Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili


Ğ undoshi undoshi o‘rxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda g‘ayn



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə18/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Ğ undoshi undoshi o‘rxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda g‘ayn غ bilan berilgan. Bu jarangli, chuqur til orqa, sirg‘aluvchi tovush sonor, jarangli, jarangsiz undoshlar hamda orqa qator unlilar bilan yonma-yon keladi: qağan “xoqon” (KT), yadağ “yayov” (To‘n), sïğta “yig‘la” (Oltun yorug‘), oğuz bodun “o‘g‘uz xalqi” (To‘n).
G o‘rxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda gof گ orqali berilgan. Bu jarangli, sayoz til orqa, sirg‘aluvchi tovush




16 Маҳмудов Қ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси. –Т.: Ижод, 2006. –Б.61.
sonor, jarangli, jarangsiz undoshlar hamda orqa qator unlilar bilan birga keladi. Qadimgi turkiy tilda yumshoq talaffuz qilinuvchi so‘zlarning o‘rtasi va oxirida ifodalanadi: ögüz “dayo” (To‘n), körüg “kuzatuvchi” (To‘n), ülüg “hissa, qism” (To‘n), bögü “dono, oqil” (KT).
D undoshi o‘rxun-yenisey yozuvida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda dol د yordamida berilgan. Bu jarangli, portlovchi tovush so‘z o‘rtasi va oxirida uchraydi: bodun “xalq” (Toʻn), öd “vaqt, zamon” (KT).
Z undoshi oʻrxun-yenisey yozuvida maxsus belgi orqali ifodalangan. Jarangli, sirg‘aluvchi tovush turkiy so‘zlarning o‘rtasi va oxirida mavjud: üzä “yuqorida” (KT), qïz oğlum “qiz bolam” (E), yazï “dasht, tekislik” (Toʻn), qaz “g‘oz” (Oltun yorug‘).

Jarangsiz undoshlar


P undoshi oʻrxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda pe پ harfi orqali ifodalangan. Bu jarangsiz, portlovchi lab-lab tovush hamma holatlarda uchraydi: apa “opa” (Ungin), alp “alp, pahlavon” (Toʻn), push- “achchiqlan” (Oltun yorug‘).
S undoshi til oldi-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, oʻrxun- yenisey manbalarida qalin (velyar) va ingichka (palatal), uyg‘ur yozuvida maxsus harflar orqali ifodalangan, arab yozuvidagi asarlarda esa sin س harfi yordamida yozilgan: asra “pastda, quyida” (KT), tabïsğan “tovushqon, quyon” (Toʻn), “qo‘shin” (KT), säkiz “sakkiz” (E).
T undoshi oʻrxun-yenisey manbalarida qattiq va yumsshoq aytiluvchi so‘zlarda alohida-alohida belgilar bilan berilgan, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi asarlarda esa te ت, ayrim hollarda itqi ط orqali ifodalangan. Ushbu jarangsiz portlovchi tovush so‘z boshi, o‘rtasi, oxirida uchraydi, jarangli tovushlar hamda sonorlar bilan yondosh kelishi xarakterlidir: lt, nt, rt, mt, td, tl, tm kabi. Tört “to‘rt’ (KT), kün toğsuq “Sharq” (Oʻngin), kün batsïq “G‘arb” (Oʻngin), türk “turk, etnos oti” (KT).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin