Asliy sifatlar: narsa-predmetning rang-tusi: ala “ola”, aq “oq”, qara “qora”,yašïl “yashil”. Masalan: qïzïl qan “qizil qon”, qara tär “qora ter”, sarïğ altun “sariq oltin”, aq kümüsh “oq kumush”, qïzïl qaya “qizil qoya”, yağïz yär “qoʻngʻir yer”; shakli: ägri “egri”, sämiz “semiz”, torïq “ozgʻin”, asra “past”, köni “toʻgʻri”; xususiyatini bildiradi: arïğ“toza”, soğuğ “sovuq”; ädgü“yaxshi”, yablaq “yomon”.
Nisbiy sifatlar.Qadimgi turkiy tilda nisbiy sifatlar asosan affikslar yordamida otlar va fe’llardan yasalgan:
-lïğ,-lig//-luğ,-lüg qo‘shimcha otdan sifat yasaydi va egalik hamda
19 Севортян Э.В. Из истории прилагательных в тюркских языках//Тюркологические исследования. –М.-Л.; 1963. – С. 58.
nisbatni bildiradi: qağanlïğ (<qağan “xoqon”) “xoqoni bor”, ekinlig (<ekin “ekin”) “ekinli”, bodunluğ(<bodun “xalq”) “xalqli”, küčlüg (<küč“kuch”) “kuchli”.
-sïz, -siz//-suz, -süz,Bu qo‘shimcha otdan egasizlik va yo‘qlik bildiruvchi sifat yasaydi: yağïsïz (<yağï “dushman”) “dushmansiz”, biligsiz (<bilig “bilim”) “bilimsiz”, yolsuz (<yol “yol”) “yolsiz”, ögsüz(ög“ona”) “etim”.
-saq, -säk.Bu istak bildiruvchi fe’l yasovchi -sa, -sä hamda fe’ldan sifat va ot yasovchi -q,-kqo‘shimchasining birlashuvidan hosil bo‘lgan: baǧïrsaq(<baǧïr“jigar”) “rahmdil, ko‘ngilchan”, keksäk(<kek“kek”) “kekchi”.
-sïğ, -sig qo‘shimchasi otdan sifat yasaydi va o‘xshashlik ma’nosini bildiradi: qulsïğ() “qulday”; bägsig (“bek”) “bekday”.
-qï, -ki//-ğï, -gi.Bu qo‘shimcha ot, ravish va olmoshdan nisbiy sifat yasaydi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga -qï, ingichkasiga -ki; jarangli undosh bilan tugagan qalin negizga -ğï, ingichka negizga -gi qo‘shiladi: ayqï (<ay) “oyga oid”, yayğï(“yoz”) “yozgi”, üstünki(<üstün“ustun”) “ustudagi”.
–z, -ïzqo‘shimchasi fe’l va sifatdan sifat yasaydi: uz (<u- “qila bilmoq”) “mohir”, yabïz(<yaba“yovvoyi”) “berahm”.
-l,-ïl qo‘shimchasi: yašïl(<yaš“yangi, yash”) “yashil”, qïzïl(<qïz“qizar”) “qizil”, tükäl(<tükä-“tugamoq”) “tugal” singari so‘zlar tarkibida uchraydi.
Sifat darajalari. Qadimgi turkiy tilda sifat darajalari sifatlar oldidan biror so‘zni qo‘llash yoki ularga biror affiksni qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Xuddi hozirgi o‘zbek tilidagidek, uch daraja shakli mavjud:
Oddiy daraja. Bu darajada belgining ortiq yoki kamligiga munosabat bildirilmaydi.
Qiyosiy (ozaytirma) daraja. Bu davr yodnomalarida -raq/-räkaffiksi belgining ortiqligini ko‘rsatgan. Masalan: yeg (yaxshi) - yegräk (eng yaxshi), artuq(ortiq) – artuqraq(eng ortiq).
Orttirma daraja. Orttirma daraja narsa - predmetdagi belgining boshqa narsa-predmetdagi belgidan ortiqligini bildiradi va bunda sifat oldidan aŋ, äŋ, anyïğkabi so‘zlar qo‘llangan. Bu so‘zlar hozirgi o‘zbek tilidagi juda, hech kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi: ayïğädgu“juda yaxshi”,äŋilki “eng birinchi”.