Qadimgi turkiy til o‘zbek va boshqa ko‘p turkiy tillarning shakllanishida asos bo‘lgan. Ammo bu tilning o‘zi ham muayyan taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma’lum bir qolipga tushgan. Har qanday tilning qurilishi asta-sekinlik bilan taraqqiy etadi, o‘zgaradi. Qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o‘zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o‘rtasida ko‘p o‘xshashlik va shu bilan birga, farqli tomonlar bor. Bu holan tilning bir-bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir.
Sintaksis yunoncha syntaxisso‘zidan olingan bo‘lib, “biriktirish”, «bog‘lash»
ma’nosini bildiradi. Sintaksis so‘zlarning va gaplarning o‘zaro bog‘lanish tizimi, tartibi, ularning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Mahmud Koshg‘ariyning hozircha topilmagan “Kitobi javohir un-nahv fi-l-lug‘at it-turk” nomli asarida turkiy tillar sintaksisi haqida bahs yuritilgan.
So‘zning muayyan til qonuniyatlari asosida o‘zaro birikuvidan so‘z birikmasi va gaplar hosil bo‘ladi. So‘z birikmalari va gaplar shakily xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra farqlanadi. So‘zlarning o‘zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi.
Teng bog‘lanish – ikki so‘zning o‘zaro teng munosabatlar asosida birikishi: adïğlï toŋuzlï – ayiq va toʻngʻiz, turuq buqalï semiz buqalï – oriq va cemiz buqa. Teng bog‘lanish o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi.
Tobe bog‘lanish – bir so‘zning boshqa so‘zga tobelik asosida bog‘lanishi: türk bodun – turk xalqi,altunluğ örgin – oltin taxt. Tobe bog‘lanish ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe qism va hokim qism. So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib kelgani tobe qismdir: kök täŋri- koʻk osmon, otluğ tamu -oʻtli doʻzax. So‘zlarning tobelanish asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi. So‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi, ammo kengaygan bir tushunchani ifodalaydi.