Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə55/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Funksional ko‘makchilar. Funksional ko‘makchilar barcha so‘z turkum- laridan emas, balki ot, fe’l va ravish so‘z turkumlari orqali ifodalanadi. Ot so‘z turkumiga nisbatan ravish so‘z turkumida kamroq, ravishga nisbatan fe’lda kamroq uchraydi. Shunga ko‘ra funktsional ko‘makchilarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Bular: 1. Ot ko‘makchilar. 2. Ravish ko‘makchilar. 3. Fe’l ko‘makchilar.
Ot ko‘makchilar. Ot ko‘makchilar yuqorida qayd qilinganidek, ma’lum o‘rinlarda ot vazifasida kelsa, ayrim o‘rinlarda esa ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi. Ot ko‘makchilar jo‘nalish, o‘rin va chiqish kelishigi affiksini olib, matnda ot funksiyasini yo‘qotadi va ko‘makchi vazifasida keladi. O‘zidan oldin kelgan so‘zga nisbatan tobe holatda bo‘ladi.
Qadimgi turkiy tilda baš, ald, ast, yüz, arqa, orta, taš, yan, art, üstüntä, öŋ,
kabi ko‘makchilar qo‘llangan.
Baš ko‘makchisi kelishik affiksini olib, bašïnta, bašïda, bašïndïn kabi formalarda qo‘llanadi. Bu shakllar o‘rin, yo‘nalish tomon, chiqish joyi, biror ob’ektni ajratib ko‘rsatadi. Masalan: bu ïrq bašïnta az emgäki bar “bu fol boshida az qiyinchiligi bar” (IB).
Ravish ko‘makchilar. Qadimgi turkiy tilda tašqaru “tashqari”, soŋ “soʻng”, tapa “tomon”, ötrü “soʻng”, ičrä “ichra”, yoqaru “yuqori”, kisrä “soʻngra”, qodï “quyi, boʻylab, yoqalab”, kidin “keyin”, otru “qarshi, toʻgʻri” kabi ravish ko‘makchilar qo‘llangan.
Ravish ko‘makchilarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ba’zilari sinonimik qatorni shakllantirgan. Jumladan, tapa leksemasi qodï, ilgärü, inärü, sayu so‘zlari sinonimik uyani voqelantirgan. Ilgärü so‘zi kun botar tomon, ya’ni gʻarb ma’nosida ham ishlatilgan.
Tapa ko‘makchisi. Hozirgi oʻzbek tilidagi tomon so‘ziga to‘g‘ri keladi. Bu so‘z biror tomonga yo‘nalganlikni ifodalaydi. Ba’zan qarashlilik va maqsad ma’nolarda ham qo‘llanadi: Oğuz tapa sülädim “oʻgʻuz tomon qoʻshin tortdim” (BX).
Qodï ko‘makchisi. Bu so‘z hozirgi turkiy tillardagi yoqalab, quyi, pastki so‘zlari mos keladi, ish-harakat, predmetning yo‘nalganlini bildiradi: Ol sub qodï bardïmïz “oʻsha suv yoqalab bordik”, toğan quš täŋridin qodï tabïsǧan tepän qopmïš “lochin osmon (tepadan)dan quyidagi quyonga hujum qildi” (OʻY).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin