Egalik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so‘zlar egalik affiksini olib, narsa - predmetning uch shaxsdan biriga tegishligi, qarashligini bildirgan. Egalikni ifodalashning eng sermahsul usuli morfologik usuldir. Egalik qo‘shimchalari quyidagi ko‘rinishga ega:
Ishaxs-mïz,-miz//-muz,-müz(-ïmiz,-imiz//-umuz,-ümüz): ünümüz “ovozimiz”.
shaxs - ŋïz,-ŋiz// -ŋuz,-ŋüz (-ïŋïz,-iŋiz//-uŋuz,-üŋüz: abamïz “otamiz”.
shaxs -larï,-läri,–sï,-si: qunčuylarï“xonimlari”, bägläri“beklari”.
Kelishik kategoriyasi. Kelishiklar turkiy tillarning asosiy qonuniyatlaridan biridir. Til tarixi davomida uning soni ba’zan oʻzgarib turgan. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi bosh kelishikdagi holatining o‘zgarishidir. Kelishiklar otlarning boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Bu munosabat predmetning boshqa narsa-predmet, harakat, belgi bilan aloqasini ifodalaydi. So‘zlarning qattiq va yumshoq o‘zakli bo‘lishiga qarab, kelishiklarning har xil fonetik variantlari qo‘shiladi.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi 7 ta kelishik mavjud bo‘lgan:
Bosh kelishik. Qadimgi turkiy tilda hozirgi turkiy tillardagidek, bosh kelishik morfologik ko‘rsatkichi bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.
Bosh kelishikda kelgan so‘zning gapdagi asosiy funktsiyasi ega vazifasini bajarishdir. Masalan: Tabğach qağan yağïmïz erti “Xitoy xoqoni dushmanimiz edi” (To‘n.).