Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə75/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Internet saytlari


www. literature. uz www. genhis philol.ru www. library.ziyonet.uz www.lingvo-online.ru
www.globalterminology.com www.basiccomputerterminology.com www.tilde.com www.oxfordhandbooks.com

ILOVALAR




O‘rxun-yenisey yodgorliklari harfiy belgilari va ular ifodalagan tovushlar tizimi



BITIGTOSHLARDAN NAMUNALAR TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI


Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning (asl oti Qutlug‘, Xitoy manbalarida Gudulu) maslahatchisi va sarkarda To‘nyuquqqa bag‘ishlanib, 712-716-yillar orasida toshga o‘yib yozilgan. To‘nyuquq bitikni o‘zi tirikligida yozdirgan. Bu shaxs Xitoy yilnomalarida Yuanchjen deb berilgan. Yilnomalardagi sharq turklariga oid materiallarni ikki tom qilib «Die chinishen Naxrishtenzur Geshixt der ost-Turken» (Sharqiy turklar tarixiga oid xitoy manbalari, Visbaden, 1958) nomi Bilan nashr qilgan Liu Mautsay To‘nyuquq boshqa shaxs degan fikrni bildirgan edi. Biroq leningradlik olim S.G.Klyashtorniy Yuanchjen Bilan To‘nyuquqning bir shaxs ekanligini tarixiy va til nuqtai nazaridan isbotlab berdi.
Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi sharqdagi Bain Tsokto manzilida topilgan va hozir ham o‘sha erda saqlanadi. Bitik 62 satrdan iborat bo‘lib, janub va shimol tomonlariga bir-biriga qaratib qo‘yilgan ikkita to‘rt qirrali tosh ustunga yuqoridan pastga qarab yozilgan. Janubdagi ustunning balandligi 170 sm, shimoldagisiniki 160 sm. Bitikning 1-7-satrlari toshlardan birining g‘arbga, 8-17- satrlari janubga, 18-24-satrlari sharqqa, 25-35-satrlari shimolga qaragan tarafiga yozilgan. Bitikning 36-44-satrlari ikkinchi toshning g‘arbga, 45-50-satrlari janubga, 51-58-satrlari sharqqa va 59-62-satrlari shimol tarafiga bitilgan.
Bitiktoshni Elizaveta Klements 1897 yilda Shimoliy Mo‘g‘uliston ekspeditsiyasiga Eri Dmitriy Klements bilan birga borganda topgan. Dastlab bitiktoshning fotosuratini, retushsiz va retushlangan estampajlarini, transkriptsiya va nemischa tarjimasini V.V.Radlov 1899 yilda nashr etdi. Vilgelm Tomsen «Fin- ugor madaniyati yodgorliklari» (Xelsingfors, 1916, 77-son)da bosilgan asarida
Radlovning transkriptsiya va tarjimasiga tuzatishlar kiritgan va so‘ngra bitikni dan tiliga tarjima qilib, tadqiqotchi bilan 1922 yilda Kopengagenda nashr qilgan. Buni dan tilidan nemis tiliga X.Sheder tarjima qilib, «Nemis sharqshunoslari jamiyati to‘plami» (Leyptsing, 1924-25, 78-jild)da va D.Ross ingliz tiliga tarjima qilib,
«Sharq bilimlari maktabi byuletteni» (London, 1930-32, 6-jild)da nashr qildilar. Keyinchalik bu bitikni turkcha tarjimasida H.N.Orqun, ruscha tarjimasida S.E.Malov, nemischa tarjimasida fin olimlari G.Ramstedt, I.Grano va P.Aalto, inglizcha tarjimasida T.Tekin nashr etdilar. Bitikning oxirgi ilmiy nashrini frantsuzcha tarjimasi bilan 1961 yilda R.Jiro amalga oshirdi. Qozoq olimi G.Aydarov ham urxun yodgorliklari tiliga bag‘ishlangan kitobiga bu bitikni ruscha tarjimasi bilan kiritgan. Bu asar tekstining shuncha nashri va tarjimasi bo‘lishiga qaramay, hanuz uning o‘qilishi va mazmuniga oid noaniqliklar bor. Quyida To‘nyuquq bitikining estampaji, bosma teksti, trankriptsiyasi hamda uning mazmunini beramiz.




Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin