Qaratqich aniqlovchi qaratqich va qaralmish munosabatida oʻz aksini topadi. Bu jarayonda qaratqich kelishigi qoʻshimchasi ishtirok etishi yoki qatnashmasligi mumkin, ya’ni belgili va belgisiz holatda keladi: Türk bodunïŋ äliŋ törüsin – turk xalqining eli, qonun – qoidalarini (KT); Bilgä qağanïŋ boduni …bardi– Bilga xoqonning xalqi …bordi (Oʻn); qağan at– xoqonning oti; Qaŋïm qağan süsiböritäkermiš - otam xoqonning lashkari boʻridek ekan (KT).
Izohlovchi.Ot bilan otni aniqlash qadimgi yodnomalarda ham, ya’ni izohlovchi-izohlanmish munosabatida koʻzga tashlanadi: oğuzyağï– oʻgʻuz dushman (KT); alp kisig – bahodir kishini; ögüm qatunïğ – onam xotin (malika, zadagon ayol)ni.
Hol. Qadimgi turkiy tilda hol ot, son, ravish, ravishdosh, olmoshlar orqali ifodalanadi: Türk qağan Ötükän yïš olursar – turk xoqoni Otukan vodiysida boʻlsa; Kültegin qoy yïlqa yäti yigirmikä učdi – Kultegin qoy yili(ning) oʻn yettinchisida vafot etdi; Anča temis (KT) - shunday demish; Sanağalï tüšürtimiz – sanagani toʻxtatdik (Toʻn); Ol sub qodï bardïmïz- Oʻsha suvning quyi tomoniga bordik (Toʻn).
Uyushiqbo‘laklarbir xil soʻroqqa javob boʻladi, matnda biror boʻlakka bogʻlanib keladi. Qadimgi turkiy tilda gapning bosh bo‘laklari ham, ikkinchi darajali bo‘laklari ham uyushib kelishi mumkin: Bilgäsi,čabïsïbänökärtim(To‘n) - Bilimdoni, mashhuri men o‘zim edim; Türk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï - turk xalqi oʻldi, tugadi, yoq boʻldi; Qïrqïz, üč qurïqan, otuz tatar, qïtay, tatabu – bunča bodunkälipän sïğtamis - qirgʻiz, uch qurigan, ottiz tatar, xitoy, tatabi – shuncha xalq kelib yigʻlagan (KT).
Ajratilgan bo‘laklarma’lum bo‘lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keladi, boshqa boʻlaklardan toʻxtam va ohang jihatdan ajralib turadi. Ajratilgan bolaklarninng uyushiq boʻlaklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikki xil nomidir, uyushiq boʻlaklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi. Ma’lumki, har bir gap boʻlagi muayan tartibda joylashadi. Masalan, aniqlovchi va izohlovchi otdan oldin qoʻllanadi, tartibning oʻzgarishi shu gap boʻlagining oʻzgarishiga olib keladi: Türk qara qamuğ bodun anča temis – Turk (fuqarosi), qora (xalq), butun xalq shunday demish (Toʻn). Ma’lum gap boʻlagidan soʻng izohlovchi, mazmunan unga teng boshqa boʻlak - soʻz yoki soʻz birikma keltiriladi: …säni tabğačnï ölürtäči – seni – tabgʻachni oʻldirajak (Toʻn); Türk bodun Tämir qapïğqa, Tinsi oğlï yatïğmatağqatägmis – Turk xalqi Temir qapiqqa, Tinsi oʻgli yotadigan toqqa etdi (Toʻn).