IZOHLOVCHI Izohlovchi aniqlovchining bir ko`rinishi bo`lib, u shaxs yoki narsani boshqacha nomlaydi. Izohlovchi asosan ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi bog`langan bo`lak izohlanmish deb yuritiladi. Izohlanmish shaxsning millati, kasbi, unBoni, jinsi, qarindoshligi kabi qo`shimcha belgilarini tavsiflab keladi:
unvon, amalni: Kapitan Soliev huzuriga chaqirdi. Direktor Nabiev biz bilan suhvatlashdi.
yosh, jins, qarindoshlik darajasini: Chol bobo hamrohi bilan gaplashib o`tirar edi. Sobir amakim narigi mahallada yashaydi.
laqabni: Asadbek suvilonni yaxshi bilaman.
taxallusini: Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek Toshkentda tug`ilgan.
narsa-buyumning o`xshashligini: Ona vatanimizga sodiq bo`laylik!
gazeta, jurnal, asarlar, muassasa va joy nomlari nomini bildirgan atoqli otlar: «Xalq so`zi» gazetasi, «Nafosat» do`koni, «Navoiy» romani, «G`uncha» dastasi.
GAP BO`LAKLARINING TARTIBI Gap bo`laklarining tartibi ikki xil bo`ladi: odatdagi tartib va o`zgargan tartib.
O`zbek tilida gap bo`laklarining joylashishi tartibi erkin bo`lsa ham, ular gapda ma’lum qoidalar asosida joylashadi. Odatdagi tartibda gap bo`laklari quyidagicha bo`ladi:
ega oldin, kesim esa gapning oxirida keladi: Zebi onasining javobini oldindan bilardi.
payt va o`rin hollari egadan oldin keladi: Kecha guruhimiz yig`ilishi bo`ldi. Mehmonxonadan ko`zlarini uqalay-uqalay Miryoqub chiqib keldi.
To`ldiruvchi egadan keyin keladi: Kecha yosh havaskorlar bizga katta tomosha ko`rsatishdi.
vaziyat holi kesimdan oldin keladi: Daryo uzoqdan jimirlab ko`rinar edi.
O`zgargan tartib inversiya deyiladi. She’riyatda yoki so`zlashuv nutqida o`zgargan tartib qo`llangan bo`lishi mumkin: To`xtat gapni! (to`ldiruvchi va kesim tartibi o`zgargan). Shamol esadi g`ir-g`ir. (Hol va kesim tartibi o`zgargan). Gulla, yashna, O`zbekiston! (Ega va kesim tartibi o`zgargan).
Gap bo`laklarining odatdagi va o`zgargan tartibining nutqda o`z qo`llanish o`rinlari bor. Odatdagi tartib ilmiy uslub uchun xos bo`lsa, o`zgargan tartib og`zaki nutq hamda badiiy uslub uchun xosdir.