Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə69/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qadimgi yodnomalar tilining asosini tashkil etadi. Qoʻshma gaplar tarkibidagi sodda gaplar tuzilishiga koʻra oddiy (koʻpincha sodda yigʻiq) boʻlib, ular umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi, mazmunan va shaklan bir-biriga tobe bolmaydi. Bunda sodda gaplar asosan sanash ohangi, intonatsiya vositasida bogʻlanadi, bir paytda, ketma-ket roʻy bergan voqea-hodisa, belgi-xususiyat, shuningdek, zidlik, qiyoslash, sabab-natija, izohlash munosabatlarini ifodalaydi: Udar Saŋun kälti, Tabğač qağanta Isyi Likaŋ kälti, bir tümän ağï, altun, kümüš kärgäksiz kälürti – Udar Sangun keldi, tabgʻachdan Isyi Likang keldi, bir tuman (oʻn ming) ipak, oltin, kumushni haddan ortiq keltirdi (KT); Ol sabïğ äsüdip, tün udïsïqïm kälmädi, küntüz olursïqïm kälmädi
– Bu soʻzni eshitib, kechasi uyqum kelmadi, kunduz oʻtirgim kelmadi (Toʻn); Toquz oğuz bodun käntü bodunïm ärti, täŋri yär bulğaqïn üčün yağï boltï - toʻqqiz oʻgʻuz xalqi oʻz xalqim edi, koʻk, yer fitnaga toʻlgani uchun dushman boʻldi (KT); Täŋri kuč bärtük üchün qaŋïm qağan süsi böritäg ärmis, yağïsï qonitäg ärmis – Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning lashkari boʻriday ekan, dushmani qoʻydek ekan (KT); Özi yaŋïldï, qağanï oltï, bodunï kuŋ qul boltï – oʻzi adashdi, xoqoni
halok boʻldi, xalqi choʻri, qul boʻldi (KT); Üč körüg kiši kälti, sabï bir: qağanï sü tašïqdï, on oq süsi qalïsïz tašïqdï – uch koʻruvchi kishi keldi, soʻzi bir: xoqoni qoʻshin tortdi, oʻn oʻq qoʻshini tamom yurishga chiqdi (Toʻn).
Bogʻlangan qoʻshma gaplarni hosil qilishda teng bogʻlovchilar va ayrim yuklamalar qatnashgan. Bu tipdagi qoʻshma gaplar qadimgi turkiy tilda ozchilikni tashkil etadi: azu uluğ bačağ kün, azu kičig bačağ künkä qïlsar – yoki ulugʻ roʻza kuni, yoki kichik roʻza kuniga qilsa (TT); azu muŋ üčün, azu basu birgäli qïzğanïp – yoki qaygʻu uchun, yoki qurbon berishga qizgʻanib (Mon); bu muntağ qïlïnčïn öz ütünüz bošunmağay taqï dïqa dindār kelmägäy – bunday qilmishi oʻz vujudini ozod qilmaydi va diqa dindor kelmagay (TT); Er bušušluğ, täŋri bulïtlïğ boltï, ara kün toğmïš bušač, ara mäŋi kälmiš - inson qaygʻuli, osmon bulitli boʻldi, gohi kun chiqqanda qaygʻu, gohi shodlik keladi (TT).
Qadimgi turkiy tilda qismlari oʻzaro hokim-tobe munosabatlari orqali bogʻlangan ergash gapli qo‘shma gaplar bosh gapga sifatdosh, rabishdosh, shart mayli qoshimchasi, koʻmakchi, bogʻlovchi va kelishik qoʻshimchasini olgan sifatdoshlar, nisbiy olmoshlar yordamida birikadi: Äčümiz apamïz tutmïs yär sub idisiz bolmazun täyin - ajdodlarimiz qoʻl ostida boʻlgan er-suv egasiz qolmasin deb (KT); Oza kälmis süsin Kültegin ağïtïp, at oŋara bir oğuš alpağu on ärig, Toŋa tegin yoğïnta ägirip ölütimiz - Oldin kelgan lashkarini Kultegin turgʻizib otlantirib, bir qavmga mansub oʻn qahramonni qurshab oʻldirdik (KT); Kültegin yoq ärsär, qop öltäči ärtingiz - Kultegin boʻlmasa, oʻlar edingiz; Bägläri bodunï tüzsüz üčün, ... türk bodun ällädük älin ïčğïnu ïdmïs - beklari, xalqi insofsizligi uchun turk xalqi ushlab turgan davlatini qoʻldan chiqarib yuborgan (KT); Soğdaq bodun ätäyin täyin, Yinčü ögüzüg käčä Tämir qapïğqa tägi sülädimiz - Soʻgʻdaq xalqini tuzatayin deb, Yinju (Sir) daryosini kechib Temir darvozagacha qoʻshin tortdik (KT); Äčim qağan olurtuqda, özüm Tarduš bodun üzä šad ärtim – amakim xoqon boʻlganda, oʻzim tardush xalqi uza shad erdim (KT); Näŋ, näŋ sabïm ärsär, bäŋü tašqa urtum, aŋar körü biliŋ – Qanday nima soʻzim bolsa, mangu toshga yozdim, unga qarab biling (KT).
Qadimgi turkiy tilda ergashgan qoʻshma gaplarning bir qator turlari qoʻllanishda boʻlgan:

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin