EGA VA UNING IFODALANISHI Gap kesimining qo`shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini anglashtiruvchi bo`lak egadir. Ega kesim orqali kim? nima? qayer? kimlar? nimalar? so`roqlariga javob bo`ladi. Bosh kelishik shaklidagi ot, olmosh va otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi, ba’zan egalik, ko`plik shakllarini qabul qilishi mumkin: Atrof jim-jit. Kishilar uni maqtashdi. Izlaganim – siz. Ega quyidagi so`z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Yoqimli shamol gul hidlarini taratdi Olmosh bilan: Ular yig`ilishga borishdi. Bu - meni tug`ilgan tuproq.
Otlashgan sifat: Yaxshilar ko`paysin. Jazirama ertalabdan yondiryapti.
Otlashgan son: Biri o`qisa, biri yozadi.
Otlashgan ravish: Ko`pi ketib, ozi qoldi Otlashgan sifatdosh: O`tirganlar qarsak chalishdi. Chumchuqdan qo`rqqan tariq ekmaydi. Harakat nomi: Oftobda yurish foydali Ibora bilan: Tirnoq ostidan kir qidirish uning odati. Birikmali ifodalanadi: Vatanni sevmoq imondandir. Mehnat qilib topganing – qandu asal totganing. Sodda gaplar eganing ishtirokiga ko`ra egali va egasiz gaplarga bo`linadi. Gapning grammatik asosi ega va kesimdan iborat bo`lsa egali (ikki bosh bo`lakli gaplar), faqat kesimning o`zidan iborat bo`lsa egasiz (bir bosh bo`lakli gaplar) deb yuritiladi O`rikzor xira pardaga burkandi. Sochilgan urug` unib chiqadi. Shaftolizor bog`larni ko`rdim. Jo`jani kuzda sanaydilar. HOL Hol ish-harakatning belgisini bildiruvchi gap bo`lagidir. Hol ko`proq gap markazi kesimga bog`lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o`rnini, paytini, holatini, sababini, maqsadini bildiradigan ikkinchi darajali bo`lakdir. Hollar ma’noga qo`ra 8 ga bo`linadi:
1.vaziyat (ravish) holi – ish-harakatning qanday tarzda bajarilganligini bildiradi, qay holda? qanday? qanday qilib? so`roqlariga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi:
holat ravishlari bilan: astoydil gapirmoq, ketma-ket joylashmoq, tez yurmoq, sekin gapirmoq.
sifat bilan: samimiy gaplashmoq, yaxshi o`qimoq, go`zal ko`rinmoq.
2.O`rin holi – ish-harakatning bajarilish o`rnini bildiradi qayerda? qayerga? qayerdan? so`roqlariga javob bo`lib, quyidagicha ifodalanadi:
ot bilan: uyga bormoq, maktabdan chiqmoq, xonada joylashmoq.
o`rin ravishlari bilan: olisdan ko`rinmoq, ichkarida o`tirmoq, oldinda yurmoq.
O`rin holi o`zi ergashgan so`zga boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi. O`rin holi makon, zamon kelishiklari (jo`nalish, o`rin-payt, chiqish) kelishigidagi so`zlar, ko`makchili otlar va o`rin ravishlari bilan ifodalanadi.
3.Payt holi - ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? so`roqlariga javob bo`ladi. Payt holi quidagicha ifodalanadi:
payt ravishlari bilan: yildan yilga kuchaymoq, kechadan beri kutdi, bir ozdan keyin keldi.
payt ma’noli ko`makchili so`z birikmalari bilan: Bundan besh yil ilgari uchrashgan edik. O`sha kundan beri bu Voqeani unutolmayman.
4.Daraja-miqdor holi – ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha? qay darajada? necha marta? necha? kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi:
miqdor ravishlari bilan: ko`p o`qiydi, sal qiynaldi, juda qiynaldi, kam o`qiydi.
son bilan: Bir gapirib o`n kuladi.,Yuz marta eshitgandan bir marta ko`rgan yaxshi.
olmosh bilan: shuncha kutdi, buncha kekkaydi, uncha gapirmang.
5.Sabab holi – ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi, nima uchun? nima sababdan? so`roqlariga javob bo`ladi.Quyidagicha ifodalanadi.
-lik, -sizlik qo`shimchalarini olgan otlar bilan: Tashnalikdan lablari qaqrab ketdi. Suvsizlikdan ekinlar qurib qoldi.
-gani qo`shimchali sifatdoshlar bilan:Qo`rqqanidan bir og`iz ham gapirolmadi.
sababli, tufayli, uchun ko`makchili qurilmalar bilan: Tinchlik tufayli yurt obod. Yaxshi o`qigani uchun mukofotlandi.
Shu o`rinda sabab holli sodda gaplar sabab ergash gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim: Udars tayyorlamagani uchunkelmadi. O`qituvchikelmagani uchundarsbo`lmadi. 6.Maqsad holi – ish-harakatning yuzaga kelish maqsadini bildiradi. Nima uchun? nima maqsadda? nima qilgani? so`roqlariga javob bo`ladi. Maqsad holi quyidagicha ifodalanadi:
maqsad ravishdoshlari bilan: ko`rishgani qo`l uzatdi, o`qigani kelganmiz;
ot+ko`makchi shaklida: Tinchlik uchun kurashamiz.
sifatdosh+ko`makchi shaklida:
harakat nomi+ko`makchi shaklida: Qoratoy uni surishtirish uchun yelib yugurdi.
maqsad ravishlari bilan: Bizlar atayin sizni izlab keldik. Maqsad holli sodda gaplarni maqsad gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim:
Mashina po`lat etakdagi paxtani bo`shatish uchunchetga chiqdi. Bola tinchuhlashi uchun xona salqin bo`lishi lozim. 7.Shart holi - ish-harakatning yuzaga kelish shartini bildiradi. Gapning asosi-kesimga bog`lanib, fe’lning shart mayli shaklida bo`ladi. Mashina charchasa to`xtaydi.Talaba izlansa yutadi. Shart holli sodda gaplarni ergashgan qo`shma gaplardan farqlash lozim: Havo bulut bo`lsa yomg`ir yog`adi. Men borsam, siz kelasiz.– qo`shma gap.
Karim o`qisa biladi. Dildora maktabni tugatsa keladi. – shart holli sodda gap.
8.To`siqsizlik holi kesimga bog`lanib, ish-harakatning yuzaga kelishida to`siq bo`la olmagan holatni bildiradi. Fe’lning shart mayli shakli –sa +ham yuklamasi shaklidagi so`zlar yoki birikmalar bilan ifodalanadi: U charchasa ham ishini davom ettirdi. Bola qancha o`qisa ham masalaga tushunmadi. Bunday qurilmalarni to`siqsiz ergash gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim:Havo bulut bo`lsa ham yomg`ir yog`madi.