Серебренников Б.А., Гаджиева Н.З. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. -Баку, 1979.
11 §. QO‘SHMA GAP SINTAKSISI
Asosiy tushunchalar: sodda gap, qoʻshma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar,bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplar, ega ergash gapli qoʻshmagap, aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap, toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap,kesimergashgapli qoʻshmagap,paytergash gap,shartergashgap.
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo‘lgan gap qo‘shma gap hisoblanadi. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng yoki tobe munosabatda bo‘ladi.
Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining ilk davrlarida kommunikativ vazifani, asosan, sodda gaplar bajargan. Murakkab fikrlarni ifodalashda sintaktik aloqaning eng qadimgi turi bo‘lgan bitishuv yo‘li bilan bog‘langan konstruksiyalardan foydalanilgan.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog‘lovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang) yordamida bog‘lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi nazarda tutiladi. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalardir. Qo‘shma gap qismlari bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar, ohang yordamida bog‘lanadi.
Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: bog‘langan qo‘shma gaplar; ergashgan qo‘shma gaplar; bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Barcha qo‘shma gaplar tarkibida ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni mujassamlantirishi bilan xarakterlanadi. Bu sodda gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘lishi yoki qo‘shma gapning bir qismi ikkinchisini izohlab kelishii mumkin.