Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə25/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Etnonimlar. V-X asrlarda O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Sibir, shuningdek, boshqa hududlarda yashagan turkiy xalqlarning etnik tarkibii juda xilma-xil bo‘lgan. Yozma obidalarning guvohlik berishicha, bu mintaqalarda yashagan urug‘ va qabilalarda madaniy yuksalish eramizdan ancha ilgari boshlangan. Yozma obidalarda arǧu (KT), basmil (KT), qarluq (BX), oǧuz (KT), tatar (KT), töli, türk (To‘n), čigil (BX) kabi turkiy urug‘ va qabilalar bilan birga qitan, tabǧač, taŋut, tatabï (KT) täzik (fors, tojik) (KT), izgil, suğd (KT) kabi turkiy bo‘lmagan qabilalar ham uchraydi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, turkiy va turkiy bo‘lmagan urug‘, qabilalar nomlarini aniqlash, ularni leksik-semantik tomondan tahlil qilish juda qiyin vazifadir. Chunki buning uchun etimologik kuzatishlar olib borish talab qilinadi.
Turkiy va turkiy bo‘lmagan urug‘, qabilalar to‘g‘risida ilk ma’lumotlar yana Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lugʻotit turk»da o‘z ifodasini topgan. Uning ta’kidlashicha, o‘g‘uzlar turklarning bir qabilasi bo‘lib, ular ikki urug‘dir. Har bir urug‘ o‘z mollariga ma’lum bir tamg‘ani qo‘ygan. Tamg‘alar asosida urug‘ nomlarini ataganlar. Demak, qadimgi davrlarda har bir urug‘ va qabilaning o‘ziga xos tug‘i (bayrog‘i) bo‘lgan, shu bayroqqa qo‘yilgan belgi ham o‘sha urug‘ yoki qabilini nomlab kelgan. Kuli chur bitikida «üč tuǧluǧ bodun - uch tug‘li turk xalqi» iborasi ham bor. Keyingi yillarda etnonim, mikroetnonim, avtoetnonim, elloetnonim, tipologik etnonimlar sohasida yozilgan maqolalarda ham turkiy urug‘ va qavmlar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar bayon qilingan.
Turkiy urug‘ va qabilalar nomlari leksik-semantik jihatdan quyidagilarga asoslangan bo‘lishi mumkin:
Biror urug‘ va qabilalar boshqa joylarga borib joylashganda, ularni o‘z nomi bilan ataganlar: näymän (Oʻng), qarluq (Oʻng), qïpčaq (Oʻng).
Ba’zi urug‘ va qabilalar o‘zlarini o‘sha yashab turgan joy nomlari bilan yuritganlar. Masalan: Az, Tölis (To‘n). Har bir urug‘ va qabilalar nomi o‘z bayrog‘idagi tag‘ma nomi bilan atalgan: Tamğalï (Oʻng), Qazyaqlï (Oʻng), Tuyaqlï (Oʻng).
Onomastika. Qadimgi turkiy tilning leksikasiga xos so‘zlardan yana bir guruhi onomastikadir. Onomastika ham tilning lug‘at tarkibini boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Onomastika qadimgi turkiylarning dunyoqarashi, e’tiqodini bilishda ham muhim vositadir. Qadimgi turkiylar quyidagi an’anaga ko‘ra shaxslarga nom qo‘yganlar: O‘zlari uchun muqaddas hisoblangan hayvonlarga nisbatan nom berish: Böri, Bars (KT).
Shaxslarning ma’lum bir sifat xususiyatlari ism qo‘yishga asos bo‘ladi. Bunda nomlarning semantikasi ostida shu belgi yotadi: Kültegin (kul-kuchli demakdir), Tonyuquq (to‘ngich javqar), Bilgä qaǧan (dono xoqon).
Zoonimlar. Qadimgi turkiy til leksik tarkibida zoonimlar ham o‘z ifodasini topgan: adïğ - ayïq (Oʻng), bičin - maymun (KT), at (KT), böri (KT), buqa (KT), tabïšqan - quyon (To‘n).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin