Payt ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmunning ro‘y berish vaqtini ifodalaydi va bosh gapga o‘rin –payt, chiqish kelishigi shakli orqali bog‘lanadi: Äčimqağanqamšağboltuqïnta,bodunölügigligboltuqïntaIzgilbodunbirläsüŋüshdimiz – amakim xoqonning davlati zaif boʻlganda, xalq oʻlib, kasal boʻlib turganda Izgil xalqi bilan jang qildim; Üzä kök täŋri asra yağïz yär qïlïntuqda, äkinara kisi oğlï qïlïnmïs– Yuqorida koʻk osmon, pastda qoʻngʻir yer yaratilganda ikkisining oʻrtasida inson bolasi yaratilgan (KT).
Sabab ergash gapli qoʻshma gap. Sabab ergash gapni tashkil etgan gap bosh gapdan anglashilgan harakat-holatning ro‘y berish sababini bildiradi, ergash gapni bosh gapga bog‘lashda üčün ko‘makchisi xizmat qiladi. Bunda ergash gap kesimi sifatdosh yoki ot, sifat orqali ifodalanadi. Masalan: Täŋriyarlïqaduqüčünöküštäyin biz qorqmadïmïz süŋüšdimiz – Tangri yorlaqagani uchun koʻp, biz qoʻrqmadik, jang qildik (Toʻn); Täŋri küč bärtük üčün qaŋïm qağan süsi böritäg ärmis - Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning qoʻshini boʻriday ekan (KT).
Shartergashgap bosh gapdan anglashilgan mazmun qanday shart- sharoitlarda ro‘y berishini ko‘rsatadi va kesimi shart fe’li yoki ot bilan ifodalanadi: Üzätäŋribasmasar,asrayärtälinmäsär,türkbodunäliŋintörüŋinartatï? – Tepadan osmon bosmagan boʻlsa, pastda yer yorilmagan boʻlsa, turk xalqi eling, qonun-qoidangni kim buzdi? (KT); Ältärišqağanqazğanmasar,udubänözümqazğanmasar,älyämä,bodunyämäyoqärtäčiärti– Eltariš xoqon (gʻalaba) qozonmasa, soʻŋra men oʻzim qozonmasam, el ham, xalq ham yoq boʻlar edi (Toʻn).