Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə81/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

OʻNGIN BITIGTOSHI


Bu bitiktoshni dastlab ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish xoqon va uning xotini Elbilga xotun sharafiga, so‘ngra Qapag‘an xoqon sharafiga qo‘yilgan deb taxmin qilingan edi. J.Kloson bitikning ayrim erlariga tuzatish kiritib, yuqoridagi fikrlarning noto‘g‘riligini isbotladi va bitiktosh Qapag‘an Bilan Bilga xoqonlarning sarkardasi Alp Eletmish sharafiga 732 - yilda qo‘yilgan degan qarorga keldi.


Bu sarkarda 731-yilda o‘lgan deb taxmin qilinadi, A.A.Rajabov Oʻngin bitiktoshini 692 yoki 689-yilda Eltaras (Eltarish) xoqonning yaqinlaridan Ishbara tamg‘an tarqan otasi Eletmish Yabg‘u va akasi Chur Yo‘g‘a sharafiga o‘rnatgan degan xulosaga keldi. Bitiktosh Mo‘g‘ulistondagi Kosho – Tsaydam vodiysidan 180 km janubda, Ungin (Oʻngin) vodiysiga o‘rnatilgan va hozir ham o‘z o‘rnida.
Bitik yigirma satrdan iborat bo‘lib, sakkiz satri (0) toshning yuz tomoniga, to‘rt satr (Oa) o‘ng tomoniga o‘ngdan yuqoridan pastga qarab yozilgan va etti satr (Ov) yuqorida gorizontal holatda yozilgan. Uning bir satri (Os) boshqa bir toshga
yozilgan.

    1. Radlov 1892-yilda bitikning retushsiz estapmajini «Atlas drevnostey Mongolii» yoki («Atlas der alterxumer der Mongoley») (Mo‘g‘uliston obidalarining atlasi)da va 1896 yilda shu atlasning 3-kitobida (83-lavha) retushlangan estampaji bilan birga ikkinchi marta nashr qildi. 1895 yilda yodnomaning bosma asl tekstini, tranliteratsiya va transkriptsiyani nemischa tarjimasi bilan «Die altturkishen inshriften der Mongoley» (Mo‘g‘ulistonning qadimgi turk bitiklari) nomli kitobida bosib chiqardi.

Yodnomani 1939-yilda H.N.Orqun turkcha tarjimasi bilan nashr qildi. Undan keyin S.E.Malov, V.V.Radlov va H.N.Orqunning tarjimalarini hisobga olgan holda bitikning ruschaga tarjimasini teksti bilan nashr etdi.
Ungin bitikini inglizcha tarjimasi, tadqiqoti va kritik teksti bilan 1957-yilda Jerard Kloson bosmadan chiqardi.


Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin