Jamlovchi son qo‘shimchasi -ağu, -ägü shakliga ega: altağu “oltov”; törtägü
“toʻrtov”.
Dona sonlar sanoq sonlarga -ta, - da affikslarni qo‘shish bilan yasalgan:
birtä, ikidä.
Chama sonlar sintaktik usul bilan beriladi, ya’ni quyi tartibdagi birlik son yuqori miqdordagi son bilan keladi: bir iki, iki üč, tört beš.
Hisob soʻzlar: yolï “marta”, bağ “bogʻ”, sürük “suruv”, qata “marta”.
OLMOSH
Olmoshlar semantik va grammatik xususiyatlari bilan boshqa so‘z
20 Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. –Т.: ФАН, 1965. –Б. 68.
21 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Mahmudov Q. Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi. –T.: Oʻzbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008. –B. 127.
turkumlaridan farq qiladi. Olmosh ot, sifat, son va ba'zan boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanib, predmet va unga xos bo‘lgan belgining mavjudligini ko‘rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o‘rinlarda ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil so‘z turkumi hisoblansa-da, aniq ma'noga ega bo‘lmaydi. Olmoshning asosiy ma'nosi va qaysi so‘z turkumlari o‘rnida ishlatilishi matn ichida oydinlashadi.
Olmoshlar semantik xususityati va vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi.
Kishilik olmoshi. Kishilik olmoshlari qadimgi turkiy tilda quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan: I shaxs birligi – män, bän, II shaxs birligi – sän, III shaxs birligi – ol; I shaxs ko‘plik - biz, bizlär, II shaxs ko‘plik – siz. Bu forma ba’zan II shaxs birlik ma’nosida qo‘llanib tinglovchiga nisbatan hurmat bildiradi. III shaxs ko‘pligi - olar, anlar. XII-XIV asrlarda ham, asosan, olar, anlar formalari qo‘llangan. XV asrdan e’tiboran alar shakli qo‘llanishga kirgan.
III shaxs - ol olmoshi egalik va kelishik affikslari bilan turlangan va ko‘plik qo‘shimchasini olganda an, än shakliga ega boʻlgan, ya’ni uning tarkibida fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi. Masalan:
Kelishiklar
|
I sh.
birlik
|
I sh.
кo‘plik
|
II sh.
birlik
|
II sh.
ko‘plik
|
III sh.
birlik
|
III sh.
ko‘plik
|
Bosh
kelishigi
|
bän,
män
|
biz/lär
|
sän
|
siz/lär
|
ol
|
anlar
|
Tushum
kelishigi
|
bäni,
mäni
|
bizni
|
säni
|
siz/n/i
|
anï
|
anlarnï
|
Qaratqich
kelishigi
|
bäniŋ,
mäniŋ
|
biziŋ
|
säniŋ
|
siziŋ
|
anïŋ
|
anlarnïŋ
|
Jo‘nalish
kelishigi
|
bäŋä,
mäŋä
|
biziŋä
|
säŋä
|
siziŋä
|
aŋa,
aŋaru
|
anlarqa
|
O‘rin-payt
kelishigi
|
bäntä,
mäntä
|
bizintä
|
säntä
dä
|
siznitä
dä
|
anta,
anda
|
-
|
Chiqish
kelishigi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
O‘zlik olmoshi. Qadimgi turkiy tilda öz dan tashqari, käntü (kändü) so‘zi ham ishlatilgan. Öz aslida ot bo‘lib, «nafs» va «jon» ma’nolarida ishlatilgan. O‘zlik olmoshi ma’nosi va grammatik xususiyatlari jihatidan hozirgi turkiy, jumladan, o‘zbek adabiy tilidagi o‘zlik olmoshidan farq qilmaydi.
Öz olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, aniqlanayotgan narsa-predmetning ma’lum shaxsga qarashliligi, xosligini ta’kidlaydi: Özüm qarï boltïm “ozim qaridim” (Toʻn).
Ko‘rsatish olmoshlari. VI-X asrlarda ko‘proq ol, bu, anta, bol, anï kabi ko‘rsatish olmoshlari ishlatilgan. Bu olmoshlarning vazifasi turlicha bo‘lgan. Misollar: …bu sabïmïn ešid! “bu sozimni eshit” (KT). Bu yerdä olurup… “bu yerda oʻtirib” (KT). Anta ko‘rsatish olmoshi oša, ošanda, ošanday, šu kabi olmoshlar o‘rnida qo‘llanilgan.
So‘roq olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda kim, nä, qanï, qay, qanta, qač, qačan, nälük, nätäk, näčük kabi so‘roq olmoshlari ishlatilgan.
Birgalik olmoshlari. Birgalik olmoshlari ot, sifat va son o‘rnida kelib, narsa - predmet miqdori, sanog‘ini bildirgan. Qadimgi turkiy tilda qamuğ, alqu, barča, bütün, qop “barcha, hamma” kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.
Belgilash olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda täkmä, sayu kabi belgilash olmoshlari bo‘lgan.
Savol va topshiriqlar
Qadimgi turkiy tilda sifatning morfologik xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
Sifatlarning ma’no turlari va darajalari borasida mulohaza yuriting.
Sonning tuzilishiga ko‘ra turlari va ularning hosil bo‘lish usullarini ayting.
Hisob so‘zlarining shakllanish jarayoni, otlarning hisob so‘zlarga aylanishi haqida ma’lumot bering.
Olmosh turkumining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari haqida mulohaza yuriting.
Test sinovi
örüŋ soʻzi qanday ma’noni bildiradi?
aq S) yashil
koʻpik D) kulrang
qağanlïğ, äkinlig, bodunluğ soʻzlaridagi -lïğ, -lig, -luğ qo‘shimchasi qaysi soʻz turkumiga oid?
ot S) lugʻaviy shakl yasovchi
shakl yasobchi D) sifat
yigräk soʻzi qaysi darajaga mansub?
oddiy daraja S) orttirma daraja
ozaytirma daraja D) qiyosiy daraja
säkiz ältmiš qaysi sonni ifodalaydi?
A) 68 S) 78
B 58 D) 88
Qadimgi turkiy tildagi tartib sonlarning asosiy modelini belgilang?
bir kam qırq S) uch yigirmi
qirq ikki D) toqqiz on
ikinti sonning qaysi turini bildirgan?
dona son S) taqsim son
chama son D) tartib son
käntü (kändü) olmoshning qaysi turiga kiradi?
oʻzlik olmnoshi S) kishilik olmoshi
shahar degani D) birgalik olmoshi
ol, bu, anta, bol, anï kabi ko‘rsatish olmoshlari nechanchi asrlarda qoʻllangan?
A) VI-X S) VII-X
B VIII-IX D) X – XI
ADABIYOTLAR
1982.
Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи,
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy
grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.
Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.
Sanaqulov U. Oʻzbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navroʻz, 2015.
Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006.
Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. –Т.: ФАН, 1965.
Dostları ilə paylaş: |