Qavm-qarindoshlik terminlari. Qadimgi turkiy bitiglar tilida uchraydigan yaqinlik yoki qavm-qarindoshlik tushunchasini bildiradigan so‘z-terminlar ham ma’lum bir sharoitda paydo bo‘lgan. Bular davrlar o‘tishi bilan rivojlanadi, o‘zgaradi va adabiy shaklga siljiydi. Aniqrog‘i, oila, nikohning yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan qarindoshlik terminlarining doirsi ham o‘zgaradi. Natijada faol qollangan leksema turli omillar bois arxaiklashib qolishi, u o‘rnini boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga boʻshatib berishi mumkin.
Yozma bitiglar tilida qaŋ- ota (KT), ög – ona (Kt), siŋil – singil (Kt), oğul –farzand (KT), ini – uka (KT), äkä – opa (KT), äči – amaki (E) singari qavm- qarindoshlik tushunchasini bildiradigan terminlar uchraydi.
asr bitiglarida “ota” ma’nosida ata, qaŋ kabi terminlar ishlatilgan, XI- XII asrlarda ata leksemasi qatori Tibet tilidan oʻzlashgan abaistilohi ham qoʻllanishda boʻlgan. Ushbu soʻzni “ajdodlar” ma’nosidagi arabcha abaoʻzlashmasidan farqlash kerak.
asrlarda “ona” ma’nosi ög, ana soʻzlari bilan berilgan, X-XIV asrlarda esa aba, apa, ana istilohlari ham ayni ma’noda qo‘llangan. Ana termini asosan farzandli ayollarga nisbatan qollangan, keyingi davrlarda semantik doirasi kengaygan.
asrlarda äči/ečitermini “aka, ogʻa” ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa,
äkä/ekäleksemasi “opa, xolani” ifodalagan.
Ini termini akasiga nisbatan yosh jihatdan kichik bo‘lgan kishiga nisbatan ishlatilgan. Bu terminning qarindosh ma’nosi keyinchalik voqelangan.
Urïtermini “o‘g‘il”, oğïlesa “farzand” ma’nosida ishlatilgan, VI-X asrlarda
urïoğuljuft istilohi XI asrda urïoğlantarzida qollangan.
Qïz termini ayol jinsiga mansublikni ifodalaydi. Oʻrxun yodnomalarida qïzoğïl“qizlar” ma’nosini ifodalagan. X-XIV asrlarda esa bu so‘zning ma’nosi kengaydi va “farzandlar” ma’nosini kasb etdi.
Siŋil termini X asrgacha va undan keyin yaratilgan yozma obidalarda ham sinil,siŋilfonetik ko‘rinishlarda uchraydi. Bu termin oilada akalaridan keyin tug‘ilgan qizga nisbatan ishlatilgan.
VI-XIV asrlarda är(er)so‘zi “erkak kishi”, “jangovar, mard” ma’nolarida ishlatilgan.