Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə70/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Ega ergash gapli qoʻshma gap bosh gapda ishtirok etgan yoki tushirib qoldirilgan egani izohlab keladi: Ïda tašda qalmïšï qobranib yäti yüz boltï – Toqayda, toshda qolgani toʻplanib, yetti yuz kishi boʻldi; Äki biŋ ärtimiz biz, äki sü boltï - ikki ming kishi edik biz, ikki qoʻshin boʻldi (Toʻn).
Kesim ergash gapli qoʻshma gapda bosh gapda ishtirok etgan yoki tushirib qoldirilgan kesim izohlanadi: Apa tarqanğaru ičrä sab ïdmïs: Bilgä Tonyuquq anïğ ol – apa tarxonga yashirin xat yubormish: Bilga Toʻnyuquq yomon u ((Toʻn); Ol äki kiši bar ärsär, säni tabğačïğ ölürtäči tirmän - Oʻsha ikki kishi bor boʻlsa, seni - tabgʻachni oʻldirajak, derman.
Aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap. Bu xil ergash gaplar bosh gap tarkibida kelib, bevosita oʻzi aniqlab kelayotgan otning oldida qoʻllanadi: Qaŋïmïz äčimiz qazğanmïš bodun atï, küsi yoq bolmazun yin türk bodun üčün tün udïmadïm, küntüz olurmadïm - otamiz, akamiz qozongan xalqning nomi, shuhrati yoʻq
boʻlmasun deb turk xalqi uchun kechasi uxlamadim, kunduzi oʻtirmadim (KT); Közün körmädük qulğaqïn äsidmädük bodunïm - koʻz bilan koʻrmagan, quloq bilan eshitmagan xalqim (KT).
Toʻldiruvchi ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh-toʻldiruvcni yoki fe’l- kesimning ma’nosini izohlaydi va bosh gap mazmunini toʻldiradi: Äki šad ulayu ini yigünim, oğlanïm, bäglärim, bodunïm közi, qašï yablaq boltačï täp, saqïntïm ikki shad keyingi ini jiyanim, bolam, beklarim, xalqimning koʻzi, qoshi yomon boʻladi deb, oʻyladim (KT).
Maqsad ergash gapli qoʻshma gapda qismlarning biri ikkinchisidan anglashilgan mazmun nima maqsadda ro‘y berishini ifodalaydi, täyin va uning variantlari vositasida bosh gapga bogʻlanadi. Masalan: Türk bodun yitmäzün täyin yoluq ärmäzün täyin üzä täŋri tär ärmiš… - turk xalqi yoʻqolmasin deb, qurbon boʻlmasin deb, koʻkdagi Tangri der emish ...(Oʻn); Yalabačï ädgü sabï ötügi kälmäz täyin yayïn sülädim – elcnisi, ezgu soʻzi, arzi dodi kelmayapdi deb, yozda lashkar tortdim (BX).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin