Mavzu: gapning bo`laklarga ajratilishi



Yüklə 37,11 Kb.
səhifə4/7
tarix16.01.2023
ölçüsü37,11 Kb.
#79362
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu gapning bo`laklarga ajratilishi

TO`LDIRUVCHI
Gapdagi biror bo`lakka, ko`pincha kesimga boshqaruv yo`li bilan birikib, uni to`ldirib, izohlab kelgan bo`lak to`ldiruvchi deyiladi. To`ldiruvchi ish-harakatga vosita bo`lgan yoki bo`la olmagan predmetni bildiradi. Masalan: Maydonni g`o`zapoyadan tozalashdi. To`ldiruvchi ikki xil bo`ladi: vositasiz to`ldiruvchi va vositali to`ldiruvchi.
Vositasiz to`ldiruvchi–belgili yoki belgisiz tushum kelishigidagi so`z bilan ifodalanadi. Kimni? nimani? qayerni? so`roqlariga javob bo`ladi: Qiz zavq bilan ashula aytdi. Terimchilar paxta terishyapti. vositasiz to`ldiruvchi tushum kelishigidagi ot, olmosh va otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi:

  • ot bilan: Barcha bolalarni taklif qildik.

  • olmosh bilan: Bizni teatrga taklif qilishdi.

  • otlashgan sifat bilan: Yaxshini maqtasa yarashu.r

  • son bilan: Uchalasini chaqirib qolishdi.

  • ravish bilan: Hosilning ko`pini yo`qotdik.

  • sifatdosh bilan: Bo`linganni bo`ri yer.

  • ibora bilan: Tirnoq ostidan kir qidiruvchilarni yomon ko`raman.

  • taqlid so`zlar bilan: Qushlarning chug`ur-chug`uri eshitildi.

Vositali to`ldiruvchi – jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigi hamda ko`makchilarbilan qo`llangan ot, olmosh yoki otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi. Kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kim uchun? kim tomonidan? so`roqlariga javob bo`ladi: Yovdan qo`rqqan yovga do`st. Qo`rqqanga qo`sha ko`rinur. Biz sen bilan ketamiz. Uyat o`limdan qattiq. Og`zi bo`shga ishonmang. Rahbarlar tomonidan ish berildi.
ANIQLOVCHI
Gapda biror bo`lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashliligini bildiruvchi bo`lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi bog`langan bo`lak aniqlanmish deyiladi. Aniqlovchi gapda quyidagi bo`laklarga tobelanishi mumkin:

  • egaga tobelanadi: Mayda qor yog`ib turibdi. Qalandarovning hovlisi kattagina ekan.

  • ot kesimga tobelanadi: Ergash ota – bizning qadrdon qo`shnimiz.

  • to`ldiruvchiga tobelanadi: Bu sovg`ani o`quvchilar tayyorlashgan.

  • holga tobelanadi: Sevimli vatanimizda bayramlar ko`p.

Aniqlovchilar bir xil narsa-buyumning belgisini yoki narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirishiga ko`ra ikki turga ajratiladi: sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi.
Sifatlovchi-aniqlovchi – predmetning belgisini bildiradi. Qanday? qanaqa? Qaysi? qancha? necha? qayerdagi? nechanchi? so`roqlariga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi.

  • sifat bilan: Sevimli vatanimda toshqin daryodek hayot jo`sh uradi.

  • sifatdosh bilan: Yig`ilgan odamlar ichkariga kirishdi.

  • ot bilan: Asfalt ko`chadan mashinalar g`iz-g`iz o`tardi.

  • son bilan: O`n beshtacha odam yig`ildi.

  • ravish bilan: Ko`p odamlar buni bilishmaydi.

  • taqlid so`z bilan: Chug`ur-chug`ur bolalar to`planishdi.

  • ibora bilan: Qo`li ochiq odamlar ko`p.

Qaratqich-aniqlovchi – kimning? nimaning? qayerning? so`roqlariga javob bo`ladi. Belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigidagi shakllari mavjud: Yigitning so`zlarini diqqat bilan tingladik. Og`zi bo`shning ichida gap yotmaydi. Ota-onalar majlisiga yig`ildik. Shahar ko`chalarida kezdik.

Yüklə 37,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin