ravish vazifasida ishlatilgan. Bunday ravishlar sirasiga yadağïn “yayov”, üstün “ustida”, tärkin “tezda”, ödün “oʻsha vaqtda” singarilarni kiritish mumkin.
Jo‘nalish kelishigi shaklida bo‘lgan otlar ham ko‘p o‘rinlarda ravish vazifasida kelgan. Bunday ravishlarga ichrä “ichkari”, tašra “tashqari”, öŋrä “oldinga” kabilar mansub.
O‘rin kelishigidagi so‘zlar ham ravish vazifasida qoʻllangan. Bunday ravishlar
qanta “qayda”, anta “u erda”, bunta “bu erda” singari soʻzlar oʻrin olgan.
Chiqish kelishigi shaklidagi otlar ham ravish funktsiyasida ishlatiladi.
Chunonchi, qantan “qaydan”, oŋtun “oʻngdan”, qayudïn “qaydan” va h.k.
Qadimgi turkiy tilda fe’lning ravishdosh formasidagi so‘zlar ravish vazifasida kelgan. Xususan, -a, -ä, -ï, -i, -u, -ü shakllari bilan hosil bo‘lgan ravishdoshlar ana shunday vazifada ishlatiladi. Bunday ravishlarga sayu “boʻylab”, tegrä “atrofdan”, tüzü “boʻylab” va boshqalarni kiritish mumkin. Bulardan tashqari, emti, tün, küntüz, bükün kabi mustaqil ishlatilgan ravishlar ham o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi turkiy tilda ravishlar boshqa so‘z turkumlariga nisbatan ko‘p emas. Shunday bo‘lsa-da, bir qator ravishlarni uchratish mumkin. Mavjud ravishlarni tub va yasamalarga ajratish mumkin.
Yasama ravishlar quyidagi affikslar orqali hosil qilinadi:

  1. -ča, -čä affiksi ot, olmosh, sifat, sifatdoshlardan ravish yasaydi va harakatning holati, miqdori, darajasi va chegarasini bildiradi. Masalan: anča “ancha”, subča “suvday”, örtčä “yongʻinday”, münčä “muncha”, ašnuča “dastavval”, azraqča “juda oz holda”, türkčä “turkcha”.


  2. Yüklə 3,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin