Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə57/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

YUKLAMALAR


Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘z yuklamadir. Barcha turkiy tillarda yuklamalar alohida yordamchi so‘z turkumi sifatida ajratiladi. Yuklamalar leksik ma’no ifodalamaydi, gapda biror sintaktik vazifani bajarmaydi. Shunga ko‘ra yordamchi so‘zlarning bir turi sifatida qaraladi. Yuklamalar yordamchi so‘zlardan ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, yuklamalar bog‘lovchi va ko‘makchilar kabi so‘zlar o‘rtasidagi munosabat, sintaktik aloqani yuzaga keltirmaydi.
Yuklamalarni alohida so‘z turkumi sifatida ajratish borasida bir qator olimlar o‘z munosabatlarini bildirishgan. Jumladan, Y. Abdurasulov qo‘shimcha yuklamalarni so‘z turkumi sifatida ajratishni ma’qul topmaydi: “Yuklamani turkumga ajratishning yana bir mushkul tomoni bor. Chunki yuklamalarning asosiy qismini turli modal ma’nolarni anglatadigan affiks-yuklamalar tashkil etadi. Shubhasiz, affikslar qanday ma’no ifodalashidan qat’i nazar so‘z emas. Shuning uchun ularga so‘z turkumi deb




23 Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси . – Т.: 1973. –Б. 215-216.
qarash ham u qadar to‘g‘ri emas, balki ularni affikslarning o‘ziga xos guruhi deb qarash maqsadga muvofiqdir. Buni qanday hal qilish ham butun turkiyshunoslik oldidagi asosiy muammolardan biridir”24. Grammatik munosabat ifodalamaydigan qo‘shimchalar lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarga kiradi. Yuklamalarga shunchaki lug‘aviy shakl hosil qiluvchi sifatida qarash to‘g‘ri emas. Yuklamalar gapga so‘roq, ayiruv-chegaralov, gumon mazmunini beradi. Shu bois yuklamalarning alohida turkum sifatida ajratilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar muayyan turkum doirasiga xoslangan bo‘ladi. Yuklamalar, deyarli, barcha turkum so‘zlariga qo‘shiladi. So‘zga ham, gapga ham qo‘shimcha ma’no beradi.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi yuklamalar qoʻllanilgan:

  1. So‘roq va taajjub yuklamalari: - mu //-mü: irinč tïnlïğ bolğay mu

“baxtsiz jonzotlar topiladimi”, kišigä alsïqdï “kishiga oldirdimi”.

  • a, -ä: qamuğ siŋillärim ä “hammasi singillarim!” U anačïm a “ey onajonima”.


  1. Yüklə 3,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin