Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə64/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Oğuzuğ öküšäk ölürti gapida hokim va tobe munosabati qanday kechgan?

  1. kelishikli boshqaruv S) moslashuv

  2. bitishuv D) koʻmakchili boshqaruv



ADABIYOTLAR



1982.


  1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи,




  1. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy

grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.

  1. Абдурахманов Г. Исследования по старотюркскому синтаксису. – М.: Наука, 1967.

  2. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.

  3. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.

  4. Серебренников Б.А., Гаджиева Н.З. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. -Баку, 1979.



    1. § GAP BOʻLAKLARI




Asosiy tushunchalar: gap bolagi, gapning ikkinchi darajali bolaklari, kesim, ega, toldiruvchi, aniqlovchi, hol, sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi, izohlovchi, darak, so‘roq, buyruq gaplar.

Gapda so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo‘laklarini hosil qiladi. Gap bo‘laklari vazifasida mustaqil so‘zlar keladi. Har bir gap bo‘lagi boshqa gap bo‘laklari bilan bo‘lgan grammatik munosabatiga ko‘ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo‘lagi o‘zi munosabatga kirishgan so‘z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo‘ladi. Gap tarkibida tobe bog‘lanib ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasiga gap bolagi deyiladi. So‘zning qaysi bo‘lak vazifasida kelayotganligi hokim bo‘lakka nisbatan aniqlanadi. Gapda kesimgina boshqa bo‘laklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi, chunki uning kesim ekanligini kesimlik shakllari ko‘rsatib turadi. Qolgan bo‘laklar kesimga nisbatan aniqlanadi.


Gap bo‘laklari: kesim, ega, toldiruvchi, aniqlovchi, hol. Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish- harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi. Toldiruvchi, aniqlovchi, hol bo‘laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bolaklari deyiladi.
Qadimgi turkiy tilda xozirgi turkiy tillardagi kabi bosh bo‘laklar (ega va kesim), ikkinchi darajali bo‘laklar (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol) bo‘lgan. Ammo bu

bo‘laklar shakllanishi va o‘rniga ko‘ra turkiy tillardagi boʻlaklardan farqlanadi.
Ega ish-harakat, belgi-xususiyatning egasi, gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildiruvchi gap bo‘lagidir. Shuning uchun ham ega bosh kelishik formasida bo‘ladi: Tabğač qağan yağïmïz ärti - Tabgʻach xoqon dushmanimiz erdi. Biroq qadimgi turkiy tilda har qanday bosh kelishikdagi so‘z ham ega bo‘la olmaydi. Qağanï sü tasïqdï (To‘n) - xoqoni lashkar bilan yo‘lga chiqdi. Ega birinchi yoki ikkinchi shaxsga taalluqli bo‘lganda ko‘pincha ifodalanmaydi. Qadimgi turkiy tilda uchinchi shaxsga oid egalar ham ba’zan ifodalanmagan. Bunday eganing mazmuni umumiy matndan ayon bo‘lib turgan: Tegdimiz, yaydïmïzi (To‘n) – hujum qildik, tor-mor etdik.
I va II shaxsdagi ega ta’kidlash zarur bo‘lgan o‘rinlarda qo‘llanadi: Biz az biz
– biz ozmiz (oz kishimiz) (Oʻng). Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari jo‘nalish kelishigidagi ot ham ega vazifasida qo‘llangan: Ičrä ašsïz, tašra tonsïz (KT) - ichi oshsiz (oziq-ovqatsiz), tashi to‘nsiz (kiyim-kechaksiz).
Kesim. Kesim gapni shakllantiruvchi asosiy bo‘lakdir. Qadimgi turkiy tilda kesim vazifasida fe’lning turli zamon va mayl formalari, funktsional shakllari qo‘llanib, fe’l kesimli gaplarni yuzaga keltirgan. Ot kesimli gaplarning kesimi ot, sifat, son, olmosh, ravish orqali ifodalangan. Bu xil kesimlar orqali turli zamon, mayl va modal munosabatlarni ifodalash uchun bog‘lamalar va shu vazifadagi yordamchi so‘zlar qo‘llangan:

  1. ӓr: Bir turuqı ӓrmis – bir manzil ekan (To’n). Är mustaqil ravishda kesim vazifasini ham bajaradi: Näŋ näŋ sabïm ärsär baŋu tashqa urtïm – Himaiki soʻzim boʻlsa, mangu toshga yozdim (BX).

  2. turur: bars ölgӓli... turur - bars oʻlishga (yaqin) turibdi (Oltun yorugʻ).

  3. bol-: Kültägin kärgäk boltï – Kultegin kerak boʻldi (KT); ӓl yemӓ ӓl boltï— El ham el bo’ldi (Toʻn).

Bu davr tilida kesimlarni qator, ketma-ket keltirish yoli bilan murakkab fikrlar aks etgan: Qağanqa qïrqïz bodunï ičikdi, yükünti - xoqonga qirgʻiz xalqi taslim boʻldi, yukundi (KT).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin