Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə34/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

-qïč, -ğač, -ğuč qo‘shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, oxirgi tovushning jarangli-jarangsizligi va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq. Bu qo‘shimcha qurol nomi yasaydi: ačqïč (“ochmoq”) “ochqich, kalit”, yulğuč (<yul- “yulmoq”) “ombir”, qïsğač (<qïs- “qismoq”) “qisqich”.

  • -qïn, ğïn, -kin qo‘shimchasi. Qaysi variantining qo‘shilishi negizning qalinligi, oxirgi bo‘g‘indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq, jaranglilik-jarangsizlilik uyg‘unligi buzilishi mumkin. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi yoki shu harakatga mahkum shaxs ma’nosini bildiradi: qačǧïn (- “qoch”) “qochqin”, barqïn ( “bormoq”) “yo‘lovchi”, terkin (<ter- “yigʻmoq”) “yigʻin, majlis”.

    Koʻk turk manbalarida ot yasalishining analitik shakli ham amal qilgan: bitig taš
    “yodgorlik”, sübašï “sarkarda, lashkarboshi”, kün ortu “Janub”, tün ortu “Shimol”.
    Qadimgi turkiy tilda kompozitsiya usulida yasalgan toponim va gidronimlar uchraydi: Temir qapïğ, Qaraqum, Qara köl, Yinjü ögüz, Yašïl ögüz.
    Koʻk turk manbalarida “shahar” ma’nosida balïq, uluš, känt (kän-ken), ordu kabi soʻzlarni shahar nomlarining tarkibida koʻrish mumkin: Bešbalïq, Quzuluš, Quzordu, Tärkän, Äbäkän.
    Qadimgi turkiy tilda –ak, äk, -qï, -ki, -čïq, -čik, -č kabi kichraytuv va erkalash affikslari uchraydi: yolaq (<yol “yo‘l”) “so‘qmoq”, oǧlančïq ( “yigit”) “yigitcha”, ataqï (<ata “ota”) “otajon”, anač (“ona”) “onajon”.



    Yüklə 3,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin