Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə77/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

KULTEGIN BITIKTOShI


Bu bitiktosh Eltarish o‘g‘li Bilga hoqonning inisi Kultegin sharafiga qo‘yilgan. Kultegin 731 yil 27 fevralda 47 yoshida vafot qiladi. Bitiktoshni Bilga xoqon bitiktoshi bilan birga 1889 yilda rus ziyolisi N.M.Yadrintsev (1842-1894) Mo‘g‘ulistonning Kosho Tsaydam vodiysida Ko‘kshin Oʻrxun daryosi qirg‘og‘ida topgan. Bu joy Ulan Batordan 400 km janubda Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Kul tigin bitiktoshi Bilga xoqonnikidan 1 km shimoli-sharqda o‘rnatilgan. Bitiktoshlarni 1890 yilda A.Xeykel rahbarligidagi Fin-ugor jamiyati ekspeditsiyasi tekshiradi va 1892 yilda bitiktoshlarning


fotosuratini va estampajlarini nashr etadi. Bitiktoshlarni 1891 yilda V.V.Radlov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi ham shu yili topgan Ungin bitiktoshi bilan birga tekshiradi va natijada Peterburgda ham Oʻrxun bitiklari nashr etiladi. V.Tomsen urxun harflarini o‘qib aniqlangandan so‘ng V.V.Radlov mazkur bitiklarning transkriptsiyasi Bilan nemischa tarjimalarini nashr qiladi. 1896 yilda V.Tomsen o‘z ilmiy tadqiqotlarini bitiklarning franzutscha tarjimasi Bilan nashr qiladi. 1897 yilda shu tarjima va V.V.Radlovning to‘rtinchi tarjimasi asosida P.M.Melioranskiy bitiklarni ruschaga ham tarjima qilib (V.V.Radlovning iltimosi bilan) uning bitiktoshlariga bergan tavsifi, bitikning bosma nashri va transkriptsiyasi Bilan birgalikda nashr etadi. 1922 yilda V.Tomsen bitiklarning dancha nashrini amalga oshiradi. Buni nemischaga tarjima qilib 1924 yilda H.Sheder ham chop qiladi. 1923 yilda Najib Osim «Oʻrxun obidalari» (Istanbul, 1341 h.) nomli kitobida bitikni arab harflari bilan, 1936 yilda H.N.Urqun turkcha tarjimasi bilan, 1951 yilda S.E.Malov, 1971 yilda G.Aydarov ruscha tarjimasi bilan nashr etdi. T.Tekin o‘zining «Egramer ofo‘rxo‘n turkik» (Blumingto‘n, 1968) deb atalgan asariga mazkur bitiklarni inglizcha tarjimasi bilan kiritgan.
Kultegin bitiktoshi marmardan taroshlangan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 m 15 sm, kengligi tub qismida 1 m 24 sm bo‘lib, yuqoriga torayib borgan. Marmar taxta ustuni o‘rtasiga besh burchakli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm lavha o‘rnatilgan. Lavhaning yuz tomoniga arxar surati tasvirlangan xoqonlik tamg‘asi naqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib, bitiktoshning o‘rnatilish tarixi (Ulug‘ Tan sulolasi, Kay-Yuanning yigirmanchi yili ettinchi oyning ettinchi kuni – 732 yil avgustining 14-kuni) va yana o‘n to‘rt satr xitoycha yozuv bitilgan. Bi bitikdagi olti belgi lavhadagi mazkur tarixning takroridan iborat. Xitoycha bitikning frantsuzcha, nemischa, inglizcha, ruscha va turkcha tarjimalari bor. Xitoycha bitikdan o‘ngroqda ikki satr turkcha bitik bor. Buni, xunukroq yozilganini hisobga olib, V.V.Radlov naqqoshdan oldin Bilga xoqonning o‘zi (ya’ni Kulteginning og‘asi) siyoh bilan yozib bergan bo‘lsa kerak deb taxmin qilgan. Bitiktoshning yuz tomoniga 40 satr, o‘ng tomonida 13 satr va chap tomoniga Yana 13 satr, taroshlangan to‘rtta yon qirrasiga to‘rtta turkiy yozuv bitilgan. Qirralarning bittasidagi bitik butunlay o‘chib ketgan, oldingi qirq satrning beshinchisidan boshlab, satr oxirlari bitiktoshning pastki qismining nurashi natijasida o‘chib ketgan (satrlar yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga qarab yozilgan). Birining boshqa erlarida ham o‘chib ketgan erlari bor. V.V.Radlov dastlabki 40 satrni «K» deb, uning davomi deb hisoblangan 13 satrni Kb (lotincha) deb belgilangan. Bu ikkovi
«ulug‘ bitik» (bolьshaya nadpisь) deb ataladi. Chap yondagi 13 satrdan iborat alohida kichik bitik (malaya nadpisь)ni esa «Ka» deb belgilangan. Hozirgi paytda olimlar ulug‘ bitikni «Ktb» va kichik bitikni «Ktm» deb ko‘rsatmoqdalar (chet el olimlari Xeykal sigllarini ishlatadilar). Qirra bitiklariga V.V.Radlov K 1, K 2, K 3 deb sigl qo‘ygan. Biz quyida Kultegin bitikining yuz tomonining fotonusxasini, bitikning S.E.Malov nashridagi bosma nusxasini, bitikning transkriptsiyasi va mazmunini tegishli izohlar bilan beramiz.




Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin