Mavzu: gapning bo`laklarga ajratilishi



Yüklə 37,11 Kb.
səhifə1/7
tarix16.01.2023
ölçüsü37,11 Kb.
#79362
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu gapning bo`laklarga ajratilishi


Mavzu: GAPNING BO`LAKLARGA AJRATILISHI

Gapda so`zlar o`zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo`laklarini hosil qiladi. Gap bo`laklari vazifasida mustaqil so`zlar qo`llanadi.


Gap bo`laklari 5ta: kesim, ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga bog`lanib, undan anglashilgan belgi egasi yoki harakat bajaruvchisini ifodalaydi.
To`ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo`laklari esa ega yoki kesimga tobelanib, ularni to`ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shu sababli ular gapning ikkinchi darajali bo`laklari deyiladi.
Ega va kesim yoki kesimning o`zi gapning grammatik asosini tashkil qiladi: bahor gullari erta ochildi. Ko`p yeyish zararli.Bugun yig`ilishga boriladi.
KESIM VA UNING IFODALANISHI
Gapni yuzaga keltirish, fikr ifodalash jihatidan kesim gapdagi eng ahamiyatli bo`lak sanaladi. Kesim gapda asosiy fikr - hukmni ifodalaydi, gaplikning asosiy belgilarini ko`rsatuvchi eng muhim bo`lak sanaladi. Kesim ifodalanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: fe’l kesim va ot kesim
Fe’l kesim fe’lning turli shakllari bilan ifodalanadi: Odamlar tarqala boshladi. Fe’l kesimlar quyidagi shakllarga ega:

  • sof fe’l kesimlar: Halol mehnat kishini ulug`laydi.

  • ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Ishning boshi boshlanguncha.

  • sifatdosh bilan ifodalangan kesim: Yurtimizda ulkan qurilishlar boshlangan.

Ot kesim fe’ldan boshqa turkumlar, hamda harakat nomi shakli bilan ifodalanadi:

  • ot bilan: Anvar bo`shanggina bola edi.

  • sifat bilan: Uyat o`limdan qattiq.

  • son bilan: Oltining yarmi - uch.

  • olmosh bilan: Bizda odat – shu.

  • ravish bilan: Oramizda a’lochilar ko`p.

  • harakat nomi bilan: O`qish – hayotni tushunish.

  • modal so`z bilan: Sizda ishim bor.

  • taqlid so`z bilan: Hamma yoq g`ovur-g`uvur.

  • ot kesim jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigidagi so`zlar bilan ham ifodalanilishi mumkin: Bu gullar sizga, Barcha gunoh unda . Qaratqich va tushum kelishigidagi so`zlar kesim vazifasida kela olmaydi.

Bundan tashqari kesim ibora bilan ham ifodalanadi: Sobir kalavaning uchini topdi.
Kesimlarning tuzilishiga ko`ra sodda kesim va murakkab kesimga bo`linadi.
Sodda kesimlar: bir qism (so`z)dan iborat bo`ladi. Sodda kesimlar – sodda ot kesimlar va sodda fe’l kesimlarga bo`linadi: Ilyosning akasi - fermer. Ko`pchilik buni eshitmadi.
Murakkab kesimlar – ikki yoki undan ortiq qismlardan tuziladi.
Murakkab fe’l kesim FE’L + FE’L tipida bo`ladi va quyidagicha tuziladi:

  • ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmalaridan: Nigora ko`chada do`stini ko`rib qoldi. Hamma sekin tarqala boshladi.

  • sifatdosh va maqsad maylidagi fe’l va to`liqsiz fe’lli shakllardan: U uyga borgan edi. U o`rnidan turmoqchi edi. Ko`pchilik bu xabarni hali eshitmagan edi.

Murakkab ot kesimlar OT + FE’L tipida bo`ladi, quyidagicha ifodalanadi.

  • ot + fe’l tipidagi qo`shma fe’llar bilan: (ahd qilmoq, vada bermoq, vafot etmoq, taklif qilmoq) O`qituvchimiz bizdan juda xursand bo`ldi. Bola topshiriqni vaqtida bajarishga so`z berdi.

  • harakat nomi hamda kerak, lozim, shart kabi so`zlardan: Har bir o`quvchi topshiriqni vaqtida bajarishi kerak.O`qituvchi dastavval tarbiyachi bo`lishi lozim.

  • ot (keng ma’noda)+ bog`lama shaklida: Havo issiq bo`ldi. U kasal ekan.


Yüklə 37,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin