Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə40/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

§ FE’L




Asosiy tushunchalar: zamon kategoriyasi, shaxs-son kategoriyasi, mayl kategoriyasi, tuslanish, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat kategoriyasi, fe’lning vazifaviy shakllari, harakat tarzi shakllari, ko‘makchi fe'llar, fe’l yasalishi, sodda fe’llar, qo‘shma fe’llar.


Fe'l boshqa so‘z turkumlariga nisbatan eng amaliy, eng murakkab va ayni vaqtda semantik jihatdan rang-barang grammatik kategoriyadir. Fe'l sintaktik konstruksiyalarda markaziy o‘rinni egallaydi, gap strukturasini belgilaydi, uning qanday ma'noli so‘zlardan tarkib topishini bildirish imkoniga ham ega bo‘ladi. Demak, fe'l morfologiyada muhim o‘rin tutadi. So‘z turkumlari ichida asosiy o‘rinni otlar va fe'llar tashkil qilishi e'tiborga olinsa, uning keng qamrovli ekanligi anglashiladi.
Qadimgi turkiy tilda fe’l o‘zining leksik-semantik xususiyatlariga ega. Fe’llar zamon va makondagi ish-harakat, shuningdek, predmet va hodisalar jarayonini ifodalaydi. Qadimgi turkiy tildagi fe’llarni ikki guruh – mustaqil fe’llar va ko‘makchi fe’llarga bo‘lish mumkin.
Mustaqil fe’llar gapda biror so‘zni boshqarib keladi. Yordamchi fe’llarda bunday xususiyat bo‘lmaydi. Bu fe’llar mustaqil fe’llar bilan kelib, mustaqil fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no berishga xizmat qiladi. Qadimgi turkiy tilda alqïntï (tugadi), ölti (o‘ldi), boltï (boʻldi), berti (berdi) kelti (keldi) kabilar eng faol

qo‘llangan mustaqil fe’llardir. Biroq mustaqil fe’llar qo‘makchi fe’llar vazifasida ham ishlatilgan.
Ko‘makchi fe’llar sifatida erti (edi), ermish (emish), ärinch (ekan), ersä (esa) kabilarni ko‘rsatish mumki: qağan ermiš “xoqon ekan”, alp qağan ermiš “bahodir xoqon ekan” (BX).
Fe’l turkumiga mansub so‘zlar shaxs-sonda tuslanishi, mayl, bo‘lishli, bo‘lishsizlik, fe’l nisbatlari, zamon kategoriyasiga ega bo‘lishi, funktsional shakllarga egaligi singari xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qiladi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin