Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə39/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Jamlovchi son qo‘shimchasi -ağu, -ägü shakliga ega: altağu “oltov”; törtägü
“toʻrtov”.
Dona sonlar sanoq sonlarga -ta, - da affikslarni qo‘shish bilan yasalgan:
birtä, ikidä.
Chama sonlar sintaktik usul bilan beriladi, ya’ni quyi tartibdagi birlik son yuqori miqdordagi son bilan keladi: bir iki, iki üč, tört beš.
Hisob soʻzlar: yolï “marta”, bağ “bogʻ”, sürük “suruv”, qata “marta”.


OLMOSH


Olmoshlar semantik va grammatik xususiyatlari bilan boshqa so‘z


20 Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. –Т.: ФАН, 1965. –Б. 68.
21 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Mahmudov Q. Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi. –T.: Oʻzbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008. –B. 127.
turkumlaridan farq qiladi. Olmosh ot, sifat, son va ba'zan boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanib, predmet va unga xos bo‘lgan belgining mavjudligini ko‘rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o‘rinlarda ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil so‘z turkumi hisoblansa-da, aniq ma'noga ega bo‘lmaydi. Olmoshning asosiy ma'nosi va qaysi so‘z turkumlari o‘rnida ishlatilishi matn ichida oydinlashadi.
Olmoshlar semantik xususityati va vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi.

  1. Kishilik olmoshi. Kishilik olmoshlari qadimgi turkiy tilda quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan: I shaxs birligi – män, bän, II shaxs birligi – sän, III shaxs birligi – ol; I shaxs ko‘plik - biz, bizlär, II shaxs ko‘plik – siz. Bu forma ba’zan II shaxs birlik ma’nosida qo‘llanib tinglovchiga nisbatan hurmat bildiradi. III shaxs ko‘pligi - olar, anlar. XII-XIV asrlarda ham, asosan, olar, anlar formalari qo‘llangan. XV asrdan e’tiboran alar shakli qo‘llanishga kirgan.

III shaxs - ol olmoshi egalik va kelishik affikslari bilan turlangan va ko‘plik qo‘shimchasini olganda an, än shakliga ega boʻlgan, ya’ni uning tarkibida fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi. Masalan:


Kelishiklar

I sh.
birlik

I sh.
кo‘plik

II sh.
birlik

II sh.
ko‘plik

III sh.
birlik

III sh.
ko‘plik

Bosh
kelishigi

bän,
män

biz/lär

sän

siz/lär

ol

anlar

Tushum
kelishigi

bäni,
mäni

bizni

säni

siz/n/i

anï

anlarnï

Qaratqich
kelishigi

bäniŋ,
mäniŋ

biziŋ

säniŋ

siziŋ

anïŋ

anlarnïŋ

Jo‘nalish
kelishigi

bäŋä,
mäŋä

biziŋä

säŋä

siziŋä

aŋa,
aŋaru

anlarqa

O‘rin-payt
kelishigi

bäntä,
mäntä

bizintä

säntä


siznitä


anta,
anda

-

Chiqish
kelishigi

-

-

-

-

-

-




  1. O‘zlik olmoshi. Qadimgi turkiy tilda öz dan tashqari, käntü (kändü) so‘zi ham ishlatilgan. Öz aslida ot bo‘lib, «nafs» va «jon» ma’nolarida ishlatilgan. O‘zlik olmoshi ma’nosi va grammatik xususiyatlari jihatidan hozirgi turkiy, jumladan, o‘zbek adabiy tilidagi o‘zlik olmoshidan farq qilmaydi.

Öz olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, aniqlanayotgan narsa-predmetning ma’lum shaxsga qarashliligi, xosligini ta’kidlaydi: Özüm qarï boltïm “ozim qaridim” (Toʻn).

  1. Ko‘rsatish olmoshlari. VI-X asrlarda ko‘proq ol, bu, anta, bol, anï kabi ko‘rsatish olmoshlari ishlatilgan. Bu olmoshlarning vazifasi turlicha bo‘lgan. Misollar: …bu sabïmïn ešid! “bu sozimni eshit” (KT). Bu yerdä olurup… “bu yerda oʻtirib” (KT). Anta ko‘rsatish olmoshi oša, ošanda, ošanday, šu kabi olmoshlar o‘rnida qo‘llanilgan.

  2. So‘roq olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda kim, nä, qanï, qay, qanta, qač, qačan, nälük, nätäk, näčük kabi so‘roq olmoshlari ishlatilgan.

  3. Birgalik olmoshlari. Birgalik olmoshlari ot, sifat va son o‘rnida kelib, narsa - predmet miqdori, sanog‘ini bildirgan. Qadimgi turkiy tilda qamuğ, alqu, barča, bütün, qop “barcha, hamma” kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.

  4. Belgilash olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda täkmä, sayu kabi belgilash olmoshlari bo‘lgan.



Savol va topshiriqlar





  1. Qadimgi turkiy tilda sifatning morfologik xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

  2. Sifatlarning ma’no turlari va darajalari borasida mulohaza yuriting.

  3. Sonning tuzilishiga ko‘ra turlari va ularning hosil bo‘lish usullarini ayting.

  4. Hisob so‘zlarining shakllanish jarayoni, otlarning hisob so‘zlarga aylanishi haqida ma’lumot bering.

  5. Olmosh turkumining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.

  6. Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari haqida mulohaza yuriting.



Test sinovi





  1. örüŋ soʻzi qanday ma’noni bildiradi?

  1. aq S) yashil

  2. koʻpik D) kulrang

  1. qağanlïğ, äkinlig, bodunluğ soʻzlaridagi -lïğ, -lig, -luğ qo‘shimchasi qaysi soʻz turkumiga oid?

  1. ot S) lugʻaviy shakl yasovchi

  2. shakl yasobchi D) sifat
  1. yigräk soʻzi qaysi darajaga mansub?


  1. oddiy daraja S) orttirma daraja

  2. ozaytirma daraja D) qiyosiy daraja

  1. säkiz ältmiš qaysi sonni ifodalaydi?

A) 68 S) 78
B 58 D) 88
  1. Qadimgi turkiy tildagi tartib sonlarning asosiy modelini belgilang?


  1. bir kam qırq S) uch yigirmi

  2. qirq ikki D) toqqiz on
  1. ikinti sonning qaysi turini bildirgan?


  1. dona son S) taqsim son

  2. chama son D) tartib son

  1. käntü (kändü) olmoshning qaysi turiga kiradi?

  1. oʻzlik olmnoshi S) kishilik olmoshi

  2. shahar degani D) birgalik olmoshi

  1. ol, bu, anta, bol, anï kabi ko‘rsatish olmoshlari nechanchi asrlarda qoʻllangan?

A) VI-X S) VII-X
B VIII-IX D) X – XI


ADABIYOTLAR



1982.


  1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи,




  1. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy

grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.

  1. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.

  2. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.

  3. Sanaqulov U. Oʻzbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navroʻz, 2015.

  4. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006.

  5. Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. –Т.: ФАН, 1965.




Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin