Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə20/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

L undoshi oʻrxun-yenisey yodgorliklarida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda lom ل harfi orqali ifodalangan. Sonor turkiy tillarning xususiyatidan kelib chiqib, so‘z boshida uchramaydi, so‘z o‘rtasi va oxirida mavjud: altï otuz “yigirma olti” (BX), Eltärish qağan “Eltarish xoqon” (Toʻn), yïğïlmïš “yigʻilgan”(Oltun yorug‘).
R sonori oʻrxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida- alohida harflar hamda qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda re ر harfi yordamida qayd etilgan. Sirg‘aluvchi, til oldi vibrant tovush, turkiy so‘zlarning boshida kelmaydi. Qaltiroq yoki vibrant undosh deb til uchining titrashi natijasida vujudga kelgan tovushga aytiladi: arqïš “karvon” (BX), qurïğaru “g‘arbga” (KT), yağïz yer “qo‘ng‘ir yer” (KT).
N undoshi oʻrxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar, qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda nun ن harfi orqali ifodalangan. Bu tovush til oldi, portlovchi, sonor, nazal bo‘lib, so‘z boshida kamroq, boshqa o‘rinlarda ko‘proq uchraydi: näŋ “narsa” (KT), ana “ona” (Toʻn), tümän “o‘n ming” (BX).
Ŋ sonori oʻrxun-yenisey xatida maxsus harf, uyg‘ur va arab yozuvlarida nun ن va kof ک harflari orqali ifodalangan. Sirg‘aluvchi, burun tovushi, so‘z o‘rtasi va oxirida qo‘llanadi17: köŋül “ko‘ngil” (Ton), küŋ boltï “joriya bo‘ldi” (KT), bïŋ “ming” (Toʻn).
Yonma-yon kelgan undoshlarni ifodalovchi harflar LT: qul boltï “qul bo‘ldi” (KT), baltu “bolta” (Oltun yorug‘), yoltuz
“yulduz” (KT).
NT: yont “ot” (MCh), käntü “o‘z” (KT), küntüz “kunduz” (Toʻn).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin