Mavzu: gapning bo`laklarga ajratilishi



Yüklə 37,11 Kb.
səhifə2/7
tarix16.01.2023
ölçüsü37,11 Kb.
#79362
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu gapning bo`laklarga ajratilishi

BOG`LAMA
Ot kesim tarkibida qo`llanuvchi kesimlik ko`rsatkichidir. U kesim bilan egani bog`lashga xizmat qiluvchi vosita bo`lib, mustaqil ma’nosini yo`qotadi. Bog`lamalar fe’l bo`lmagan so`zlar bilan qo`llanib, kesimni shakllantiradi, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi. Yakka o`zi hukm ifodalamaydi, asosiy hukm ot kesimda bo`ladi. Bog`lamani ot kesim tarkibidan tushirib qoldirish yoki almashtirish mumkin. Bog`lama vazifasida: bo`lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq, qilmoq, edi , ekan, emish kabi so`zlari qo`llanadi: Bu bizning maqsadimiz sanaladi (maqsadimizdir). Bizda odat mana shu edi. Yolg`onchining rost so`zi ham yolg`on bo`lur.
Kesim birikmali holda ham ifodalanishi mumkin. Bunda hukm murakkab shaklda ifodalanadi, kesimning tarkibiu qismlari orasida ichki sintaktik bog`lanish bo`ladi, so`zlar o`zaro sintaktik aloqaga kirishadi: Navoiy g`azal mulkining sultonidir. Dadam qo`li ochiq odam edilar. Komil insonlardagi ajoyib fazilat o`tmishni unutmaslikdir.
Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari. Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog`lamali va bog`lamasiz qo`llangan ot kesimlar mustaqil kesim sanaladi: Jahl - dushman, aql - do`st. Bu qiz Gulnor edi. Qaydadir bo`g`otdan suv tomchilaydi.
Shart mayli shaklidagi kesim nomustaqil kesim shakli sanaladi. Ular asosan ergashgan qo`shma gaplarda ergash gaplarning kesimi vazifasida qo`llanadi: Agar shu ko`rganlarini hikoya qilib bersa, hech kim ishonmaydi. Havo bulut bo`lsa ham, yomg`ir yog`madi. Mehmonlar kelishsa, biz ularni samimiy kutib olamiz.
Istak gaplarning kesimi, garchi ular shart mayli shaklida qo`llansa ham, mustaqil kesim sanaladi: Qani edi, hamma sizga o`xshasa. Bugun bir osh qilsak.
OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING ISHLATILISHI
Ega va ot kesim orasida quyidagi hollarda tire qo`yiladi:

  • kesim bog`lamasiz ot bilan ifodalanganda: Mening opam – o`qituvchi.

  • kesim olmosh bilan ifodalanganda: Hammamizning fikrimiz – shu.

  • kesim harakat nomi bilan ifodalanganda: Bizning maqsadimiz - o`qish.

  • kesim son bilan ifodalansa: Besh – o`nning yarmi.

  • ega va kesim bir xil so`zlardan tarkib topgan bo`lib, tenglashtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalasa: Sog`lig`im – boyligim. Rejasiz ish – qolipsiz g`isht.

  • ega ma’nosi ta’kidlab ko`rsatilganda: Men – intiluvchan talabaman. Urush – quyon ovi emas. Sen – mening eng qadrdonimsan.

  • ega ko`rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Bu – siz uchun katta sinovdir.

  • kesim sifat yoki tartib son bilan ifodalansa tire qo`yilmaydi: Ko`chalar egri-bugri. Bizning uyimiz beshinchi.

  • ega bilan ot kesim orasida ham bog`lovchisi qo`llansa tire qo`yilmaydi: Bular ham odam. Karim ham talaba.


Yüklə 37,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin